194
2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish;
3) davlat mulkini bepul bo‘lib berish hamda sotishni uyg‘unlashtirish orqali
xususiylashtirish;
4) “nol” qiymat bo‘yicha sotish nima.
Nazorat va muhokama uchun savollar:
1.
Davlatning monopoliyaga qarshi aralashishining obyektiv zaruriyati qanday?
2.
Ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi va monopoliyalar tashkil
topishining ijobiy jihatlari nimada?
3.
Monopoliyaga qarshi qonunlarning umumiy xususiyatlari nimalar?
4.
Monopoliyaga qarshi siyosatning zamonaviy o‘ziga xos xususiyati,
uning
asosiy yo‘nalishlari va vazifalari nimalardan iborat?
5.
Kichik biznesning afzalligi nimada?
195
11-BOB. DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI
11.1.
Davlat ijtimoiy siyosatining mohiyati, xususiyatlari va
yo‘nalishlari
O‘zbekistonda mustaqillik e’lon qilingandan so‘ng aholi turmush darajasini
yuqori daraja ta’minlash, inson manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va uni har
tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar
yaratish maqsadida ijtimoiy
yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga ega kuchli
demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish maqsadida keng
qamrovli islohotlar amalga oshirila boshlandi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish
uchun hamda jamiyatning
ijtimoiy barqarorligi, iqtisodiy rivojlanishi, tinchligi
hamda ta’minoti inson sog‘lom va farovon hayot kechirishi uchun davlat kuchli
ijtimoiy siyosat olib borishi zarur.
Bizning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘limiz respublikaning o‘ziga xos turmush
shart-sharoitlari
va xususiyatlarini, xalq an’analari va urf-odatlarini har tomonlama
hisobga olishga asoslangan. Ayni paytda, bizning yo‘l-jahon amaliyotida to‘plangan,
iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlar orttirgan ijobiy tajribalarni ham hisobga oladi.
O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li
- respublika va
uning xalqi manfaatlariga mos keladigan, ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor
iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan iqtisodiyotdir. Bozor munosabatlariga o‘tish
insonning ijodiy va mehnat salohiyatini
namoyon qilishdagi, boqimandalik xissini
bartaraf etishga, yo‘qolib ketgan egallik tuyg‘usini qayta tiklashga imkon beradi.
Faqat bozorgina mahsulot ishlab chiqaruvchining hukmini bartaraf etib,
respublikaning g‘oyat katta boyliklaridan samarali foydalanishni ta’minlay oladi.
Ijtimoiy soha o‘z ishiga quyidagilarni qamrab oladi:
Maorif, madaniyat va san’at;
sog‘liqni saqlash;
ijtimoiy ta’minot;
uy-joy kommunal xo‘jaligi;
aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish;
196
chakana savdo va umumiy ovqatlanish;
jismoniy tarbiya, sport va boshqalar.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish birinchi navbatda hayotimizda, iqtisodiyotimizda
barqarorlikka erishish bilan chambarchas bog‘langan.
Shuning uchun ham
iqtisodiyotimizning moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish iqtisodiy islohotlarimizni
amalga oshirishning muhim shartidir. Iqtisodiyot barqaror rivojlangandagina bozor
munosabatlariga muvaffaqiyatli o‘tishi mumkin. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish –
bozorni shakllantirish yo‘lidagi qonuniy va muqarrar bosqichdir. Biz iqtisodiyotni
barqarorlashtira borib, bozor munosabatlarini normal rivojlantirish uchun shart-
sharoitlarni vujudga keltiramiz. Islohotlar barqarorlikning g‘oyat
muhim sharti
bo‘lmish - aholini ijtimoiy himoya qilish, haqiqatdan ham asosiy, uzluksiz, ustuvor
yo‘nalish hisoblanadi. Bozor islohotlarining hamma
bosqichlarida oldindan
o‘tkaziladigan kuchli ijtimoiy siyosat O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot
yo‘lining etakchi prinsiplaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: