O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

 
 
 


188 
10.3. Monopoliyaga qarshi siyosat va monopoliyaga qarshi qonunlarning 
umumiy xususiyatlari 
Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga qarshi 
qonunchilik tashkil etib, u turli mamlakatlarda turli darajada rivojlangan bo‘ladi. 
Odatda AQShdagi monopoliyaga qarshi qonunchilik nisbatan ilgariroq va 
mukammalroq ishlab chiqilgan, deb hisoblanadi. U quyidagi uchta qonunchilik 
hujjatlariga asoslanadi:
1. Sherman qonuni (1890-yilda qabul qilingan). Bu qonun savdoni yashirin 
monopollashtirish, u yoki bu tarmoqdagi yakka nazoratni qo‘lga olish, narxlar 
bo‘yicha kelishuvlarni ta’qiqlaydi. 
2. Kleyton qonuni (1914-yilda qabul qilingan). Bu qonun mahsulot sotish 
sohasidagi cheklovchi faoliyatlarni, narx bo‘yicha kamsitish, ma’lum ko‘rinishdagi 
birlashib ketishlar, o‘zaro bog‘lanib ketuvchi direktoratlar va boshqalarni ta’qiqlaydi. 
3. Robinson-Petmen qonuni (1936-yilda qabul qilingan). Bu qonun savdo 
sohasidagi cheklovchi faoliyatlar, “narxlar qaychisi”, narx bo‘yicha kamsitishlar va 
boshqalarni ta’qiqlaydi. 
1950-yilda Kleyton qonuniga Seller-Kefover tuzatishi kiritildi. Unda noqonuniy 
birlashib ketishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlarni sotib olish orqali 
birlashib ketish taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni yirik firmalarning gorizontal 
ravishdagi birlashib ketishlariga to‘siq qo‘ygan bo‘lsa, Seller-Kefover tuzatishi 
vertikal ravishdagi birlashib ketishlarga cheklov kiritdi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ham uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, 
kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo‘lib, ular ko‘pincha 
tarmoq vazirliklari mavqe va vazifalariga ega bo‘ladilar. Mahsulot va xom 
ashyolarning alohida turlarini limit va fond ko‘rinishida taqsimlashning eskicha 
tizimi, shuningdek, biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya, sertifikatlar 
berish, kelishish kabi mavjud ma’muriy to‘siqlar monopolistik tendensiyalarga 
ko‘proq imkon yaratadi. 
Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun 
quyidagilar bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etildi: 


189 
a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon bo‘lishini 
maksimal darajada bartaraf etish; 
b) bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi o‘z 
ustunlik mavqelarini suiste’mol qilish imkoniyatlarining oldini olish.
39
Shunday qilib, O‘zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning 
asosiy yo‘li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli 
xo‘jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo 
etuvchi bozor tizimiga o‘tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini 
shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishini 
taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas’uliyat 
asosida o‘z manfaatiga ega bo‘lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi 
erkin xo‘jalik subyektlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir. 
Shu maqsadda O‘zbekistonda “Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida”gi 
qonun (1992-yilda qabul qilingan, 2013-yil o‘z kuchini yo‘qotgan) kuchga kiritildi 
hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum me’yoriy 
hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko‘ra, bozorda ataylab taqchillik hosil 
qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga 
to‘sqinlik qilish, raqobatning g‘irrom usullarini qo‘llash man etiladi. Qonunni 
buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararni qoplashlari, jarima to‘lashlari, g‘irromlik 
bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart. 
Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun 1992-yilda 
O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligining Monopoliyaga qarshi 
va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil etildi. Boshqarmaga ro‘yxatga 
kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo‘yicha narxlarni va 
rentabillikni tartibga solib turish huquqi berildi. 1996-yilda ushbu boshqarma 
negizida Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni 
rivojlantirish qo‘mitasi tashkil qilindi. 2000-yilda Respublika Prezidentining 
“O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni riojlantirish davlat 
39
Шадыбаев Т. и др. Особенности антимонопольной политики в Узбекистане: общие принципы и правовая 
база. - Экономическое обозрение, №2, 2004, с.5. 


190 
qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan monopoliyaga qarshi organ 
Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi va mustaqil davlat qo‘mitasiga aylantirildi. 
Keyinchalik 
mazkur 
qo‘mitaning 
faoliyatini 
yanada 
takomillashtirish 
va 
samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-
yil 30-apreldagi Farmoniga binoan u Monopoliyadan chiqarish, raqobatni va 
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasiga aylantirildi. Keyinchalik, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil noyabrdagi Farmoniga binoan u 
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va 
raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga aylantirildi. 2019 yilda Qo‘mita bozor 
iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib 3 ta mustaqil tuzilmaga ajratib yuborildi. 
Raqobat
 
– bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat 
bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq nafga ega bo‘lish uchun kurashni 
anglatadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida sarflangan xarajatlarning har bir 
birligi evaziga ko‘proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shuning orqasidan 
quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya’ni qulay bozorlar, arzon xom ashyo va 
arzon ish kuchi manbalari uchun ular orasida kurash boradi.
Raqobat to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 2012-yil 6-yanvardan 
boshlab kuchga kirdi. Bu qonunda raqobat quyidagicha ta’riflangan. Raqobat–
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi bo‘lib, bunda 
ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya bozoridagi tovar 
muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda ta’sir ko‘rsatish 
imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi. Ushbu qonunning maqsadi tovar va moliya 
bozorlaridagi raqobat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lib, 
hozirgi vaqtda mulk turi har-xil bo‘lgan, lekin ishlab chiqarayotgan mahsuloti bir xil 
bo‘lgan korxonalar (firmalar) o‘rtasidagi musobaqani qonuniylashtirish va insofsiz 
raqobatni cheklashdan iborat.
Raqobat to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi munosabati bilan quyidagilar 
o‘z kuchini yo‘qotdi: 
1) O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Tovar 
bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni; 


191 
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 27-dekabrda qabul 
qilingan “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish tartibi 
haqida”gi 356-I-sonli Qarori. 
Raqobat to‘g‘risidagi qonun xo‘jalik yurituvchi subyektlar, jismoniy shaxslar, 
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining O‘zbekiston 
Respublikasi hududida va (yoki) undan tashqarida sodir etiladigan, O‘zbekiston 
Respublikasidagi tovar va moliya bozorlarida raqobatning cheklanishiga olib 
keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlariga nisbatan tatbiq etiladi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin