O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

Hududiy dasturlar
– bu davlat ishtirokida yoki uning tashabbusi bilan amalga 
oshiriladigan, tanlangan hududda muayyan ijtimoiy-iqtisodiy vazifani hal etishga 
qaratilgan tashkiliy-xo‘jalik tadbirlari va loyihalarni o‘z ichiga oluvchi hujjat 
hisoblanadi. Odatda, hududiy dasturlarda ularni bajarishga mas’ul ijrochilar, ya’ni 
davlat va xo‘jalik faoliyatini yurituvchi tashkilotlar, moliyalashtirish manbalari, 
amalga oshirish muddatlari aniq belgilab qo‘yiladi. 
Hududiy dasturlarga bo‘lgan e’tibor va ehtiyojning oshib borishi, birinchi 
navbatda , ularning qo‘llash osonligi va yuqori samaradorligi bilan bog‘liq. Dasturlar 
moddiy va moliyaviy resurslar cheklangan sharoitda ularni mintaqa va hududlarning 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor sohalariga yo‘naltirishni ta’minlash, 
muayyan hududlarni alohida rivojlantirish orqali boshqa hududlarning rivojiga turtki 
beradigan multiplikativ samara yaratish, hududlar iqtisodiyotining ayrim sohalarini 
investitsion loyihalar vositasida rivojlantirish kabi vazifalarni hal etishda deyarli 
muqobilsiz instrument hisoblanadi . 
Mustaqillik yillarida respublikamizda hududiy dasturlarni ishlab chiqish va 
ulardan foydalanish bo‘yicha yetarlicha tajriba to‘plandi. Amalga oshirilgan va 
hozirda amalda bo‘lgan dasturlar ,asosan, quyidagi maqsad va vazifalarni hal etishga 
qaratilgan: 


236 
- mintaqalar iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor vazifalarni amalga 
oshirishni ta’minlash; 

ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishni 
darajasi 
bo‘yicha 
mintaqalararo 
differensiyalashuvining o‘ta chuqurlashib ketishini oldini olish; 
- obyektiv iqtisodiy, tabiy-geografik va boshqa omillar oqibatida ijtimoiy 
rivojlanishning maqsadga muvofiq darajasini ta’minlay olmaydigan hududlarni 
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash; 
- iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini ustuvor ravishda rivojlantirishga turtki 
berish, shu jumladan, ko‘p mehnat talab qiladigan va mos ravishda ko‘plab yangi ish 
o‘rinlari yaratishga omil bo‘ladigan ishlab chiqarish sohalarini alohida qo‘llab-
quvvatlash; 
- hududlarga kiritilayotgan davlat investitsiyalarini samaradorligini oshirishi va 
milliy manfaatlarga mosligini ta’minlash; 
-o‘ziga xos maqomga ega bo‘lgan hududlarni rivojlanishini tartibga solish va 
boshqarish mexanizmini takomillashtirish va h.k. 
Xulosa qilib aytganda, viloyatning barcha hudularidagi foydalanilmagan 
zaxiralarni ishga solish, ularning nisbiy ustunliklari asosida ishlab chiarishni 
modernizatsiya qilish, raqobat ustunliklarini yaratish, inson kapitalidan samarali 
foydalanish, ijtimoiy muammolarni hal qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi 
kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish darkor. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin