10.2.
Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishning mohiyati,
shakllari va usullari
Xususiylashtirish – iqtisodiy tushuncha bo‘lib, mulkka egalik huquqini
davlatdan firmalar va alohida shaxslarga berilishi, xususiy sektorga davlat xizmatlari
182
ko‘rsatilishini cheklashni yoki xususiy tashabbuskorlik uchun keng imkoniyatlar
berish
maqsadlarida
davlatning
faoliyat
sohasini
toraytirishni
bildiradi.
Xususiylashtirishda ikki asosiy vazifani hal etishdan iborat:
1.
Mulk o‘zining huquqiy egasini topadi;
2.
Xususiylashtirish ko‘p ukladli iqtisodiyotni va rag‘batlantiruvchi raqobatni,
turli mahsulot ishlab chiqaruvchi muhitni vujudga keltiradi.
Shakllanayotgan xususiy mulk ikki turdan iborat:
1.
Yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlarning, dehqon va
fermerlarning xususiy mulki.
2.
Aksiyadorlar jamiyatlaridagi aksiyalar, uyushmalardan iborat bo‘lgan
koperativ xususiy mulk.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish
xususiylashirishdan tashqari, bu mulk
hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishni ham ko‘zda tutadi.
U bir qator yo‘llar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini hissadorlik
jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish;
mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo‘yicha fuqarolarga bepul
berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat
korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat
mol-mulkini auksionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k.
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo‘lib, ularni 3 guruhga ajratish
mumkin: 1) davlat mulkini bepul bo‘lib berish orqali xususiylashtirish; 2) davlat
mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini bepul bo‘lib berish hamda
sotishni uyg‘unlashtirish orqali xususiylashtirish.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ko‘rsatib o‘tilgan
yo‘llari hamda usullaridan qaysi birini tanlash undan kutilgan maqsadga bog‘liq.
Masalan, Rossiyada davlat mulkini vaucher orqali bepul taqsimlash usuli qo‘llanildi.
Bundan ommaviy xususiylashtirishdan ko‘zlangan maqsad qisqa muddat ichida
cheklar bozorini joriy etish hisobiga mulkdorlarning g‘oyat keng qatlamini vujudga
keltirishdan iborat edi. Agar tadbirkorlikni rag‘batlantirish ko‘zda tutilsa,
xususiylashtirish tanlab olingan ozchilik o‘rtasida o‘tkaziladi. Agar xususiylashtirish
183
chetdan kapitalning kirib kelishiga, yo‘l ochishi zarur bo‘lsa, davlat mulkini xorijiy
tadbirkorlarga berish shaklida amalga oshiriladi. Mulkni davlat tasarrufidan
chiqarishda ayrim usullarga ustuvorlik berish boshqa usullarni qo‘llashni rad
etmaydi, aksincha, ularni ham qo‘llash zarurligini bildiradi. Masalan, korxona
jamoasiga ustunlik berilib, davlat mulkini aksiyalashtirish, bu aksiyalarni sotib
olishda shu jamoadan tashqari kishilar va chet el kapitalining ishtirok etishi ham
bo‘lishi mumkin. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish sharoitga qarab pulli, pulsiz
yoki imtiyozli tarzda o‘tkaziladi. O‘z shakli va usulidan qat'i nazar bu tadbir xilma-xil
mulkchilikni vujudga keltirishni ta'minlaydi, chunki davlat mulki hisobidan nodavlat
mulkining barcha shakllari va turlari rivojlanadi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkchilikning
rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan davlatning monopol hukmronligiga chek
qo‘yib, jamiyatda faollik ко'rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbusaga keng yo‘l va
imkoniyatlar ochib berishdan iborat. Aslida xususiylashtirish iqtisodiyotning davlat
zimmasidan soqit qilish yo‘llaridan biri bo‘lib, davlat mulkini ma'lum darajada
haqiqiy egalari - fuqarolarga berish demakdir. Ko‘pincha xususiylashtirish - bu davlat
mulkini ishlovchilarga berish, deb talqin qilinadi. Aslida mamlakatning barcha
aholisiga davlat mulkini bo‘lib berib bo‘lmaydi, bunda aholining hammasi mulkka
ega bo‘lib, ishlab chiqarishni tashkil etish, uni boshqarish ishlab chiqarish hamda
mahsulotni ayirboshlash kabi mashaqqatli ishlarni o‘z zimmasiga olavermaydi.
Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqansh jarayonida, avvalombor,
xususiylashtirish yo‘li bilan yaxshi iqtisodiy natijalarga erishgan mamlakatlar
tajribasidan to‘laroq foydalanish va ular yo‘l qo‘ygan xatolar takrorlanmasligi
kerakki, bu bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta'minlashi mumkin.
Xususiylashtirishni amalga oshirish uchun davlat mulkini xususiylashtirishning keng
ko‘lami dasturini ishlab chiqarish zarur.
Huquqiy jihatdan xususiylashtirilgan barcha korxonalarga erkin iqtisodiy
xo‘jalik yuritish huquqi berilishi va davlat sektori bilan teng imkoniyatlargа еgа
bo‘lishi kerak. Davlat sektoriga nisbatan bu korxonalarga soliqlarni birmuncha
kamaytirish va ayrimlarini ma'lum muddatga soliqdan ozod qilish zarur.
184
Xususiylashtirish natijasida aholi orasida ijtimoiy jihatdan tabaqalanish yuz
beradi va kishilarning bajargan ishiga qarab oladigan haqi turlicha bo‘lib, aholining
daromadlarida ham tabaqalanish yuz beradi. Kishilar turli sohalarda, masalan,
biznesda turli shakllardagi mulkka еgа bo‘lib, акsiуа sotib olish va korxona mulkida
o‘z hissalarini oshirib borishga harakat qiladilar.
Xususiylashtirish orqali korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, ma'lum
jamoa va shaxslarga sotilgandan keyin faoliyatlarini bozorning shafqatsiz raqobat
qonunlari asosida tashkil etadi. Bozor korxonalarining yashovchanligini va ularni
doimo raqobat kurashida o‘z manfaatlarini himoya qilishga majbur etadi. Mabodo
korxona raqobat kurashiga dosh berolmay sinsa, oldingi davrdagidek davlat
byudjetidan mablag‘ hisobiga uni saqlab qolish hollariga xususiylashtirish orqali
barham beriladi.
Xususiylashtirish mulkning bir shaklidan ikkinchi shakliga o‘tishni aks
ettirmasligi kerak, balki xususiylashtirish oldiga qo‘yilgan vazifa katta bo‘lib, ya'ni
xususiylashtirish orqali avvalo barcha sohani o‘z qaramog‘ida turli uslublar orqali
birlashtirib turgan davlat hukmronligini iqtisoddan ajralish uchun bir qancha
tadbirlarni ishlab chiqish kerak bo‘ladi.
Birinchi Prezidentimiz iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishda quyidagi
ustuvor vazifalar belgilab berdi:
1.
Xususiylashtirishni yanada chuqurlashtirish va amalda mulkdorlar sinfini
shakllantirish.
2.
Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish.
Bu vazifalar Prezidentning 1994-yil 21-yanvardagi: “Iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni
rivojlantirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilab berildi.
2001-2005-yillarda xususiylashtirish jarayonida, ya’ni iqtisodiy islohot xususiy
mulk
davlat
tasarrufidan
chiqarilib
xususiylashtirilganida
ular
yanada
chuqurlashtirildi, davlat aralashuvi cheklab borildi. Chet el sarmoyalari jalb qilindi.
2005
– 2010-yillarda iqtisodiyot, xususiy mulkni deversifikatsiyalash,
modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni lokalizatsiyalash masalalari kiritildi.
185
O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga
yondashuvning muhim xususiyati – uni dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga
oshirishdan iborat. 1992-1993-yillar xususiylashtirishning
Dostları ilə paylaş: |