O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

 
12.1.
 
Ilmiy-texnika taraqqiyoti va innovatsiyalarning iqtisodiy 
rivojlanishga ta’siri 
Innovatsion rivojlanishning mohiyati va mazmunini o‘rganishdan oldin 
“innovatsiya” iborasi to‘g‘risida tasavvur hosil qilish zarur. Ushbu tushuncha ingliz 
tilidan olingan bo‘lib, “innovation”, ya’ni “yangilik, yangilik kiritish” degan ma’noni 
anglatadi.
Mazkur tushuncha ilk bor XIX asr madaniyatshunoslari tomonidan 
qo‘llanilgan. Turli xalqlar madaniyatlarining bir biriga ta’siri natijasi sifatida paydo 
bo‘lgan o‘zgarishlar yangilik, ya’ni innovatsiya deb talqin qilingan. XX asr 
boshlaridan esa ushbu ibora iqtisodchilar leksikasiga kirib keldi. Bunda olimlar va 
mutaxassislar innovatsiyalarni aynan iqtisodiyotda vaqti-vaqti bilan ro‘y beradigan 
inqirozlardan chiqishning muhim vositasi sifatida o‘rgana boshladilar. Ma’lumki, 
iqtisodiyotning inqiroz oqibatlarini yengib o‘tishga qodirligi uning innovatsionlik 
darajasini belgilab beradi.
Innovatsiya - bozordagi hali shakllanib ulgurmagan yangi yoki mavjud talab va 
ehtiyojlarga javob beruvchi eng yaxshi g‘oyalarning amaliy faoliyatda 
qo‘llanilishidir. Bunga bozorga va jamiyatga oson kirib boradigan yuqori 
samaradorlikka ega mahsulotlar, xizmatlar, jarayonlar, texnologiyalar yoki g‘oyalar 
yordamida erishiladi. Innovatsiya atamasini bozor yoki jamiyatdagi o‘ziga xos 
yangilik, deya ta’riflash mumkin. Zero, u muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yangi 
hodisalar bilan uyg‘unlashib ketadi. Innovatsiya shu jihatlariga ko‘ra o‘ziga xos 
muhim yangilik sifatida, qaysi sohada bo‘lmasin, insonlar tomonidan tez qabul 
qilinadi. Innovatsiya masalalari bilan shug‘ullanayotgan 60 dan ortiq iqtisodchi 
olimlar, tadqiqotchilar va amaliyotchilar uni turlicha ta’riflasalarda, uning mazmun-
mohiyatida bitta o‘zak asos – yangilik yotadi. “Innovatsiya” atamasini iqtisodiy 
tushuncha sifatida ilk bor mavjud narsa va kuch-quvvatlardan boshqacha 
kombinatsiyalarni yaratish – o‘zgacha xususiyatga ega narsalarni ishlab chiqarish, 


211 
deb izohlagan. Shu bilan birga, innovatsiya yangilik kiritish asosida mahsulot ishlab 
chiqarish, yangi kombinatsiyalarni qo‘llashni bildiradi.
«Innovatsiyalar» atamasini yangi iqtisodiy toifa sifatida fanga avstriyalik 
(keyinchalik amerikalik) olim Yozef Shumpeter XX asrning birinchi o‘n yilligida 
kiritgan. O‘zining «Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi» nomli asarida (1911-y.) 
Y.Shumpeter ilk bora rivojlanishda o‘zgarishlarning yangi kombinatsiyalari 
masalalarini (ya’ni innovatsiya masalalarini) ko‘rib chiqdi va innovatsiyaga to‘liq 
tavsif berdi. Uning fikricha, innovatsiya – bu yangi materiallar va komponentlardan 
foydalanish, yangi jarayonlarni joriy etish, yangi bozorlarni ochish, yangi tashkiliy 
shakllarni joriy etishga asoslangan barcha yangi kombinatsiyalarning yangidan 
qo‘shilishi va tijoratlashuvidan iborat bo‘lgan ishlab chiqarish funksiyasining tubdan 
almashinuvidir. Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, u iqtisodiyotda novator-
tadbirkor markaziy figuraga aylanishini isbotlab berdi.
Y. Shumpeter rivojlanishdagi besh xil o‘zgarishni ajratib ko‘rsatdi: 
1) yangi texnika, texnologik jarayonlar yoki ishlab chiqarishning yangicha bozor 
ta’minotidan foydalanish; 
2) yangi xususiyatlarga ega bo‘lgan mahsulot joriy qilish; 
3) yangi xomashyodan foydalanish; 
4) ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning moddiy-texnika ta’minotida 
o‘zgarishlar; 
5) yangi sotuv bozorlarining paydo bo‘lishi. 
MDH mamlakatlari olimlari esa innovatsiyaga yangi mahsulotni, xizmatni yoki 
jarayonni amaliy faoliyatga joriy qilishning natijasi sifatida “yangilikka investitsiya 
kiritish” deya ta’riflaganlar. E. Mahmudov va B. Tursunovlar jamiyatda yuz 
berayotgan innovatsion jarayonlarning mahsuli bo‘lmish yangi mahsulotlar, texnika 
va texnologiyalar iqtisodiy taraqqiyotning asosi va uni harakatlantiruvchi kuch bo‘lib 
xizmat qilishini ta’kidlab o‘tganlar.
Shu o‘rinda K.Shodimetovning “Muqobil energiya manbalaridan foydalanish va 
uning iqtisodiy istiqbollari” nomli qo‘llanmasida keltirilgan ushbu fikrlar ham 
e’tiborli ekanligini ta’kidlash kerak. Innovatsiya 

bu moddiy ishlab chiqarish yoki 


212 
sarmoya konsentratsiyasi emas. Ayrim tadqiqotchilar, jumladan, E. Toffler, F. 
Fukuyama, D. Bell, J. Neysbit kabi olimlar: «Aynan innovatsion texnologiyalarga 
tayangan davlatgina yuksak taraqqiyot darajasiga erishadi», degan fikrni ilgari 
surishadi. Aslida ham shunday. Zero, sanoatlashgan iqtisodiyot o‘rnini asta-sekin 
innovatsion iqtisodiyot egallashi oddiy haqiqatdir. Natijada, yangidan-yangi bozorlar 
kashf etiladi. Binobarin, innovatsion maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun xususiy 
investitsiyalarga 
imtiyozlar 
berish, 
zamonaviy 
banklarni 
shakllantirish, 
innovatsiyalarni kafolatlash hamda sug‘urtalash, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yirik texnologik loyihalar uchun milliy va xorijiy 
sarmoyalarni keng jalb etish talab qilinadi. Bundan tashqari, bu borada, innovatsion 
siyosatni tartibga soluvchi qonunlarni takomillashtirish ham muhim ahamiyatga 
egadir. Butun jahon intellektual mulk tashkiloti (WIRO) o‘z hisobotlarida yuqoridagi 
talablarga qat’iy amal qilayotgan 20 ga yaqin davlatda innovatsion rivojlanish tobora 
jadallashayotganini e’tirof etadi. Shveysariya, AQSH, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, 
Gollandiya, Finlyandiya, Gonkong, Singapur, Tayvan, Yaponiya, Janubiy Koreya, 
Malayziya, Daniya va Irlandiya ana shular sirasidandir
44
.
Adabiyotlarda «innovatsiya» atamasiga berilgan ko‘plab ta’riflarni topish 
mumkin. Biroq, tadqiqotchilarning ushbu iqtisodiy toifaga alohida e’tibor 
ko‘rsatishlariga qaramay, ilmiy g‘oya haligacha «innovatsiyalar» tushunchasining 
ham nazariya, ham amaliyot talablariga javob beradigan, shuningdek, ularni amalga 
oshirishning muayyan subyekti – davlat, mintaqa, tarmoq va korxona nuqtai 
nazaridan to‘g‘ri bo‘ladigan universal ta’rifini ishlab chiqmagan. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin