12.2.
Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot va uning mazmuni
Innovatsion iqtisodiyot- bu bilimlarga asoslangan iqtisodiyotdir. Iqtisodiyotni
bilimlarga asoslanishi universitetlarda texnika va texnologiyalar sohasida
mutaxassislar tayyorlashga asosiy e’tibor qaratilishini talab etadi. Shu maqsadda
mamlakatimizda yosh mutaxassislarni tayyorlash uchun qulay sharoitlar yaratish
45
Макаров, В. Контуры экономики знаний / В. Макаров // Экономист. 2003. № 3.14.
216
maqsadida ilmiy muassasalar moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash
bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har tomonlama rivojlangan innovatsion
tizimga ega mamlakatlardagina innovatsion jarayonlari samarali amalga oshirilib,
innovatsion mahsulotlar tijoratlashtirilmoqda. Misol tariqasida olib qarasak, Yevropa
patent idorasi tomonidan berilgan barcha xalqaro patentlarning 85 foizini universitetlar
va firmalar hamkorligida amalga oshirilgan patentlar tashkil etadi. Bu esa
universitetlar va firmalar hamkorligini innovatsion rivojlanishdagi ahamiyatini
oshiradi. Bu jarayonda davlatning ishtiroki, iqtisodiyotning real sektori faoliyatining
qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyatga egadir.
XX asr oxirlariga kelib jahon iqtisodiyotining rivojlanishi sifat jihatdan yangi
bosqichga o‘ta boshlandi. Xozirgi kunda mamlakatlarning xalqaro maydondagi va
dunyo iqtisodiyotidagi o‘rni va raqobatbardoshligi uning tabiiy boyliklari, moliyaviy
mablag‘larining hajmi yoki qurolli kuchlarinng qudrati bilangina emas, balki, undagi
intellektual salohiyat, yangi bilimlarni yaratish va ulardan samarali foydalanish
imkoniyati va qobiliyati bilan belgilanmoqda. Bugungi kunda bilimlar iqtisodiy
o‘sishning asosiy omili, xalq faravonligi va mamlakat taraqqiyotini ta’minlaydigan
muhim dastakka aylandi. Buni yalpi mahsuloti o‘sishining 90 foizini ilmiy-texnik
taraqqiyot belgilab berayotgan rivojlangan mamlakatlar tajribasi tasdiqlaydi.
46
Agrar yoki industrial iqtisodiyotda tovarlarning ayirboshlanishi natijasida ushbu
tovarlarning mamlakatdan butunlay chiqib ketishi ro‘y bergan bo‘lsa, jamiyat
taraqqiyotining yangi bosqichining asosiy tovari bo‘lgan bilim va uning natijalarining
sotilishiga bunday xususiyat xos emas. Tabiiy boyliklar cheklangan bo‘lsa,
bilimlarning asosi bo‘lgan inson qobiliyatlari cheksizdir. Shu o‘rinda Tomas
Djeffersonning quyidagi so‘zlarini eslash o‘rindir: “Meni nochorlashtirmay
fikrlarimni olib foydalangan inson, xuddi meni qorong‘ulikka duchor etmay
chirog‘imning yorug‘ligidan foydalangan inson kabidir”
47
. Ya’ni, bilim va uning
46
Глазьев
С.Ю.
Как
построить
новую
экономику.
//
Эксперт.
21
февраля
2012.
http://www.glazev.ru/econom_polit/294/
47
Макаров В.Л. Экономика знаний: уроки для России //Наука и жизнь, 2003. №5.
217
natijalarining ayirboshlanishi uning kamayishiga emas, balki undan ham ziyoda
bo‘lishiga olib keladi
48
.
Innovatsion rivojlanish konsepsiyasi Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish
tashkiloti (OECD), Jahon banki va boshqa qator xalqaro tashkilotlarning tashabussiga
ko‘ra keng rivojlanmoqda. Mazkur xalqaro institutlarning tashabbusi bilan keyingi
yillarda bir qator katta tadqiqotlar amalga oshirildiki, ular milliy iqtisodiyotni
an’anaviy industrial iqtisodiyotdan bilimga, ilmga asoslangan postindustrial
iqtisodiyotga transformatsiya jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.
XX asr oxirlarida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga (OECD) a’zo
mamlakatlar YaIMning 50 foizdan ortig‘i bilimlarga asoslangan tarmoqlarda
yaratilgan. Ilmiy tadqiqot va ishlanmalarga o‘rtacha xarajatlar YaIMning 2,5 foiziga,
ta’lim xarajatlari davlat xarajatlarining 12 foiziga, “o‘qish va ishlash” dual tizimi
mavjud bo‘lgan Germaniya va Avstriya kabi davlatlarda “ish joyida ta’lim olish” (on
the job training)ga xarajatlar YaIMning 2,5 foizgacha yetgan. 1980-yillarning
o‘rtalaridan boshlab kompyuter va dasturiy ta’minotlarning sotib olinishi yiliga
12foiz ga oshib borish sur’atida ro‘y berdi. OECD ga a’zo mamlakatlarda yuqori
malakali kadrlarga talab oshmoqda. O‘rta ma’lumotlilar orasida ishsizlik 10,5 foizni
tashkil etgan bo‘lsa, oliy ma’lumotlilar orasida 3,8 foiz ni tashkil etgan. Yuqori
texnologiyalar, ilm talab etuvchi tarmoqlarda bandlik oshib bormoqda
49
.
Bilimlar iqtisodiyoti ta’lim tizimi, fanlar, patent sistemasini, kompyuter
programmalarini ishlab chiqarish sohasi, NIOKR (Научно исследователские опытно
– конструкторские разработки) va bilim ishlab chiqarish bilan bog‘lik boshqa
tarmoqlarni qamrab oladi.
Bu
shunday
iqtisodiyotki,
unda
intellektual
salohiyat,
ishchi
va
xizmatchilarning kreativ imkoniyatlari, bilimlari, tovar yaratishdan tortib uni ishlab
chiqaruvchidan iste’molchiga yetib borgungacha bo‘lgan barcha bosqichlaridagi
innovatsiyalar korxona strategik rivojlanishining asosiy resursi bo‘lib xizmat qiladi.
48
Akramova Sh. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda oliy ta`limning o`rni. Население Узбекистана: состояние,
проблемы и перспективы: Монорафия/ Под.ред. академика Р, Убайдуллаевой. - Т.: 2012. С.207
49
The Knowledge Based on Economy. Organization For Economic Cooperation and Development, Paris. 1996. – P. 9-
10.
218
Oxirgi yillarda jahon iqtisodiy adabiyotida keng tarqalgan "bilimlarga
asoslangan iqtisodiyot" yoki intellektual iqtisodiyot tushunchasi shu narsani
anglatadiki, ilmiy bilimlar hamda ishchi va xizmatchilarning maxsus ko‘nikma va
bilimlari moddiy
va nomoddiy ishlab chiqarishning, barqaror iqtisodiy
rivojlanishning asosiy manbai va xal qiluvchi omiliga aylanmoqda.
“Bilimlar iqtisodiyoti” atamasi ilk bor, milliy iqtisodiyotning bilimlar
yaratiladigan, qayta ishlanadigan va tarqatiladigan tarmog‘i sifatida 1962-yilda
F.Maxlup tomonidan “AQShda bilimlarning ishlab chiqarilishi va tarqatilishi”
kitobida muomalaga kiritilgan
50
. P.Druker tomonidan esa ushbu atama iqtisodiy
rivojlanishning asosiy omili sifatida bilimlar yuzaga chiqadigan iqtisodiyot turi
sifatida keng ommaga yoyilgan. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining
(OECD) ta’rifiga ko‘ra “bilimlar iqtisodiyoti” bu bilim va axborotlarning ishlab
chiqarilishi, tarqatilishi va foydalanilishiga asoslangan iqtisodiyotdir
51
. Boshqa bir
manbada keltirilgan ta’rifga ko‘ra esa “bilimlar iqtisodiyoti” postindustrial va
innovatsion iqtisodiyot rivojlanishining yuqori bosqichi bo‘lib, bilimlar jamiyati yoki
informatsion jamiyatning asosidir
52
. Inson kapitali va bilim iqtisodiy taraqqiyotning
asosiy omillaridir. Iqtisodiyotning ushbu turining rivojlanish jarayoni inson
kapitalining sifatini oshirish, turmush sifatini oshirish, yuqori texnologik bilimlar,
innovatsiya va yuqori sifatli xizmatlarni ishlab chiqarishdan iboratdir. Rus akademigi
Ya.B. Danilevichning fikricha “bilimlar iqtisodiyoti” da “innovatsion iqtisodiyot”dan
farqli ravishda, innovatsiyalar emas, balki, bilim asosiy ayirboshlash obyektiga, ya’ni
tovarga aylanadi
53
. Yana bir ta’rifga ko‘ra “bilimlar iqtisodiyoti” bu o‘zining o‘sishi
va raqobatbardoshligini ta’minlash uchun bilimlarni yaratadigan, tarqatadigan va
ulardan foydalanadigan iqtisodiyot bo‘lib, unda bilimlar iqtisodiyotning barcha
tarmoqlarini va iqtisodiy munosabatlarning barcha qatnashchilarini boyitadi
54
.
Bugungi kunda “bilimlar iqtisodiyoti”ni atamasi juda ommalashib bormoqda.
50
Akramova Sh. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda oliy ta`limning o`rni. Население Узбекистана: состояние,
проблемы и перспективы: Монорафия/ Под.ред. академика Р, Убайдуллаевой. - Т.: 2012. С.207
51
The Knowledge Based on Economy. Organization for Economic Cooperation and Development, Paris.1996. – P. 7
52
http://ru.wikipedia.org/
53
Данилевич Я. Б., Коваленко С.А. Имидж ученого: современные PR-технологии в экономикезнаний // Вестник
Российской академии наук. –2005, № 1. – С. 32.
54
Стюарт, Т. Кузьмин, Е. И. ЮНЕСКО и общества знаний для всех / Е. И. Кузьмин, В.Р.Фирсов // Российский
комитет программы ЮНЕСКО -
http://www.ifapcom.ru/
219
Mutaxassislarning
ta’kidlashicha,
bu
sohada
ko‘pgina
izlanishlar
olib
borilayotganligiga qaramasdan “bilimlar iqtisodiyoti” tushunchasining mohiyati,
uning o‘ziga xos xususiyatlari, asosiy elementlari va boshqa jihatlari aniqlik talab
etadi
55
. Tadqiqotchi Sh. Akramova “bilimlar iqtisodiyoti”ga “kuchli ijtimoiy
xususiyatga ega bo‘lgan va asosiy rivojlanishi bilimlarning yaratilishi, tarqatilishi va
foydalanilishi ta’sirida amalga oshadigan iqtisodiyot sifatida qarash mumkin”
56
,
degan fikrni bildiradi.
“Yangilik kiritish” va “innovatsiya” tushunchalari bilan “tadqiqot”, “ixtiro” va
“kashfiyot” tushunchalari chambarchas bog‘liqdir. Ilgari ma’lum bo‘lmagan
ma’lumotlar olish yoki ilgari ma’lum bo‘lmagan tabiat hodisalarini yoki insoniyat
muhitini kuzatish jarayoni tadqiqot deb ataladi.
Ixtiro bu – yangi uskuna, mexanizm, vosita, texnologiya, usul va inson
tomonidan yaratilgan boshqalarda o‘z aksini topadigan tadqiqot natijasidir.
Kashfiyot bu – tadqiqotlarning, ehtimol, qo‘shimcha natijasi hisoblanadi.
Kashfiyotlar va ixtirolar qoidaga ko‘ra, fundamental darajada yuzaga keladi va
kamdan-kam hollarda yakka shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Ular tasodifan
ro‘y berishi va foyda olish maqsadini ko‘zlamasligi ham mumkin.
Yangilik ishlab chiqarish va boshqaruv tizimiga joriy qilinganidan so‘ng bozorda
iste’mol qilinadigan yangi mahsulotga aylanadi va uni sotishdan iqtisodiy, ijtimoiy
yoki boshqa turdagi samara olinadi, - u yangi toifaga – innovatsiyalarga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: |