O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

 
 
7.3. Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish borasidagi turli xil nazariyalar 
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini, shuningdek iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish 
borasida ko‘plab iqtisodchi olimlar ilmiy izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar olib borgan 
bo‘lib, asosan, tadqiqotlarda, iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirishlar borasidagi 
nazariyalarda iqtisodiyotida agrar soha ustun bo‘lgan davlatlarni nisbatan rivojlangan 


125 
tarmoq tarkibini, nisbatan yuqori urbanizatsiya darajasini shakllantirish va 
sanoatlashtirish mexanizmlariga e’tibor berilgan. Strukturalistlarning iqtisodiy 
rivojlanishga bo‘lgan mashhur nazariy qarashlariga misol sifatida Artur Lyuisning 
ishchi kuchi haddan tashqari ortiqcha bo‘lgan iqtisodiyotning ikki sektorli modeli va 
Xollis Chenerining rivojlanish shakllarining empirik tahlilini keltirish mumkin. 
Nobel mukofoti lauriyati Artur Lyuis 1950-yillarda iste’mol iqtisodiyotini 
tarkibiy o‘zgartirishlarga qaratilgan rivojlanishning nazariy modellaridan birini tuzdi. 
Bu modelda yaxshi rivojlanmagan iqtisodiyot ikki sektordan iborat: an’anaviy sektor- 
qishloq xo‘jaligi, zamonaviy sektor - sanoatlashgan shahar xo‘jaligi. 
Modelda asosiy e’tibor ishchi kuchi migratsiyasi, ishlab chiqarishning o‘sishi va 
zamonaviy sektordagi bandlikka qaratilgan. Unga ko‘ra, an’anaviy sektorda ishchi 
kuchi ortiqchaligi va bandligi oshgani sari chegaraviy mehnat unumdorligi nolga 
tenglashadi va ushbu ishchilarga taqsimlanadigan chegaraviy mahsulot ham nolga 
teng bo‘ladi. Zamonaviy sektorda ish haqi agrar sektorga nisbatan 30 foizdan kam 
bo‘lmagan miqdorda belgilanib migratsiyani rag‘batlantiradi. Sanoatda ishchi 
kuchini ko‘proq jalb etish bilan mahsulot miqdori va foyda yanada ortadi va
kapitalning o‘sishi ishchi kuchiga bo‘lgan talabni oshirib boradi. Bu holat 
ishchilarning chegaraviy mehnat unumdorligi real ish haqi bilan tenglashguncha 
davom etadi. 
O‘z-o‘zini qo‘llab-quvvatlaydigan o‘sish jarayoni va bandlikning o‘sishi 
qishloqdagi barcha ortiqcha ishchi kuchining yangi sanoat tarmoqlarida band 
bo‘lguniga qadar davom etadi. Agrar sektorda yer birligiga to‘g‘ri keladigan ishchilar 
soni kamayishi bilan mehnatning chegaraviy mahsuloti nolga teng bo‘lmay qoladi. 
Lyuisning fikricha, shu yo‘nalishda iqtisodiy faollik markazi an’anaviy agrar 
sektordan zamonaviy shahar sanoatiga ko‘chadi va xo‘jalikni tarkibiy o‘zgartirish 
amalga oshiriladi.
Biroq modelni o‘rgangan olimlar real iqtisodiy holatlarga mos kelmaydigan 
quyidagi kamchiliklarni aniqlashgan:
30
30
Микаэль П. Тодаро “Экономическое развитие” Москва. ЮНИТИ 1997 г. 


126 
Birinchidan, model zamonaviy sektorda ishchi kuchi migratsiyasi bilan birga 
parallell tarzda kapital jamg‘arilishi va qanchalik tez jamg‘arilsa, shunchalik tez 
bandlik oshishi taxminiga asoslangan. Lekin foyda mehnat sarfini tejaydigan asbob-
uskunalarga sarflansa yoki umuman qayta investitsiya qilinmasa, qo‘shimcha ishchi 
kuchi jalb etilmaydigan holat inobatga olinmagan. 
Ikkinchidan - zamonaviy sektorda raqobatli mehnat bozorida qishloqda ishchi 
kuchining yetarli darajada qolguniga qadar shaharda real ish haqining doimiyligini 
saqlab turilishi haqidagi noreallikdir. 
Uchinchidan, ishchi kuchining qishloqlarda haddan tashqari ortiqchaligi va 
shaharlarda to‘la bandligi nazariyasi ko‘pchilik iqtisodiy rivojlanmagan davlatlarga 
to‘g‘ri kelmasligi, shaharlarda yirik masshtabdagi ishsizliklar mavjudligi va 
qishloqlarda nisbatan kam sonli ishchi kuchining ortiqchaligi haqidagi tanqidiy 
fikrlar Mikael Todaroning “Iqtisodiy o‘sish” kitobida keltirilgan.
Shunday bo‘lsada, Lyuisning neoklassik konsepsiyasi iqtisodiy o‘sish 
nazariyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Uning modeli Jon Fae va Gustav Reynslar 
tomonidan takomillashtirilib, mehnat bozori dualizmi bilan birga tovarlar va 
moliyaviy vositalar bozorlari dualizmi tahlil qilinadi
31
.
A. Lyuis o‘z modelida an’anaviy xo‘jalikdan zamonaviy xo‘jalikka olib 
keladigan iqtisodiy, industrial va intitutsional tuzilmalarning tadrijiy o‘zgarishlarida 
jismoniy va inson kapitalini jamg‘arilishigagina e’tiborni qaratadi. 
Bizningcha, zamonaviy iqtisodiy tizimga o‘tish uchun nafaqat jismoniy va inson 
kapitali, balki shu bilan birga mamlakat iqtisodiyoti tarkibida o‘zaro bog‘liq ketma-
ket o‘zgartirishlarni bajarilishiga e’tiborni qaratish lozim. Bu siljishlar taxminan 
barcha sohalarni - ishlab chiqarish, iste’mol talabi, tashqi savdo, resurslar taqsimoti
ijtimoiy- iqtisodiy omillar(aholi soni o‘sishi, bandlik tarkibi, urbanizatsiya)ni qamrab 
oladi. 
Ana shunday o‘zgartirishlarni o‘rganish borasida X. Chenerining mashhur 
tarkibiy o‘zgarishlar modeli ahamiyatga molikdir. U turli mamlakatlarning ko‘p yillik 
ma’lumotlarini tahlil qilib ularning rivojlanishida o‘xshashliklarni aniqlaydi. Bunday 
31
Нуреев Р. М. «Экономика развития: модели становления рыночной экономики» Москва, НОРМА 2008г. 


127 
o‘xshashliklarga iqtisodiy faollikning agrar sohadan sanoatga ko‘chirilishi, jismoniy 
va inson kapitalining doimiy jamg‘arilishi, iste’mol talabining birlamchi ehtiyojli tor 
doiradagi tovarlar turidan turli sanoat mahsulotlari va xizmatlari tomon siljishi, 
savodxonlik darajasining o‘sishi kabilarni misol keltiradi.
Cheneri tarkibiy o‘zgarishlarni empirik tadqiqotlar qilishda rivojlanishning ichki 
va tashqi ta’sirlari mavjudligiga ahamiyat beradi. Ichki cheklovlarni o‘zini iqtisodiy 
va institutsional cheklovlarga ajratib: birinchisi mamlakat kattaligi, resurs salohiyati 
va aholi soniga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisiga davlat siyosatining maqsad va vositalarini 
kiritadi. Tashqi cheklovlar esa xorijiy investitsiyalarga, texnologiyalarga va tashqi 
bozorlarga chiqish imkoniyatlari darajasidan iboratligini ta’kidlaydi. 
Tarkibiy o‘zgarishlar modeli tarafdorlari deyarli barcha mamlakatlar uchun 
rivojlanish turlari va yo‘nalishlarini aniqlab ko‘rsatish mumkinligini ta’kidlashadi. 
Empirik tadqiqotlari tahlili tarkibiy o‘zgarishlarga davlat o‘z chora-tadbirlari bilan 
tashqi savdoni ratsional tashkillashtirish va tashqi yordam asosidagi rivojlanish 
dasturlari bilan ta’sir etish mumkinligini ko‘rsatadi. Shundan kelib chiqib, 
strukturalistlar to‘g‘ri iqtisodiy siyosatning tanlanishi o‘z-o‘zini qo‘llab-quvvatlovchi 
rivojlanishga olib keladi deb xulosa qiladilar. 
Biroq, tarkibiyo‘zgarishlar borasida empirik yo‘nalish tarafdorlari fikrlari tashqi 
qaramlikka olib kelishi mumkinligi boshqa yo‘nalish tarafdorlari tomonidan ushbu 
nazariyaga qarshi g‘oyalarni keltirib chiqardi. Ularning fikricha, strukturalistlar 
tomonidan aniqlangan ko‘pchilik davlatlarning rivojlanishidagi umumiyliklar 
chegaralangan amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, bu o‘xshashliklar alohida 
mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishining asosiy omillarni ochib bermaydi. G‘arb 
davlatlari rivojlanishi tahlilidan kelib chiqqan g‘oyalarni yaxshi rivojlanmagan 
davlatlarga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab bo‘lmaydi. Bundan tashqari dualizm 
tarafdorlari Lyuisning ikki sektorli modeli o‘z-o‘zidan boylar va kambag‘allar 
o‘rtasidagi farqni oshiradi va boy, rivojlangan davlatlarni oldingidan ham ko‘proq 
kapital jamg‘arishiga imkon yaratib, rivojlanmagan davlatlarni yanada quyi 
rivojlanish darajasiga tushib qolishlariga olib keladi degan fikrni bildiradilar.


128 
Rivojlanmagan davlatlarda infratuzilma, raqobatli bozor, kerakli iqtisodiy 
elementlarning mavjud emasligi “ko‘rinmas qo‘l” nazariyasi ko‘pincha umumiy 
farovonlikka emas, balki boylarning yanada boyishi va kambag‘allarning yanada 
qashshoqlashishiga olib kelishi mumkin.
32
Rivojlanmagan davlatlardagi aynan 
institutsional va boshqaruv tizimining o‘ziga xosligi kabi muammolar “yangi 
iqtisodiy o‘sish nazariyasi”ni shakllantirmoqda. Bunda davlat ishtiroki asosida uzoq 
muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga ahamiyat berilib, o‘sish sur’atlarida 
davlatlararo farqni va shu o‘sish sur’atlari omillarini tushuntirish asosiy maqsad qilib 
belgilangan. Ushbu nazariya shakllanish jarayonida bo‘lgani sabab to‘liq xulosa 
chiqarib bo‘lmaydi.
Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar xususidagi nazariyalarni o‘rganishda 
iqtisodiyotda tarkibiy siljishlar, iqtisodiyotning tarkibiy siljishlarini samaradorligini 
aniqlash kabilar to‘g`risida so‘z yuritish o‘rinlidir. Jumladan, iqtisodiyotning tarkibiy 
siljishlarini saradorligini aniqlash va ularni mamlakat barqaror iqtisodiy o‘sishdagi 
rolini miqdoriy baholash muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin