O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat


 Iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning tarmoq dasturlari



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

8.4. Iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning tarmoq dasturlari
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 29-dekabrdagi 
qaroriga muvofiq tasdiqlangan
“2016-2020-yillar davrida qishloq xo‘jaligini 
yanada isloh qilish va rivojlantirish dasturi”
. Qishloq xo‘jaligi sohasida amalga 
oshirilayotgan islohotlar va tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, yer va 
suv resurslaridan samarali foydalanish 2016-yil va yaqin istiqbolga mo‘ljallangan 
iqtisodiy dasturning prinsipial muhim yo‘nalishidir.
Turli fermer xo‘jaliklarining rivojlanish tajribasi, samaradorligi va rentabelligini 
hisobga olgan holda, ularni oqilona va qulay miqdordagi yer uchastkalari bilan 
ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirildi. Fermer xo‘jaliklarining ekin 
maydonlari unumdorligi va yer boniteti, kontraktatsiya shartnomalarini bajarishi, ish 
o‘rinlari yaratishi kabi jihatlar chuqur tahlil etilib, bir qancha yer uchastkalari 
optimallashtirildi.


151 
Buning natijasida 17 ming 500 dan ortiq yangi fermer xo‘jaligi va 250 mingdan 
ziyod ish o‘rni tashkil etildi.
Paxta va g‘allachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarining yer maydonlari 50-
60 gektar, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan mulkdorlarning yer maydonlari 5-10 
gektargacha etib belgilandi, yer maydonlari hajmini aniqlashda subyektiv 
yondashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik va bunday holatlarning oldini olish maqsadida bu 
tadbirlar deputatlar korpusi, Fermerlar kengashi va jamoatchilik tomonidan ochiqlik 
va oshkoralik asosida o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-dekabrdagi 
“Fermer xo‘jaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini 
maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, joriy yilning 1 
yanvaridan fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer maydonlari ajratish va 
taqsimlashning yangi mexanizmi joriy etildi. Endilikda qarorni tuman hokimi emas, 
balki O‘zbekiston Fermerlari kengashi va yer uchastkalari taqdim etish masalalarini 
ko‘rib chiqish komissiyasi xulosasi bo‘yicha xalq deputatlari tuman Kengashlari 
qabul qilmoqda. O‘zbekiston Adliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi 
fermer xo‘jaliklarining qonuniy manfaatlarini ta’minlamoqda, tugatish va tashkil 
etish ishlari tegishli tartibda amalga oshirilmoqda.
Saxovatli zaminimizda etishtirilgan mazali va ekologik toza noz-ne’matlar butun 
dunyoda qadrlanadi. 2016-2020-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturda bu borada 
uzoq istiqbolga mo‘ljallangan qator muhim vazifalar belgilab berildi. 2020-yilgacha 
paxta xomashyosini yetishtirish va uni davlat tomonidan xarid qilish hajmi 3 million 
350 ming tonnadan 3 million tonnaga bosqichma-bosqich qisqartiriladi. 
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 3 million tonna paxta to‘qimachilik va 
yengil sanoat ehtiyojini nafaqat to‘la ta’minlaydi, balki O‘zbekistonning jahon 
bozoriga paxta tolasi va undan tayyorlanadigan mahsulotlar yetkazib beradigan 
mamlakat sifatidagi mustahkam mavqeini saqlab qolish imkonini ham beradi. 
Bu jarayonda paxta hosildorligi 12-15 sentnerdan oshmaydigan past bonitetli 
erlar bo‘shatiladi, asosan sho‘rlangan, paxta etishtirishga yaroqsiz bo‘lgan tog‘oldi 


152 
yerlariga g‘o‘za ekilmaydi. Shu tarzda 220 ming gektardan ortiq maydonlar 
bosqichma-bosqich optimallashtiriladi.
Paxtadan bo‘shagan 170 ming 500 gektar sug‘oriladigan ekin maydonlarida 
sabzavot, kartoshka, ozuqa ekinlari, moy olinadigan va boshqa o‘simliklar ekiladi, 
bog‘ va uzumzorlar barpo etiladi. Ekin maydonlarining optimallashtirilishi va 
zamonaviy agrotexnologiyalarning joriy etilishi natijasida 2020-yilda boshoqli don 
yetishtirish hajmini 8 million 500 ming tonnaga, kartoshka etishtirishni 35 foizga, 
sabzavotni 30 foizga, meva va uzumni 21,5 foizga, go‘sht etishtirishni 26,2 foizga, 
sutni 47,3 foizga, tuxumni 74,5 foizga ko‘paytirish, baliq etishtirishni 2,5 martaga 
oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Hozir fermer xo‘jaliklari barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan 
omillarni bartaraf etish, mavjud me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, 
ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash yo‘li bilan mulkdorlar daromadini yanada 
oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlar davom etmoqda. Bunday izchil islohotlar 
xalqimiz farovonligini oshirish bilan birga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 
hajmini kengaytirishda ham muhim omil bo‘ladi. 
Dasturga asosan mamlakatimiz hududlarida meva-sabzavot mahsulotlarini xarid 
qilish, saqlash, birlamchi ishlov berish, transportirovka qilish va eksportga ortish 
ishlarini amalga oshirishga ixtisoslashgan 17 ta Logistika markazlarni tashkil etish 
belgilangan. 
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-fevraldagi 
qaroriga 
muvofiq 
tasdiqlangan

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin