5.3.
O‘zbekistonda iqtisodiyotni soliqlar yordamida tartibga solish
xususiyatlari
Davlat budjeti daromadlarining asosiy manbai soliqlar hisoblanib, 2018-yildagi
soliq siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ldi:
-davlatning fiskal manfaatlarini inobatga olgan holda tadbirkorlik subyektlari
uchun soliq yukini yanada kamaytirish, bunda to‘g‘ri soliqlar bo‘yicha soliq yuki
alohida ahamiyatga ega bo‘lib, pirovard natijada ishlab chiqarishni kengaytirish va
yangi ish o‘rinlarini yaratishga imkoniyat yaratildi;
- soliq ma’murchiligi yanada soddalashtirildi va soliq qonunchiligining
barqarorligini ta’minlash natijasida soliq tizimining shaffofligi oshirildi.
Soliqlar majburiy to‘lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildirib, bu
munosabatlar soliq to‘lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o‘z
mulkiga aylantiruvchi davlat o‘rtasida yuzaga keladi.
Korxona va tashkilotlar aholiga xizmat ko‘rsatganida, ishlar bajarganida yoki
bozorlarda oldi-sotdi qilganda ham pul to‘lovlari mavjud. Lekin ular soliq bula
olmaydi. Soliq munosabati bo‘lish uchun davlat mamlakatda yaratilgan yalpi ichki
mahsulot qiymatini taqsimlash yo‘li bilan majburan davlat budjetiga mablag to‘plash
jarayonini amalga oshiradi.
Soliqlarning o‘ziga xos belgilari mavjud bo‘ladi, ularga: majburiylik, xazinaga
tushishlik, qat’iylik va doimiylik, aniq soliq to‘lovchi uchun ekvivalentsizlik belgilari
mavjuddir.
66
Jahon soliq siyosati tajribasida soliqqa tortishning quyidagi yo‘nalishlariga katta
e’tibor beriladi:
1) har xil mulk shakllariga moslangan korxona va tashkilotlarning xo‘jalik
yuritishiga mumkin qadar iqtisodiy sharoit yaratish, ularni bozor munosabatlariga
kirib borishiga har tomonlama yordamlashish;
2) ijtimoiy-zaruriy umumdavlat vazifalarini bajarish uchun davlatni kerak
bo‘lgan moliyaviy manbalar bilan ta’minlash;
3) bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tashkil qilishda
qatnashish, ishsizlarni ish bilan ta’minlash, iqtisodiy nochorlarga yordam berish;
4) aholi turmush darajasini zaruriy me’yorda saqlab turish imkonini izlash va
ta’minlash, soliqqa tortilmaydigan daromad minimumini vaqti-vaqti bilan oshirib
borish. Bunda “iste’mol savatchasi” ma’lumotlarini e’tiborga olish.
4
Markazlashgan pul fondini va davlatning boshqa fondlarini majburiy tashkil
etadigan soliq va yig‘imlar turlarining yig‘indisiga soliqlar tizimi deb ataladi. Bu
ta’rifda soliq va yig‘imlar yagona mohiyat, ya’ni “majburiy xarakterga ega bo‘lgan
munosabat” va ularning bir-biri bilan bog‘liqligi va nihoyat budjetga tushishligini
ko‘rsatadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi mazmuniga mos keladi. Shu
yerda bahsli masala ham mavjud, ya’ni davlatning budjetdan tashqari fondlariga
(pensiya, ijtimoiy sugurta, bandlik, yo‘l fondlari va boshqalarga) to‘lovlarni ham
majburiylik nuqtai-nazardan soliq tizimiga kiritish muammosi mavjud.
Hozirgi kunda soliqlar kodeksda 7 ta umumdavlat (respublika) soliqlari va 4 ta
mahalliy soliqlar kiradi
Soliqlarni obyekti va iqtisodiy mohiyati bo‘yicha guruhlanadi. Soliqlarni
guruhlash iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sirlarni o‘rganishning ilmiy va amaliy
uslubidir.
Soliqlar soliqqa tortish obyektiga karab to‘rt guruhga bo‘linadi:
- oborotdan olinadigan soliqlar;
- daromaddan olinadigan soliqlar;
- mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar;
4
Yahyoyеv Q. “Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti”. T. “G‘afur G‘ulom” 2003. y. 25 bеt.
67
-yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar..
Oborotdan olinadigan soliqlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, bojxona
va yer osti boyliklari qiymatidan olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot (aylanma)
tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo‘yicha ilgaridek mahsulot realizatsiyasi
oborotidan emas, balki mahsulotlarni yuklab yuborgan qiymat bilan o‘lchanadi. Yalpi
tushumdan olinadigan yagona soliq ham oborotdan olinadigan soliqlarga kiradi.
Daromaddan
olinadigan
soliqlarga
huquqiy
shaxslarning
daromadiga
(foydasiga),
jismoniy
shaxslarning
daromadiga
solinadigan
soliq,
savdo
tashkilotlarining yalpi daromadidan soliqlari kiradi. Bu guruh soliqlarga ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish solig‘i ham kiradi.
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig‘i, ekologiya,
avtomobil mashinalarini qayta sotish solig‘i va boshqalar kiradi.
Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishloq xo‘jalik tovar ishlab
chiqaruvchilarning yagona yer solig‘i va yuridik (noqishloq xo‘jalik) va jismoniy
shaaxslarning yer soliqlari kiradi.
Iqtisodiy mohiyatiga karab soliqlar egri va to‘g‘ri soliqlarga yoki bevosita va
bilvosta bo‘linadi.
To‘g‘ri soliqlarni bevosita soliq to‘lovchilarning o‘zi to‘laydi, ya’ni soliqni
huquqiy to‘lovchisi ham, haqiqiy to‘lovchisi ham bitta shaxs bo‘ladi. To‘gri soliq
yukini boshqalarga ortish holati bu yerda bo‘lmaydi. Bu soliqlarga hamma
daromaddan to‘lanadigan va barcha mulk soliqlar i kiradi.
“To‘gri soliqlardan to‘gridan-to‘gri daromaddan soliq to‘langanligi uchun
soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko‘p qismini ularga
qoldirib, investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratib, bozor iqtisodiyotini
rivojlantiradi. Bu soliqlarning stavkalari ko‘paytirilsa, biznes imkoniyatlari kamaya
borib, iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi. Demak bu guruh soliqlarning stavkalari
to‘gridan-to‘gri bozor iqtisodiyoti bilan chambarchas bog‘langandir”
*
.
Egri soliqlarni huquqiy to‘lovchilari mahsulot (ish, xizmatni) yuklab
yuboruvchilardir (xizmat ko‘rsatuvchilardir). Lekin, soliq og‘irligini haqiqatdan ham
*
Malikov T.S. Soliq va soliqqa tortishning dolzarb masalalari. T.: “Akadеmiya”, 2002, 56-b.
68
budjetga to‘lovchilari tovar (ish, xizmat)ni iste’mol qiluvchilardir, ya’ni xaqiqiy soliq
to‘lovchilar bu yerda yashiringan. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) qiymati ustiga
ustama ravishda qo‘yiladi.
Bu soliqlarning ijobiy tomoni mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarni chetga
chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlar ko‘p bo‘lishiga yordam
beradi. Egri soliqlar orqali tovarlar qiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning
taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar
faoliyatining moliyaviy yakuniga to‘gridan to‘gri ta’sir etmaydi, ya’ni investitsion
faoliyatini qisqartirmaydi. Ammo soliq stavkasi tahlil qilinmasdan oshirib yuborilsa,
korxonalar mahsulotlarini sotishda qiyinchilikka uchrab, foydasi va budjetga
to‘lovlari kamayishi mumkin.
Bu soliqlarning yana bir tomoni muomaladagi ortiqcha pul massasini
kamaytirib, inqirozni jilovlab boradi. Biroq bu soliqlar mehnat bilan band bo‘lgan
aholining real daromadini pasaytiradi. Korxonalarda to‘gri soliqlar stavkasini
kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishni
ko‘paytirib, tovarlar assortimentining oshishini ta’minlashi kerak.
Jahon soliq amaliyotida to‘g‘ri va egri soliqlar nisbatiga qarab u yoki bu
mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi yoki iqtisodiy qiyinchiliklarni borligini tahlil
qilib berish mumkin. Masalan. AQShda to‘g‘ri soliqlar salmog‘ining budjet
daromadida 90 foizga yaqin bo‘lishi bu yerda rivojlangan bozor iqtisodiyoti
mavjudligidan darak beradi.
Egri soliqlar tarkibiga QQS, aksiz solig‘i, bojxona boji, yer osti boyliklaridan
foydalanish soliqlari kiradi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, to‘gri va egri soliqlar
yagona soliq tizimini tashkil etib bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan. Umumiy soliq
summasi o‘zgarmagan holda birining stavkasini kamaytirish ikkinchisini stavkasini
oshirishni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: |