O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

I = e - dR
Bu yerda: I – avtonom investitsiya xarajatlari; 
e – foiz stavkasi 0 ga teng to‘lgandagi investitsiya xarajatlarining maksimal 
hajmi. U tashqi iqtisodiy omillar, resurs imkoniyatldari, yer, foydali qazilma 
boyliklari va boshqalar bilan belgilanadi; 
R – real foiz stavkasi; 
d – investitsiyalarning real foiz stavkasi dinamikasi o‘zgarishga ta’sirchanligini 
miqdoriy belgilovchi empirik koeffitsient. 


159 
9.1-chizma. Avtonom investitsiyalar grafigi 
Grafikdan e nuqtasi shuni bildiradiki, banklar nolga teng foiz stavkasi bilan 
kredit berganlarida hamda ularning kredit resurslari cheksiz ko‘p bo‘lganda ham 
mamlakatdagi boshqa resurslari miqdorining cheklanganligi tufayli investitsiya 
xarajatlari ma’lum miqdor bilan chegaralanadi. 
Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi eng muhim omillardan biri bo‘lib 
kutilayotgan sof foyda normasi hisoblanadi. Agar real foiz stavkasi bilan investitsiya 
xarajatlari miqdori o‘rtasida teskari bog‘liqlik bo‘lsa, kutilayotgan sof foyda normasi 
(KSFN) dinamikasi bilan investitsiya xarajatlari o‘rtasida to‘g‘ri bog‘liqlik bor.
Agarda kutilayotgan foyda me’yori foiz stavkasidan yuqori bo‘lsa, 
investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda miqdoridan 
yuqori bo‘lsa, investitsiyalash foydali bo‘lmay qoladi. 
Misol uchun, zavodga 100000 so‘mlik yangi stanok sotib olindi. Yangi stanokni 
qo‘llashdan zavod 10.000 so‘m sof foyda olgan bo‘lsin. Kutilayotgan sof foyda 
normasi quyidagicha aniqlanadi: 
KSFN = 10000 / 100000 x 100 = 10foiz. 
Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi emas, 
balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka narxlar darajasining 
o‘zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflatsiya darajasi ayirmasi ko‘rinishida 
aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16foiz ga teng bo‘lsa, inflatsiya darajasi 
yiliga 12foiz ni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4 foizini (16foiz-12foiz) tashkil 
etadi. 


160 
Investitsiya xarajatlari dinamikasiga ta’sir etuvchi boshqa omillar quyidagilar 
kiradi: 
1. Soliqqa tortish darajasi; 
2. Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o‘zgarishlar; 
3. Mavjud bo‘lgan asosiy kapital miqdori; 
4. Investorlarning kutishi; 
5. Yalpi daromadlarning o‘zgarishi. 
Soliqqa tortish darajasining pasayishi hamda yangi texnologiyalarning paydo 
bo‘lishi kutilayotgan sof foyda normasining (real foiz stavkasi o‘zgarmagan sharoitda 
ham) ko‘payishga olib keladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining ortishiga turtki 
beradi. 
Investitsiyalar hajmining YaIM yoki daromadlar darajasiga bog‘liqligini 
akselerator modeli aks ettiradi: 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin