233
13-BOB. HUDUDLARNI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH SIYOSATI VA
MAHALLIY BUDJETLARNING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI
TA’MINLASH
13.1.
Hududlarni kompleks rivojlantirish va ular o‘rtasidagi
tafovutni kamaytirish yo‘nalishlari
Istiqbolda O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari
mamlakat mintaqalarining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda asos bo‘lib
xizmat qiladi.
Avvalambor, yetarli darajada rivojlanmagan mintaqalar iqtisodiyotini jadal
rivojlantirish hisobiga mintaqalararo ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi farqni
bosqichma-bosqich qisqartirishni ta’minlash rivojlantirish
strategiyasining asosiy
maqsadlaridan biridir. Dasturlarni tizimlashtirish, umumlashtirish va tahlil qilish
natijalari iqtisodiyot va uning alohida sektorlarini rivojlantirishning
bir qator
maqsadli ko‘rsatkichlarini aniqlash imkonini berdi. Maqsadli ko‘rsatkichlar yalpi
ichki mahsulotning o‘sishi, (yiliga o‘rtacha 7-8foiz), unda sanoatning ulushini
oshirish, xizmatlar sohasining ulushini 55foizga, kichik biznesning ulushini 60foiz
ga
yetkazish, har yili bir millionga yaqin yangi ish joylarini tashkil qilishdan iborat
bo‘lishi kerak.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotda xususiy sektorning roli
va
ahamiyatini oshirish, kapital qurilish, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa
tarmoqlarida tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirishga
qaratilgan chora-tadbirlar,
shuningdek, ishlab chiqaruvchilarga moddiy-texnika mablag‘laridan foydalanishlari
uchun qulay sharoitlar yaratilishi va fiskal o‘zgarishlarni muvofiqlashtirilishi
YaIMning o‘sish tendensiyasini saqlashni ta’minlaydi. Mamlakat miqyosida iqtisodiy
o‘sishning asosiy ko‘rsatkichi YaIM bo‘lsa, hudud miqyosida esa bu ko‘rsatkich
YaHM hisoblanadi. Lekin shuni alohida ta’kidlash lozimki, ular o‘rtasida
muayyan
farq mavjud: