-
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni, shu jumladan, qo‘shma
korxonalarni tashkil etish;
-
kompaniyalar tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiyaning jalb
etilishi;
-
hududda xorijiy mulkdorlarga to‘liq tegishli bo‘lgan (100 foiz xorijiy
investitsiya ishtirokidagi) korxonalarni tashkil etish;
-
mahsulotni bo‘lish to‘g‘risidagi konsessiyalar va kelishuvlar asosida
investitsiyani jalb qilish;
-
xorijiy kreditlarni jalb etish.
Mavjud huquqiy asoslar chet ellik investorlarga mamlakatimiz bilan hamkorik
qilish, ularning manfaatlari va investitsiyasini himoya qilish uchun qulay shart-
sharoitlarni ta’minlaydi.
9.2. Investitsiya siyosatining mohiyati va uni tadbiq etish yo‘llari
Bozor islohotlarining hozirgi bosqichida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan
investitsiya siyosati – iqtisodiyotdagi barqarorlik, tarkibiy va sifat o‘zgarishlarini
belgilovchi muhim omildir. Iqtisodiy o‘sish sur’atlarini oshirish hamda aholi turmush
farovonligini o‘sishiga, iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish va yangi ish o‘rinlarini
yaratishga xizmat qiluvchi faol investitsiya siyosatini ishlab chiqish va uni izchil
amalga oshirish iqtisodiy siyosatning eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Hozirda xalqaro iqtisodiyotdagi ko‘p qirrali va murakkab jarayonlarda, ichki va
tashqi bozorlarda, kapital qo‘yilmalari yoki investitsiyalardan samarali foydalanish
muammosi birinchi navbatda hal qilinishi zarur bo‘lgan dolzarb masalalardan biri
sifatida yuzaga chiqmoqda.
Investitsiya siyosati –
bu, investitsiya resurslarini shakllantirish va ularning
kerakli sohalarga yuborilishini ta’minlashga qaratilgan siyosatdir. Bu siyosat
investitsion faollikni oshirishga yoki kamaytirishga qaratiladi. Bu davlatning
struktura (ishlab chiqarish tarkibini o‘zgartirish) siyosati bilan bog‘liq, bu esa ishlab
165
chiqarishning eski sohalarini cheklab, yangi, masalan, eksportga mo‘ljallangan
sohalarini o‘stirishni bildiradi. Investitsiya siyosatiga ko‘ra yangi istiqbolli sohalarga
investitsiya qilingan foydadan umuman soliq olinmaydi yoki qisqartirilgan miqdorda
oshadi. Yangi sohalardagi mol-mulkdan soliq olinmagan holda, eski sohalardagi mol-
mulkdan soliq ko‘proq olinadi. Bu bilan yangi sohalarning jadal o‘sishi
rag‘batlantiriladi, eski sohalar esa rag‘batlantirilmaydi. Investitsiya siyosati texnika
taraqqiyotini ham jadallashtiradi. Yangi texnologiyalarga pulni investitsiyalayotgan
firmalarga subsidiyalar ajratiladi, soliqdan yengilliklar beriladi. Bu siyosat firmalarga
tushadigan investitsiya yukini kamaytirishni ham ko‘zlaydi. Shu maqsadda bir qator
serkapital, binobarin katta investitsiyalarni talab qiluvchi va investitsiyalar o‘zini
tezda oqlamaydigan sohalarni moliyalashtirishni davlat o‘z zimmasiga oladi. Bu bilan
firmalar investitsiyasini serfoyda ishlarga yuborilishiga ko‘mak beriladi. Bozor
qoidalariga binoan investitsiyalarning serfoyda sohalarga yuborilishi davom etadi.
Biroq davlat xususiy investitsiyalarni umumiqtisodiy ahamiyatga molik
sohalarga yuborilishini o‘z qo‘lidagi moliya-kredit vositalari bilan rag‘batlantiradi.
Investitsiya siyosatini amalga oshirishda turli mexanizm va dastaklardan
foydalaniladi. Investitsiya siyosatini amalga oshirish mexanizmlari va dastaklari
deganda huquqiy va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, davlat investitsiya dasturini
qabul qilish, davlat mulkini boshqarish, markazlashgan investitsiyalarni taqsimlash,
kvotalar, tariflar, to‘lovlar va ajratmalarni belgilash, maxsus soliq tartibi, soliq
stavkalari, amortizatsiya qoidalari, imtiyozlar, kafolatlar taqdim etish, investitsiya
siyosatini amalga oshiruvchi davlat organlarini, tadbirkorlik uyushmalarini tashkil
qilish va ularning faoliyati, axborot tizimini tuzish kabi faoliyat yo‘nalishlarini aytib
o‘tish mumkin.
Investitsiya dasturi – bu respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy
rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat
resurslari kabilardan oqilona foydalanish yo‘li bilan respublikaning ayrim tarmoqlari
va mintaqalarini tarkibiy o‘zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik
vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan chora-
tabdirlar kompleksidir.
166
O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturi respublikani ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish prognozlarining tarkibiy qismi hisoblanadi va davlat investitsiya
siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini aks ettiradi. Shu bilan birga, investitsiya dasturi
loyiha-qidiruv ishlaridan boshlab mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
umumdavlat dasturlari bajarilishini ta’minlash uchun obyektni foydalanishga
topshirishgacha bo‘lgan bosqichlarni hisobga olgan holda, investitsiya loyihalarini
amalga oshirish muddatlarini va moliyalashtirish manbalarini hisobga olib, har yili
dasturning asosiy ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan va aniq ro‘yxati yangilangan holda
3 yillik davrga shakllantiriladi.
O‘zbekistonda har yili davlat investitsiya dasturlari qabul qilinadi. Davlat
investitsiya dasturlari hududiy investitsiya dasturlaridan farqli ravishda o‘z ichiga
yirik investitsiya loyihalarini, ijtimoiy ahamiyatga molik yirik obyektlar, strategik
ahamiyatga ega bo‘lgan yirik chet el investitsiyalarini jalb qilishga mo‘ljallangan
loyihalarni qamrab oladi. Davlat investitsiya dasturi o‘z ichiga kapital
qo‘yilmalarining asosiy parametrlari, ijtimoiy soha obyektlarini foydalanishga
topshirish prognozlari, markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlari, yangi ishlab
chiqarishlarni tashkil etish, amaldagilarni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish
bo‘yicha yirik investitsiya loyihalarining yig‘ma ro‘yxati, istiqbolli investitsiya
takliflarining yig‘ma ro‘yxati kabi qismlardan tashkil topadi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini moliyalashtirish manbalari
markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan mablag‘lardan iborat. Markazlashtirilgan
investitsiyalar Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari va
Hukumat kafolati bilan kiritilayotgan xorijiy kreditlar mablag‘lari hisobidan amalga
oshirilmoqda. Markazlashtirilmagan investitsiyalar esa korxona va aholining o‘z
mablag‘lari, bank kreditlari, shu jumladan, chet el banklaridan hukumat kafolatisiz
olingan kreditlar, to‘g‘ridan-tog‘r‘ri chet el investitsiyalari mablag‘lari hisobidan
kiritilmoqda.
Investitsiya dasturini shakllantirishning asosiy
tamoyillari quyidagilar
hisoblanadi:
167
- investitsiya jarayonlarini boshqarish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish,
maqbul shartlarda xorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb etish, shuningdek,
loyihalarni tanlab olish va ularning amalga oshirilishi monitoringini olib borish
asosida ulardan samarali foydalanish mexanizmini yaratish;
- belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoqlarni va faoliyat
sohalarni qo‘llab-quvvatlash;
- ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tarmoqlarni (ta’lim, sog‘liqni saqlash) birinchi
navbatda, moliyalashtirish;
- mineral xom ashyo resurslarini va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur
qayta ishlashni, tayyor mahsulotni tashqi bozorda raqobatdoshlik darajasiga
etkazishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan
investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash;
- transport infratuzilmasini rivojlantirish va takomillashtirish;
- tarkibiy o‘zgarishlar vazifalari va amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatiga
muvofiq mablag‘ qo‘yishning o‘zaro manfaatliligi asosida xorijiy sarmoyalarni jalb
qilish, tomonlarning investitsiya majburiyatlari asosida shartnomalar tuzish
amaliyotini joriy etish;
- investitsiya loyihalarni investitsiya dasturining aniq ro‘yxatiga oldindan
belgilangan mezonlar asosida kiritish;
-
ilgari
boshlangan
obyektlarni
tugallash
uchun
markazlashtirilgan
investitsiyalarni, birinchi navbatda, ajratish.
Loyihalarni tanlab olishda ularning samaradorligi, respublika iqtisodiyoti ayrim
tarmoqlarini va mintaqalarini rivojlantirish ustuvorliklari, mahsulot sotish
ko‘rsatkichlari, shu jumladan, eksportga yo‘naltirilganlik, butlovchi buyumlar va
komponentlar ishlab chiqarishni mahalliylashtiriщda qatnashish va shu kabilar asosiy
mezonlar hisoblanadi. Mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiya
loyihalarini amalga oshirishning ahamiyati benihoya katta. Buning afzalliklariga
quyidagilarni keltirish o‘rinli:
168
-
xorijiy
investitsiyalar
ko‘magida
korxonalarga
zamonaviy
texnika-
texnologiyalar joriy qilib, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish
rivojlanadi;
-
import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, va buning uchun
xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo‘naltirish va pirovardida
aholining turmush darajasini oshirish imkoni yaratiladi;
-
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishini jadallashtirish orqali o‘sib borayotgan aholini ish joylari bilan
ta’minlashga ko‘maklashadi;
Dostları ilə paylaş: |