142
Tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish hisobidan 2030-yilga
qadar sanoatni
jadal rivojlantirish yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 2015-yildagi 33,5 foizdan 40
foiz ga yetkazish, qishloq xo‘jaligi ulushini 16,6 foiz dan 8-10 foizga kamaytirish,
energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish evaziga yalpi ichki
mahsulot hajmini taxminan energiya hajmini taxminan 2
barobar qisqartirishga
erishish vazifasi belgilangan.
Qisqacha xulosalar
Mamlakat iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishi shakllanishida uning tabiiy resurs
salohiyati, geografik joylashuvi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanganligi darajasi
kabi omillar muhim ahamiyatga ega bo‘lsada, uni o‘zgartirish va takomillashtirishda
davlatning tarkibiy siyosati hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Tarkibiy o‘zgarishlar siyosati – davlat tomonidan amalga oshiriladigan,
iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, uning samaradorligini oshirishga
qaratilgan chora-tadbirlar majmui.
Iqtisodiyotning hududiy tuzilmasi
esa yirik iqtisodiy hududlar, viloyatlar,
tumanlar va boshqa ma’muriy-boshqaruv hududlarning iqtisodiy birliklari ifodalaydi.
O‘zbekiston hududiy tarkibning ma’muriy iqtisodiy nisbati Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahridan tashkil topgan.
Sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun eksportda sanoat mahsuloti, ayniqsa,
yakuniy, texnologik va ilmiy mahsulotlarning yuqori salmog‘iga ega. Ko‘pchilik
rivojlanayotgan mamlakatlarning importida xom-ashyo va materiallar ustuvor o‘rin
tutadi. Jahon
iqtisodiyoti rivojlanishi, undagi turli ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
o‘zgarishlar nazariy qarashlarda yangi yo‘nalishlarni keltirib chiqaradi. Iqtisodiy
o‘sish nazariyalarida ham huddi shu holatni kuzatishimiz mumkin.
Dastlabki
an’anaviy xo‘jalikdan industrial xo‘jalikka o‘tish, industrial xo‘jalikdan postindustrial
xo‘jalikka o‘tish jarayonlarida iqtisodiyotning turli sohalarida tarkibiy o‘zgarishlar
sodir bo‘lishi Lyuisning dualizmidan iqtisodiy o‘sishning yangi nazariyasigacha
bo‘lgan nazariyalarni shakllanishiga olib keldi. Yangi nazariyalarda esa inson omili
143
ustunlik qilib, inson kapitaliga investitsiyalar yangi turdagi
iqtisodiyot sohalarini
shakllantirib, iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirishlarga sababchilardan biri bo‘ladi.
Iqtisodiy o‘sishning institutsional omillarini baholash imkoniyatlari alohida
omillar
o‘rtasida noteng taqsimlangan: xalqaro tadqiqotlar bir turdagi
o‘zgaruvchilarga
turli baholarni beradi, ayni paytda boshqa o‘zgaruvchilar chetda
qoladi; shuning uchun biznes-tuzilma, fuqarolik jamiyati
va jamiyatda axborotning
ochiqligi kabi omillarni baholash eng katta qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Iqtisodiy o‘sishning institutsional omillari tizimi Worldwide Governance
Indicators va International Country Risk Guide indekslari turkumlaridan foydalangan
holda eng to‘liq baholanadi. Ushbu modellar tarkibiy qismlari bir yo‘la bir necha
omillarni o‘lchash uchun foydalanilishi mumkin.
Shuning uchun, bizning
nazarimizda, aynan mazkur turkumlar indekslaridan institutsional omillar tizimiga
inkor etilmaydigan va to‘liq bahoni berish uchun foydalanish zarur
Dostları ilə paylaş: