173
asosida aniqlanadigan mamlakat darajasi aniq bir mamlakatga investitsiya oqimi
hajmlarini aniqlashda doimo qo‘llash mumkin emas.
Investitsiya
muhitini
shakllantirishda
asosiy
rolni
davlat
boshqaruv
organlarining siyosati va harakatlari o‘ynaydi.
Davlat boshqaruv organlari
investitsiya muhitining jug‘rofiy joylashish yoki iste’molchilarning istaklari kabi
ayrim yo‘nalishlarini o‘zgartira olishmaydi. Ammo ular boshqa bir qator omillarga
katta ta’sir ko‘rsatadi. Xarajatlarga, xavflarga va to‘siqlarga nisbatan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ta’sir qilish investitsiya rejimi bilan bog‘liq bo‘lgan siyosat choralaridir.
Shunday qilib, investitsiyalarning uzoq muddatliligi
barqarorlik va xavfsizlik
masalalarining muhimligini ta’kidlaydi, ayniqsa egalik huquqi kafolatlariga nisbatan.
Investitsiyalar uchun muhim ishlab chiqarish omillari bu moliya, infratuzilma va
mehnat resurslaridir.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish davrida O‘zbekiston Respublikasi hukumati
tomonidan qulay investitsiya muhitini yaratish bo‘yicha
maqsadli siyosat olib
bormoqda. Uning asosi quyidagi tamoyillardan iborat va ularga asoslangan holda
respublikada investitsiya faoliyati amalga oshirilmoqda:
-tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish bo‘yicha maqsadli siyosatni
amalga oshirish;
-mamlakat iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapital qo‘yilmalarning keng jalb
qilinishini ta’minlovchi huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va
boshqa sharoitlarni yanada
takomillashtirish;
-respublikaga samarali xorijiy texnologiyalarni olib kiruvchi, milliy xo‘jalikning
zamonaviy tuzilmasini tashkil etishga ko‘maklashuvchi chet el investorlariga
nisbatan ochiq eshiklar siyosatini bosqichma-bosqich olib borish;
-respublika mustaqilligini ta’minlovchi hamda raqobatbardosh mahsulotlarning
ishlab chiqarilishini o‘zlashtirish bilan bog‘liq muhim ustuvor yo‘nalishlarga
mablag‘larni jamlashtirish.