O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

birichi bosqichini
 
o‘z 
ichiga olib, bu bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, 
mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi. Yengil, mahalliy sanoatga, 
transport va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o‘rta va yirik korxonalar 
keyinchalik sotib olinish huquqi bilan ko‘proq ijra korxonalariga, jamoa 
korxonalariga, yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirildi. Aksiyalarning 
nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi. 
Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat xalq xo‘jaligining iqtisodiy 
jihatdan samarasiz bo‘lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim 
rol o‘ynaydigan ayrim sektotlarini, ayrim korxonalarni saqlab turishni va mablag‘ 
bilan ta'minlash vazifalarini o‘z zimmasiga oldi. 
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik 
xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning 
boshqa shakllariga aylantirish uchun kerak bo‘lgan muassasalar tizimi vujudga 
keltirildi. 
Savdo, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiy 
va jamoa mulki qilib berildi. Natijada 1997-yilda savdo-sotiq hajmi va umumiy 
ovqatlanish yalpi mahsulotining 95 foizdan ortiqrog‘i davlatga qarashli bo‘lmagan 
sektorga to‘g‘ri keldi. Uy-joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida 
bo‘lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan 
ortiqrog‘i fuqarolarning xususiy mulki bo‘lib qoldi. 
Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan 
ikkinchi bosqich
 
1994-1995-
yillarga to‘g‘ri keldi. Bu bosqichda ko‘plab o‘rta va yirik korxonalar hissadorlik 
jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning aksiyalari respublika qimmatbaho qog‘ozlar 
bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki hissadorlikka aylantirilishi bilan bir 
qatorda kichik xususiy biznes korxonalari qizg‘in tashkil qilindi. 


186 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning va xususiylashtirishning bu bosqichda 
ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov 
asosida hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko‘chmas mulk 
va qimmatli qog‘ozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi. 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara 
ikki yoqlama tavsifga еgа. Bir tomondan, u aholining bo‘sh turgan mablag‘larini 
o‘ziga jalb qilib, ularning bozorga taziqini pasaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi 
mablag‘larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida 
raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu yerda shuni ta'kidlash lozimki, 
xususiylashtirish 
iqtisodiyotning 
davlatga 
qarashli 
bo‘lmagan 
sektorini 
shakllantirishning yagona yo‘li emas. Tashabbuskorlik asosida yakka tartibdagi 
xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil kooperativlar, shirkatlar, 
ma'suliyati cheklangan jamiyatlar ko‘rinishidagi kichik va o‘rta korxonalarni tashkil 
qilish - ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi. 
Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirishning 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin