O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat


 Tarkibiy siyosatni amalga oshirishda iqtisodiyot raqobatbardoshligini



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

7.4 Tarkibiy siyosatni amalga oshirishda iqtisodiyot raqobatbardoshligini 
oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari 
Jahon iqtisodiy hamjamiyati rivojlanishining hozirgi bosqichi jahon xo‘jaligi 
aloqalarining globallashuvi va baynalminallashuvi bilan tavsiflanadi, bunday sharoitda 
xalqaro raqobat va milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshlik muammolari dolzarb 
ahamiyat kasb etadi. 
Har qanday mamlakatda ichki bozorda raqobatning mavjudligi bozor xo‘jaligi 
muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishining asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi, jahonning 
ko‘plab mamlakatlarida, shu jumladan, o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda 
raqobat to‘g‘risida qonunlarning qabul qilinganligi va mazkur masalalar bilan 
shug‘ullanuvchi milliy tashkilotlarning tashkil etilganligi ushbu holatni tasdiqlab turibdi. 
Xususan O‘zbekistonda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat 
qo‘mitasi (Monopoliyaga qarshi qo‘mita) tashkil etilgan bo‘lib, uning faoliyati 
respublika iqtisodiyotida raqobat muhitini yaratish, mulkchilikning turli shakllaridagi 
korxonalar va firmalar, shu jumladan, mulkchilikning turli shakllaridagi korxonalar va 


131 
firmalar xo‘jalik faoliyatini yuritish uchun teng raqobat imkoniyatlarini barpo etishga 
yo‘naltirilgan. 
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi – bu iqtisodiyotning muhim 
ko‘rsatkichlari holatini tashqi parametrlarga nisbatan yalpi baholashni o‘zida mujassam 
etgan qiyosiy tavsif hisoblanadi, shu sababli milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi 
xalqaro raqobatda namoyon bo‘ladi. 
Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi namoyon bo‘lishning ko‘p darajali shakllariga 
ega bo‘lib, uning xususiyati ham shunda namoyon bo‘ladi: tovarning 
raqobatbardoshligi; xodimning raqobatbardoshligi; tovar ishlab chiqaruvchisining 
raqobatbardoshligi; tarmoqning raqobatbardoshligi; mamlakatning raqobatbardoshligi 
(yoki milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi). 
Mamlakatlarning raqobatdoshligi konsepsiyasi tarixan milliy iqtisodiyotning 
xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘rnini belgilab beradigan qiyosiy afzalliklar (arzon 
ishchi kuchi, boy tabiiy resurslar, qulay geografik joylashuv, iqlim, infratuzilma 
omillari va h.k.) nazariyasiga asoslangan. 
Qiyosiy afzalliklar mamlakatga tabiatdan berilgan bo‘lib, ular abadiy emas va 
takror ishlab chiqarilmaydi. Mazkur afzalliklar fan va texnikaning rivojlanishi, ishlab 
chiqarish bilan integratsiyalashuvi, ishlab chiqarish darajasida globallashuvi va 
tovarni ishlab chiqarishdan tortib to uni iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan 
barcha bosqichlarda innovatsiyalarga asoslanadi. 
O‘zbekiston quyidagi qiyosiy afzalliklarga ega:
-
qishloq xo‘jaligi rivojlanishi uchun qulay tabiiy-iqlim sharoitining
mavjudligi; 
-
boy tabiiy resurslar va rekreatsiya resurslariga egaligi;
-
boy madaniy-tarixiy merosga ega ekanligi, ichki va tashqi turizmni 
rivojlantirish imkonini beradi;
-
qulay geografik joylashuvi;
-
xalqning mehnatsevarligi va tadbirkorlik qobiliyatiga ega bo‘lgan mehnat 
resurslarining mavjudligi.
O‘zbekistonning raqobat sohasidagi o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qiladigan 


132 
bo‘lsak, quyidagilarni alohida ta’kidlab o‘tish joizdir:
-
mamlakat siyosiy va huquqiy tizimining barqarorligi;
-
insonni rivojlantirishga (ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ehtiyojlarga) katta 
mablag‘lar yo‘naltirilayotganligi;
-
aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasining ortib borayotgani;
-
mehnat resurslarining raqobatdoshligi;
-
mamlakat aholisi ta’lim darajasining yuqoriligi va hokazo.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, mamlakatimizning o‘ziga xos ajralib turadigan 
jihatlari bilan birga milliy iqtisodiyotimizning raqobat sohasidagi jihatlarini ham 
rivojlantirish zarur. Iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish maqsadida quyidagi 
omillarga asosiy e’tiborni qaratish lozim. Xususan: mamlakat siyosiy va huquqiy 
tizimining barqarorligi, mehnat resurslarining raqobatdoshligi va aholi ta’lim 
darajasining yuqoriligi.
34
Shunday qilib, raqobat nuqtai-nazaridan o‘ziga xos xususiyatlari o‘zgaruvchan 
bo‘lib, inson kapitalining rivojlanishi, yuksak innovatsion texnologiyalar, intellekt 
bilan bog‘liq va o‘z tabiatiga ko‘ra cheksizdir. Mamlakatning qiyosiy va raqobat 
sohasidagi jihatlarni aniq farqlash lozim.
Raqobatdoshlik tushunchasiga iqtisodiy adabiyotlarda firmalarning muayyan 
sharoitda o‘z raqobatchilariga nisbatan tovarlarni loyihalashtirish, tayyorlash va 
sotish borasidagi real va potensial imkoniyatlari qanchalik yuqori ekanini 
bildiradigan kategoriya sifati ta’rif beriladi.
AQShning Garvard universiteti professori M. Porter fikricha, mamlakatning 
raqobatdoshligi darajasini uning milliy kompaniyalari ishlab chiqarayotgan 
mahsulotlar, firmalar, tarmoqlar raqobatdoshligini ta’minlaydi. Shuning uchun 
dastlab 
mamlakat 
raqobatdoshligini 
emas, 
balki 
milliy 
kompaniyalar 
raqobatdoshligini tahlil etish lozim. Amerikalik olim mamlakat kompaniyalarining 
muvaffaqiyatini ta’minlaydigan qulay muhitni yaratish quyidagi to‘rtta muhim 
ko‘rsatkichga bog‘liq ekanini ta’kidlaydi
35

34
O‘zbеkiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish muammolari: nazariya va amaliyot .// Mualliflar jamoasi: R.O. Alimov, 
A.F. Rasulov, A.M. Qodirov va boshqalar // S.S. G‘ulomov tahriri ostida. –T.: Konsauditinform-Nashr, 2006. 26-b. 
35
Портер М. Конкуренция. /Пер. с англ. - М.: Издательский дом "Вильямс", 2002. С. 176. 


133 

ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganlik; 

talab ko‘rsatkichlari; 

o‘zaro yaqin va xizmat ko‘rsatadigan tarmoqlar; 

raqobat muhiti va firma strategiyasi. 
Milliy kompaniyalarning ana shu shartlar doirasidagi samarali faoliyati 
mamlakatning raqobatdoshlik reytingini belgilab beradi. 
Jahon amaliyotida mutaxassislar milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini 
aniqlash uchun 340 dan ortiq ko‘rsatkich va 100 dan ortiq usuldan foydalanishadi. 
Mamlakatning raqobatdoshligini aniqlashda quyidagi holatlar asosiy omil bo‘lib 
xizmat qiladi: iqtisodiy salohiyat va iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari; sanoat ishlab 
chiqarishining samaradorligi; ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanish darajasi va uni 
o‘zlashtirish sur’atlari; xalqaro mehnat taqsimotida qatnashish; ichki bozor hajmi va 
dinamikasi; iqtisodiyotda davlatning roli; moliya tizimining egiluvchanligi; mehnat 
resurslari bilan ta’minlanganlik va malaka darajasi; ichki siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy 
holat; iqtisodiyotning jahon bozori kon’yunkturasi talabiga moslashish darajasi va 
qobiliyati h.k. 
Jahon iqtisodiyotining barqaror rivojlanish sur’atlarini ta’minlash, xalqaro 
raqobatni vujudga keltirishning muhim sharti dunyo mamlakatlari iqtisodiyotining 
ochiqligi bilan belgilanadi. O‘zbekiston iqtisodiyoting erkinlashuvi tobora 
chuqurlashib, ochiqlik darajasi ortib jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvi kuchayib 
bormoqda.
Shunday qilib, mamlakatning raqobat jihatdan ustunliklarini ishlab chiqarishning 
asosiy omilari: tabiiy resurslar, arzon ishchi kuchi va mamlakat mavqei va hududi 
bilan belgilanadigan qulayliklar hisobidan shakllantirish mumkin, ana shunda ushbu 
ustunliklar biz O‘zbekistonda ularning mavjudligini kuzatgan omillarning qiymati 
bilan belgilanadi. 
Bundan tashqari respublikaning raqobat jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari unda 
sarmoya eng yaxshi texnologiyalar, litsenziya va nou-xauga investitsiya qilinadigan 
faol investitsiya siyosatiga asoslanishi mumkin, shu bilan birga, mazkur 
texnologiyalar mamlakat ichida doimiy ravishda takomillashib boradi. Sarmoyaning 


134 
iqtiso-diyot ichida safarbar qilinishi, kapital qo‘yilmalar hajmining o‘sishi omillarning 
takomillashuviga (infratuzilmaning rivojlanishiga, mehnat resurslari sifatining 
yaxshilanishiga) olib keladi. 
O‘zbekiston iqtisodiyotining raqobat jihatdan ustunliklari innovatsiyaga tayanishi 
mumkin, bu yaqin o‘n yilliklarda respublika milliy xo‘jaligini rivojlantirishning 
istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi va u milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining ichki 
salohiyatini o‘z ichiga oladi. Ushbu holatda mamlakat texnologiyalarining rivojlanishi 
va joriy etilishi yuz beradi hamda, eng asosiysi, korxonalar (firmalar) global 
strategiyalarni ishlab chiqishni boshlab, chet elda keng ko‘lamli investitsiyalarni 
amalga oshiradi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin