215
Milliy va xalqaro statistik tajribada fundamental va amaliy tadqiqotlar sohasida
resurslarning rivojlanishi, ilmiy, muhandislik, tadqiqotchi va menejer kadrlarni
tayyorlash tizimining rivojlanish darajasi, tadbirkorlik subyektlarini axborot va
texnologik jihatdan ta’minlanishi, sohaning investitsiya sig‘imi, ommaviy
innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash ko‘lami, moliyalashtirish tizimining
rivojlanganligi kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi V. Makarov, innovatsion rivojlanish
tushunchasini bilimga asoslangan iqtisodiyot tushunchasi bilan o‘xshash ekanligini
ta’kidlab, bilimni texnologik moddiyatga aylanishi holatini hal qiluvchi ahamiyatga
ega ekanligini, bilimlarni ishlab chiqarish esa iqtisodiy o‘sishning asosiy manbasi
ekanligini qayd etadi.
45
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 15-iyuldagi “Innovatsion
loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishni rag‘batlantirishning
qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 916-sonli qarorini amalga oshirish
O‘zbekistonda innovatsion texnologiyalarni xalq xo‘jaligiga tatbiq etish va hozirgi
zamon modeliga o‘tish uchun hamma sharoitlarga ega. Qarorni amalga oshirish
uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, shuningdek,
boshqa idora va innovatsiya markazlarining ilmiy tadqiqot, ta’lim, tajriba-
konstruktorlik tashkilotlari tomonidan Davlat ilmiy texnika dasturlari doirasida ishlab
chiqarilgan yangi texnologiya, usul, ishlanma va innovatsiya g‘oyalari namoyish
etildi.
Dostları ilə paylaş: