175
chiqarish; aloqa xizmatlarini rivojlantirish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta
ishlash uskunalarini ishlab chiqarishni kengaytirish.
Investitsiya siyosati nafaqat kapital mablag‘larining miqyosini oshirishni,
balki
ularning takror ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilmasini takomillashtirishni,
investitsiyalarni ko‘proq samarador va raqobatbardosh ishlab chiqarishlarga
yo‘naltirishni ko‘zda tutadi. Muhim o‘rin O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan har yili qabul qilinib amalga oshiriladigan Davlat investitsiya
dasturiga ajratilgan. Unda soha ustuvorliklari respublikaning resurs-hom-ashyo
salohiyatiga bog‘langan, iqtisodiyotni qayta tarkibiy tuzish
va modernizatsiyalash
asosida halqaro bozorga integratsiya qilish mumkin bo‘lgan variantlari asoslanadi.
Ushbu dasturda alohida o‘rin chet el investitsiyalari ishtirokidagi, ayniqsa
to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ajratilgan.
O‘zbekiston Respublikasida investitsiyalarni kiritish shakllari bo‘yicha
cheklovlar mavjud emas. O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar har xil
yo‘nalishlar va shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Xususan:
•
O‘zbekiston Respublikasi yuridik va (yoki) jismoniy shaxslari bilan
hamkorlik tashkil etilgan xo‘jalik jamiyatlar, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa
korxonalar ustav jamg‘armalari va boshqa mulklarida o‘z ulushi bilan ishtirok etish;
•
xorijiy investorlarga to‘liq tegishli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari,
banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni tashkil etish va rivojlantirish;
•
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan aksiya va
qimmatli qog‘ozlarni va mulklarni sotib olish;
•
intellektual mulk bo‘lgan huquqga ega bo‘lish,
shu hisobda, mualliflik
huquqlari, ixtirolar, tovar belgilari, foydali modellar,
sanoat namunalari, firma
nomlari va nou-xau, hamda ish obro‘si (gudvil);
•
konsessiyalarni, shu hisobda tabiiy resurlarni qidirish, qazib olish va
ishlatishga konsessiyalarni olish;
•
savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlariga,
turar joylarga u joylashgan
yer uchastklari bilan mulkchilik huquqlarini hamda yer (shu jumladan ijara asosida)
va tabiiy resurlarga egalik va foydalanish huquqlarini olish.
176
Respublikamizda investitsiya jarayonini faollashtirishga
Dostları ilə paylaş: