11.3.
O‘zbekistonda aholini ish bilan ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini
yaratishning asosiy yo‘nalishlari
Rivojlanishning o‘ziga xos va mos yo‘lini tanlagan O‘zbekiston Respublikasi
xalqining milliy mentaliteti, qadriyatlari va an’analarini hisobga olgan holda,
iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor
iqtisodiyotini rivojlantirish, huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish
yo‘lini belgilab oldi. Bunda asosiy ustuvor vazifa iqtisodiyotni modernizatsiyalash va
yanada erkinlashtirish va iqtisodiyotning turli sohalarini yanada rivojlantirishdan
iborat bo‘ldi. Xususan, bozor islohotlari sharoitida mehnat resurslarining ish bilan
bandligini ta’minlash muammolari dolzarb tus oldi. Chunki mehnat resurslaridan
samarali foydalanish orqaligina ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish va aholi
7
Abdurahmonov Q.X. va boshqalar. “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” T.: O`qituvchi 2010 yil, 190b
205
farovonligini ta’minlash mumkin. Ishlashni xohlovchilarning hammasini ish bilan
ta’minlabgina qolmasdan, eng maqbul, ijtimoiy yo‘naltirilgan ish bilan bandlikni
vujudga keltirish uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida mukammal mehnat
bozorini shakllantirish, ishga joylashishga muhtoj bo‘lgan shaxslarni to‘la hisobga
olish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda aholining 60 foizga yaqinini mehnat resurslari tashkil etadi.
Mehnat resurslari jismoniy va aqliy qobiliyatga ega bo‘lib, mehnat jarayonida
moddiy ne’matlar va xizmatlarni yaratadilar. Mehnat resurslari tarkibiga kiritilgan
ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmayotgan nofaol aholi esa mehnat zaxiralarini
tashkil etadi. Chunki vaqti kelib ular ham iqtisodiy faol aholi tarkibiga qo‘shilishlari
mumkin.
Ko‘pchilik MDH davlatlarida yaqin vaqtlargacha, Mehnat vazirligi tomonidan
hududiy bandlik xizmati organlari faoliyatining samarali yoki samarasiz ekanligi
quyidagi ikkita ko‘rsatkich bilan baholanib kelingan:
birinchisi – ishchi kuchi resurslarini ish bilan ta’minlash jamg‘armasiga
yig‘ilgan sug‘urta ajratmalari va bu mablag‘larning ishsizlarga nafaqa to‘lovlari
uchun yetarliligi;
ikkinchisi – ishsizlik darajasi bandlikka ko‘maklashuvchi organlar ro‘yxatidan
o‘tgan jami ishsizlar sonining jami iqtisodiy faol ishchi kuchiga nisbati. Bu
ko‘rsatkichlar va natijalar mehnat birjalari faoliyatining samarali yoki samarasiz
ekanligini hisoblash uchun yetarli hisoblanadi.
Aholi bandligini ta’minlash va mehnat resurslarini rivojlantirish bo‘yicha deyarli
barcha mamlakatlar shug‘ullanadi va bu ishni amalga oshirishlari uchun, mehnat
bozori bo‘yicha dasturlarni moliyalashtirish uchun davlat tomonidan ajratiladigan
barcha mablag‘larning 30- 40 foiz hisobida mablag‘ ajratish turli darajada chora-
tadbirlarni qo‘llash yo‘li bilan ishsizlik darajasini kamaytirib, bandlik darajasining
yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishini ta’minlaydi.
Qabul qilingan vazifalarni amalga oshirish uchun O‘zbekistonda 1992-yil 31-
yanvarda “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida” Qonun qabul qilingan bo‘lib,
unga 1993-1995-yillar davomida qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan edi.
206
1996-1998-yillarda qabul qilingan Mehnat kodeksi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Fermer
xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi hamda “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi”ga muvofiqlashtirish maqsadida 1998-yil 1-mayda ushbu Qonun yangi
tahrirda qabul qilingan.
Bugungi kunda O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida ishchi kuchi
ortiqchaligi mavjud va ishchi kuchi bozorida taklif talabdan yuqoridir. Shu bois
ishlashni xohlovchilarning mehnat bozorida erkin harakat qilishlari va mustaqil ish
bilan ta’minlanishlari uchun davlat fuqarolarga bir qancha kafolatlarni nazarda tutadi.
Ya’ni davlat:
- ish bilan ta’minlash turini, shu jumladan, turli mehnat rejimidagi ishni tanlash
erkinligini;
- ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan va mehnat
shartnomasini g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilishdan himoyalanish;
- maqbul ishni tanlash va ishga joylashishga bepul yordam berish;
- har kimga kasbga va ishga ega bo‘lishda, mehnat qilish va ish bilan
ta’minlanish shart-sharoitlari, mehnatga haq to‘lash, xizmat pog‘onasidan yuqorilab
borishda teng imkoniyatlar yaratish;
- yangi kasbga (mutaxassislikka) bepul o‘qitish, mahalliy mehnat organlari yoki
ularning yo‘llanmasi bilan boshqa o‘quv yurtlarida stipendiya to‘lab malakasini
oshirish;
- boshqa joydagi ishga qabul qilinganda sarf qilingan moddiy xarajatlar uchun
qonun hujjatlariga muvofiq kompensatsiya to‘lash;
- haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish uchun muddatli mehnat
shartnomalari tuzish imkoniyatini kafolatlaydi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda mehnat bozorini boshqarishda bir qator
yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, ular aholi bandligi davlat xizmatiga taalluqlidir. Bu
xizmatning asosiy vazifasi mehnat bozori haqidagi axborotni tarqatish hisobiga
mehnat bozorining faoliyat ko‘rsatish samaradorligini oshirishdan iborat.
207
O‘zbekiston Respublikasi mehnat bozorida aholini ish bilan ta’minlashni
yanada yaxshilash va uning farovonligini oshirishning eng muhim ustuvor
yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik;
servis va xizmat ko‘rsatish;
kasanachilik sohalarini qo‘llab-quvvatlash;
shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorvachilik mahsulotlari
yetishtirish va sotish bilan band bo‘lgan shaxslarning mehnat faoliyatini
rivojlantirishni rag‘batlantirish.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash
to‘g‘risida”gi qonunining 17-moddasiga muvofiq joylarda hokimliklarning asosiy
vazifalari quyidagilardan iboratdir:
-
aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy
yo‘nalishlarini amalga oshirish;
-
ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash hududiy dasturlarini
ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
-
kasanachilik, hunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish;
-
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muasasalarining va oliy o‘quv yurtlarining
bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash;
-
ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni (Qonunning 7-moddasida belgilangan)
ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash va ayrim
turdagi ishlarni (kasblarni) ehtiyot tariqasida saqlab turish;
-
mehnat bozoridagi ahvol barkarorlashuviga ko‘maklashuvchi chora-
tadbiralarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Aholining bandlik darajasi mehnat resurslarining sifati va miqdori belgilari
bo‘yicha aholi mehnatga layoqatli yoshdagi qismining shakllanishi, uning iqtisodiyot
sohalari va tarmoqlarida taqsimlanish xususiyatlari orqali aniqlanadi.
Mehnat resurslarining sifatini ifodalovchi belgilar quyidagilardan iborat:
-mehnatga layoqatli yoshdagi aholining salomatligi;
- mehnatga layoqatli yoshdagi aholining yosh- jinsiy tarkibi;
208
- mehnatga layoqatli yoshdagi aholining migratsion faolligi;
-mehnatga
layoqatli
yoshdagi
aholining,
ijtimoiy
guruhlar
bo‘yicha
taqsimlanishi unda bozor iqtisodiyoti bilan bog‘langan so‘nggi o‘zgarishlar;
Mehnat resurslarining miqdor belgilari bo‘yicha mamlakatimizda muammo
yo‘q. Uning yaqin kelajakda paydo bo‘lishi ehtimoli haqiqatdan uzoq. Mamlakatimiz
uchun shu kundagi asosiy dolzarb muammo bu mehnat resurslarining sifatini
yaxshilashdir. Mehnatga layoqatli aholi tez sur’atlar bilan o‘sishda davom etmoqda.
2020-yilda mehnat resurslarining soni 16 mln. kishini, 2025-yilda esa 18 mln. kishini
tashkil etadi. Respublikamiz aholisining asosiy qismi qishloqlarda istiqomat qilishini
hisobga olib, ko‘proq e’tiborni qishloq mehnat resurslarini ish bilan ta’minlashga
qaratish lozim. Qishloq mehnat resurslaridan samarali foydalanishni yaxshilash
uchun quyidagi dolzarb muammolarga e’tiborni qaratish lozim, deb hisoblaymiz:
-
qishloqdagi mehnat resurslarini boshqa tarmoqlarga, birinchi navbatda, sanoatga
va xizmat ko‘rsatish sohalariga yo‘naltirish;
-
qishloq joylarda ayollar mehnatini ko‘p talab qiluvchi va mahalliy xomashyo
asosida ishlovchi sanoat tarmoqlarini barpo etish, ekport mahsulotlar ishlab
chiqarishni yanada oshirish sanoatning yangi ilg‘or tarmoqlarini barpo etish;
-
xizmat ko‘satish sohalarining sifatini yanada yaxshilash va yangi tarmoqlarini
yaratish;
-
zamonaviy sanoat tarmoqlari uchun malakali mehnat resurslarini chet ellarda
tayyorlashga e’tibor berish, malakasini oshirish, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqalar.
Aholi bandligini ta’minlash, avvalo, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari
bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha zarur sharoitlar yaratish ijtimoiy
siyosatimizning eng muhim ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi.
Dostları ilə paylaş: |