113
a)
yuqori likvidli aktivlarning keyingi 30 kun ichidagi jami sof chiqimga nisbati
sifatida aniqlanuvchi likvidlilikni qoplash me’yori koeffitsientini (LQMK – LCR)
joriy qilish va unga minimal talabni 100 foiz miqdorida belgilash;
b)
barqaror
moliyalashtirishning
mavjud
summasini
barqaror
moliyalashtirishning zarur summasiga nisbati sifatida
aniqlanuvchi sof barqaror
moliyalashtirish me’yori koeffitsientini (SBMMK – NSFR) joriy qilish va unga eng
kam talabni 100 foiz miqdorida belgilash;
c)
kapital tarkibini o‘zgartirishni joriy qilish va regulyativ kapital monandlik
koeffitsientining eng kam miqdorini 10 foizdan 14,5
foizga bosqichma-bosqich
oshirish;
d)
tavakkalchilikka tortilgan jami aktivlarning 3 foizdan kam bo‘lmagan
miqdorda konservatsiya buferi tashkil qilinishini hisobga olgan holda birinchi darajali
kapital monandlik koeffitsientining eng kam miqdorini 5 foizdan 11 foizga
bosqichma-bosqich oshirish;
e)
kapital
monandligini
aniqlash
maqsadida
operatsion
va
bozor
tavakkalchiliklarini baholash usullarini takomillashtirish.
Shuningdek, Qarorda BNBQ tavsiya qilgan “Samarali
korporativ boshqaruv
tamoyillari”ni bank faoliyatiga joriy qilish hamda yillik va oraliq moliyaviy
hisobotlarni banklarning veb-saytlarida joylashtirish va bank siri to‘g‘risidagi
qonunchilik doirasida boshqa yo‘llar bilan bank faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
ochiqligini (oshkoraligini) yanada oshirish belgilangan.
Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash
maqsadida, Markaziy
bank tomonidan Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasining xalqaro ekspertlari
bilan birgalikda respublika bank nazoratiga oid me’yoriy
hujjatlarni xalqaro
standartlar, shu jumladan bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining yangi
tavsiyalari asosida takomillashtirilmoqda. Bu bilan
respublikamiz bank tizimida
kapital monandliligi va likvidlilik ko‘rsatkichlari hisob-kitobi va ularga qo‘yilgan eng
kam talablar bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi talablariga muvofiqlashtiriladi.
114
Shuningdek, bank korporativ boshqaruv tizimi ham Bazel qo‘mitasi talablari
asosida takomillashtirilishi O‘zbekiston Respublikasi
bank tizimida korporativ
boshqaruvning samarasining oshishiga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: