7.2. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining turlari
Umumiy jihatdan iqtisodiyot tarkibiy tuzilishi quyidagicha tuzilmalardan iborat.
Ya’ni: ijtimoiy tuzilma; tarmoq tuzilmasi; takror ishlab-chiqarish tuzilmasi; hududiy
tuzilma; tashqi siyosat tuzilmasi kabilar.
Mana shu yuqorida keltirib o‘tgan iqtisodiyot tuzilmalari o‘zida mavjud bo‘lgan
xususiyatlari, tarkibi, ma’lum bir faoliyat yo‘nalishlariga ko‘ra guruhlarga turlarga
ajratilgan. Xususan, ijtimoiy tuzilma asosan turli tashkiliy huquqiy tadbirkorlik
121
shakllari o‘rtasidagi munosabatlarni ifoda etadi. Misol tariqasida, G‘arb
davlatlarining ko‘pchiligida kapital konsentratsiyalashuvi va markazlashuvi jarayoni
davom etayotganligi, mahsulot ishlab chiqarish hajmi kam sonli biroq, yirik
xo‘jaliklar qo‘lida to‘planganligini keltirib o‘tishimiz mumkin. Ijtimoiy tuzilma o‘z
ichiga turli aholi guruhlari daromadlarining differensiatsiyasini oladi. Unda tenglik va
adolatlilik muammolari aks etgan. Turli davlatlarda differensiatsiya darajasi bir xil
emas. Bozor iqtisodiyoti, odatda, daromadlar darajasida katta farqlarni nazarda tutadi.
Mamlakatning ijtimoiy–iqtisodiy tarkibiy tuzilmasi deganda esa, mulkchilik
turlari va tegishli tashkiliy-huquqiy asosga ko‘ra ishlab chiqarish, iste’mol va
jamg‘arish tarkibiy tuzilmasi tushuniladi. Ushbu tarkib mamlakat iqtisodiy
salohiyatini ijtimoiy sektorlar (davlat sektori, nodavlat sektor, xususiy sektor)ga
tegishliligini ko‘rsatadi.
Iqtisodiyotda kapital konsentratsiyalashuvi darajasi jihatidan tarkibi yirik va
kichik biznes subektlarining mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarish va xizmatlar
ko‘rsatish borasidagi o‘zaro nisbatini ifodalaydi. Bulardan tashqari daromad va
xarajatlar, iste’mol va jamg‘arma, ishlab chiqarish, ijtimoiy va shaxsiy iste’mol
o‘rtasidagi nisbatlar iqtisodiyot tarkibini aks ettiradi.
Shuningdek iqtisodiyot tarmoq tuzilmasi xususida so‘z yuritganda, avvalo
iqtisodiyot tarmoq tuzilmasiga e’tibor berish lozimdir. Iqtisodiyotning tarmoq tarkibi
mamlakat iqtisodiyot majmuasida tarmoqlarning alohida ko‘rsatkichlar bo‘yicha
nisbatini ifodalaydi. Tarmoq tarkibi iqtisodiyot tuzilmasida juda muhim bo‘lak
hisoblanadi. Iqtisodiyotda tarmoq degan tushuncha mavjud bo‘lib, u asosan ijtimoiy-
iqtisodiy mazmunga ko‘ra ijtimoiy ishlab chiqarishning boshqa bo‘laklaridan farqli
aniq vazifalarni bajaruvchi korxona, tashkilot va boshqa ishlab chiqarish birliklar
majmuasi tushuniladi. Iqtisodiyot quyidagi asosiy tarmoqlardan iborat:
sanoat tarmoqlari (elektr energetika, kimyo sanoati, engil sanoat,
mashinasozlik, neft va gaz tarmog‘i va boshqalar);
qishloq xo‘jaligi tarmoqlari (o‘simlikchilik, chorvachilik, bog‘dorchilik
tarmoqlari);
qurilish tarmog‘i;
122
transport va aloqa tarmog‘i;
xizmatlar sohasi;
savdo va umumiy ovqatlanish;
va boshqalar.
Bu tarmoqlar o‘z navbatida ma’lum bo‘g‘inlarga ajralib tarmoq ichidagi
tarmoqlarni hosil qiladi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishishi bilan, bozor munosabatlariga asoslangan
iqtisodiyotni tanlashi iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish zaruriyatini keltirib
chiqardi. Bu esa ustuvor tarmoqlarda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, uning
maqsad va vazifalarini belgilash va iqtisodiyotning samarali tuzilmasini
shakllantirishga qaratilgan tarkibiy o‘zgarish yo‘nalishlari va mexanizmlarini bozor
munosabatlariga mos ravishda amalga oshirishni taqozo etdi.
Taraqqiyot strategiyasini bajarish borasidagi vazifalardan kelib chiqqan holda
iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarning asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqilgan bo‘lib,
ularni bajarish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Iqtisodiyotning tarmoq tarkibiy tuzilishi tahlilini quyidagi ko‘rsatkichlar orqali
aniqlash bilan amalga oshirishni ma’qul deb topdik:
1.
Tarmoq mahsulotining mamlakat YaIM ishlab chiqarish umumiy hajmidagi
ulushi yoki tarmoq mahsuloti hajmida tarmoq tarkibiy tuzilmalarining ulushi;
2.
Tarmoq ishchilari sonining xalq xo‘jaligida band bo‘lganlar umumiy sonidagi
ulushi;
3.
Har bir ijtimoiy sektorning turli ko‘rsatkichlar (mahsulot ishlab chiqarish va
xizmatlar ko‘rsatish, bandlar soni va boshqalar) bo‘yicha umumiy birlik hajmidagi
ulushi va boshqalar.
Shuningdek, tarmoqlar, hududiy va ijtimoiy mutanosibliklarni jalb etgan
iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi mamlakat iqtisodiy tizimini rivojlanishida o‘zaro
bog‘liq turli tarkibiy birliklarni optimallashtirishning muhim sharti hisoblanadi. Biroq
bu munosabatlar takror ishlab chiqarish xarakteridagi yirik makroiqtisodiy nisbatlar
bilan shartlanadi. Takror ishlab chiqarish tuzilmasi ishlab chiqarish va noishlab
chiqarish sohalarini o‘zida mujassamlashtiradi.
123
Ishlab chiqarish sohasida foydalanishiga ko‘ra takror ishlab chiqarishning ikki
turiga tegishli bo‘lgan ijtimoiy mahsulotlar yaratiladi:
1.
Ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish;
2.
Iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish.
Ishlab chiqarish vositalari va iste’mol tovarlari takror ishlab chiqarishda turli
vazifalar bajariladi. Agar birinchilari moddiy ishlab chiqarish kuchlarini takror ishlab
chiqarish uchun xizmat qilsa, ikkinchilari inson omlini takror ishlab chiqarish uchun
xizmat qiladi. Ana shu ikkala takror ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro nisbati
iqtisodiy o‘sishda juda katta ahamiyatga egadir.
29
Bular iqtisodiyotning rivojlanish
imkoniyatlari va uning samaradorligini aks ettiruvchi xo‘jalik tizimining kesimi
hisoblanadi.
Iqtisodiyotning hududiy tuzilmasi esa yirik iqtisodiy hududlar, viloyatlar,
tumanlar va boshqa ma’muriy-boshqaruv hududlarning iqtisodiy birliklari ifodalaydi.
O‘zbekiston hududiy tarkibning ma’muriy iqtisodiy nisbati Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahridan tashkil topgan.
Har bir iqtisodiy hudud geografik joylashuvi, tabiiy resurslar salohiyati,
iqtisodiy imkoniyatlari, tarixiy xususiyatlariga ko‘ra o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy
birlik hisoblanadi. Shunday qilib iqtisodiyotning hududiy tuzilmasi mehnatning
hududiy taqsimlanishini ifodalaydi va hududning iqtisodiy o‘zlashtirilganlik
darajasini ko‘rsatuvchi, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlanish
ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.
Hududiy tuzilma avvalambor, ishlab chiqarish kuchlarining mamlakat hududida
joylashishini belgilab beradi. Oqilona joylashtirish korxonalarning xom-ashyo
manbalari, energota’minot, iste’mol hududlari, mehnat resurslari bilan joylashgan
o‘rni o‘rtasidagi optimal aloqasini nazarda tutadi.
Iqtisodiyot tuzilmasida tashqi siyosat tuzilmasi ham mavjud bo‘lib, bu tuzilma
o‘ziga xos xalq xo‘jaligining aksi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu tuzilmada eksport va
import tarkibining mutanosibligi YaIMdagi ulushi ko‘rinishida aniqlanadi.
29
Данилов А.С, Юлдашев З. Ю. “Национальная экономика” Учебное пособие. Т. “Янги аср авлоди” 2003г
124
Sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun eksportda sanoat mahsuloti, ayniqsa,
yakuniy, texnologik va ilmiy mahsulotlarning yuqori salmog‘iga ega. Ko‘pchilik
rivojlanayotgan mamlakatlarning importida xom-ashyo va materiallar ustuvor o‘rin
tutadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ajralmas qismi
bo‘lgan tarkibiy o‘zgarishlar siyosatda ustuvor sohalar va sanoat tarmoqlarini jadal
rivojlantirish asosida milliy iqtisodiyotning samaradorligini oshirish, uning
raqobatbordoshligini yuksaltirish, import o‘rnini bosadigan va eksportbop
raqobatbardosh zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va ular
ko‘lamini kengaytirish maqsadlari ko‘zda tutiladi.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida
sanoatda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni texnik qayta
qurollantirish, mahsulotning raqobatbardoshliligini yaxshilash kabi vazifalarni
amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalarining ahamiyati
yanada ortadi.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida eksportga yo‘naltirilgan
tarmoqlarni rivojlantirish asosiy yo‘nalishlari belgilab olinib, uni amalga oshirishga
kirishildi. Bu yo‘nalishlar yoqilg‘i-energetika majmuini jadal rivojlantirish hamda
neft va gaz qazib olishni kengaytirish chora-tadbirlarini ko‘rish; ishlab chiqarish va
aholi uchun eng zarur investitsion va iste’mol tovarlarini chetdan olib kelishni
qisqartirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
mahalliy sanoat imkoniyatlari negizida qayta ishlashni rivojlantirish kabi yo‘nalishlar
bugungi kunda mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvor ahamiyatga ega
yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |