144
8-BOB. BARQAROR IQTISODIY RIVOJLANISHNI TA’MINLASHDA
DAVLAT IQTISODIY DASTURLARINING AHAMIYATI
8.1. Dasturlarning turlari va mohiyati. Iqtisodiy dasturlash subyektlari
Davlat iqtisodiyotini tartibga solishning yuqori shakli davlatning iqtisodiy
dasturi hisoblanadi. Uning maqsadi global maqsadlarda davlat iqtisodiyotini tartibga
solishning hamma elementlaridan har tomonlama foydalanish.
Iqtisodiy siyosat doirasida davlatning turli dasturlari
ishlab chiqiladi va amalga
oshiriladi. Dasturlarda ko‘zlangan maqsad, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar,
ulardan kutiladigan natijalar, ularni moliyalashtirish manbalari aniqlanadi.
Dasturlar milliy iqtisodiyot uchun ustuvor bo‘lgan muammolarni hal etishga
qaratiladi. Bular jumlasiga tanglikdan chiqish, oziq-ovqat, energiya ta’minoti,
texnologiyalarni yangilash, infratuzilmalarni
rivojlantirish, eksport salohiyatini
oshirish, qoloq hududlarni rivojlantirish kabi dasturlar kiradi. Dasturlarda belgilangan
muammolarning hal etilishi iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishga turtki beradi.
Hukumat xo‘jalikni tartibga solishda masalani murakkabligi o‘lchoviga ko‘ra
qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli masalalardan tashkil topgan. Ularni
yechimini va organini aniqlash, bu yechimlarni bajarishdagi javobgarlik, kerakli
mablag‘lar ajratish va moliyaviy tartiblashni aniqlash. Shunday maqsadli dasturlarni
obyektlari odatda sohalar bo‘ladi. Ko‘pincha qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy,
hududlar
sohalari bo‘ladi.
Dasturlar odatdagi va favqulodda bo‘ladi.
Odatdagi o‘rta muddatli umumiqtisodiy dastur qonun bo‘yicha besh yil har yili
to‘g‘rilab turish va bir yilga uzaytirishdan tashkil topadi. Favqulodda dasturlar
nihoyatda og‘ir xolatlarda ishlab chiqariladi. Masalan: inqiroz sharoitlarida, xavfli
investitsiyalar, ommaviy ishsizlik va xokazo. Davlatning dasturlari rivojlanish
darajasi har xil mamlakatda turlicha. Amalda hamma davlatlarda
bozor iqtisodiyoti
maqsadli dasturlarda amalga oshadi. Shu maqsadli dasturlarni eng eskilaridan -
AQSHda Tejssi basseynini hududiy energetik o‘zlashtirish, Fransiyada yadro
energetikasini rivojlantirish dasturi, Janubiy Italiyaning xo‘jaligini rivojlantirish
145
kabilar shular jumlasidandir. Janubiy Koreya urushdan keyingi iqtisodiyotini tiklash,
yangi yerlarni xususiylashtirish va tuzilmaviy qayta tiklash umummilliy favkuloddagi
dasturlar sifatida ma’lum.
60 yillar oxirida maqsadli va favkuloddadagi milliy dasturlar tajribalari bazasida
bir qator mamlakatlar umummilliy o‘rta muddatli dasturga o‘tishdi, xalq xo‘jaligida
muhim ko‘rsatkichlarga
erishildi, bu mamlakatlarga
Fransiya,
Yaponiya,
Niderlandiya, Skandinaviya mamlakatlari, Janubiy Koreya kiradi. Yuqorida sanab
o‘tilgan mamlakatlardan tashqari Germaniya, Avstriya, Ispaniya,
Finlyandiya,
Xindiston, Turkiya, Quvayt, bir qator Lotin Amerikasi davlatlarida umumiqtisodiy
o‘rta muddatli dasturlar kuchli rivojlanishga olib keldi.
Bozor iqtisodiyoti tayanchi, AQSHda – umummilliy dastur yo‘q, ammo
maqsadli va favkuloddagi dasturlar keng qo‘llaniladi. Alohida mamlakatlarda
dasturlashni davlat oldidagi iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatga ko‘ra rivojlanish darajalari
turlicha bo‘lishi, masala harakteri va maosh tabiga bog‘liq bo‘ladi.
Iqtisodiy dasturlash subyektlari – dastur tuzishga javobgar, ularni uzluksiz
amalga oshirishni nazorat qiluvchi davlat organlaridir.
Dastur maxsus davlat organi
tomonidan ishlab chiqiladi, agar u bo‘lmasa unda iqtisodiyot vazirligi va Moliya
vazirligi yoki maxsus vazirliklar o‘rtasidagi organda amalga oshiriladi. Buning uchun
iqtisodiyot vazirligi qoida bo‘yicha loyihani o‘zi tayyorlaydi, alohida tadbirlarni
ketma – ketli, muddatli, maqsadli amalga oshirishda
ierarxiyani tashkil ettiradi,
bajarishga javobgarlik beruvchi bosqich deb ataladi. Moliya vazirligi dasturni
moliyalashtirish rejasini ishlab chiqadi. Dasturni ishlab chiqishda Markaziy bank,
tadbirkorlar uyushmasi, savdo va sanoat palatalari, kasaba uyushmalari vakillari keng
jalb qilinib, har xil komissiya va ekspertlar uyushmasi tuziladi. Dastur va moliyaviy
reja har yili parlament tomonidan tasdiqlanadi, shu bilan birga yil davomida ularni
bajarilishi hisobotlari eshitilib turiladi.
Dostları ilə paylaş: