O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

bevosita moliyalashtirish manbalari:
-
davlat budjeti mablag‘lari; 
-
nobudjet fondlar mablag‘lari;
-
korxonalarning mablag‘lari; 
-
kreditlar; 
-
grandlar;
-
sug‘urta mablag‘lari.
bilvosita moliyalashtirish manbalari:


229 
-
soliq imtiyozlari va chegirmalari;
-
kredit imtiyozlari; 
-
bojxona imtiyozlari; 
-
amortizatsiya imtiyozlari.
Venchur 
tashkilotlarini 
qo‘llab-quvvatlash, 
innovatsion 
faoliyat 
bilan 
shug‘ullangan firmalarga qulayliklar yaratish, yuqori texnologik yangiliklar 
sohasidagi ilmiy izlanishlar va tadqiqot-tajriba ishlarini qisman (50 foizgacha) 
moliyalashtirish va hokazo tadbirlar milliy iqtisodiyotda intellektual salohiyatning 
oshib borishi va uning faollashuviga olib keldi. Bu esa hozirgi AQSH, Germaniya, 
Yaponiya, Fransiya, Finlandiya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya davlatlari iqtisodiyotini 
dunyoda eng innovatsion va raqobatdosh bo‘lishiga sabab bo‘ldi, yaqin kelajakda ular 
qatoriga Xitoy qo‘shilishi kutilmoqda. 
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida innovatsiyalarni rivojlantirishda davlat
tomonidan moliyalashtirish tizimida innovatsion jarayonini qo‘llab-quvvatlashning
to‘g‘ridan to‘g‘ri shakllaridan keng foydalaniladi. Jahon tajribasiga ko‘ra, Germaniya 
innovatsion tadqiqotlarga eng ko‘p mablag‘ sarflovchi mamlakatlardan biri 
hisoblanadi. YaIMning deyarli 2,6 foizi ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish uchun 
ajratiladi. Bu esa YI bo‘yicha o‘rtacha 1,9 foiz yuqori. Federal va o‘lka hukumatlari 
korxonalar bilan hamkorlikda 2015-yilda innovatsiyalar va ular transferiga 
qilinadigan xarajatlarni yana 3 foizga oshirishni ko‘zda tutmoqdalar. Bunda 
Germaniya korxonalarining innovatsiyalarga qilgan xarajatlari deyarli 130 mlrd. 
yevroni tashkil qiladi. Jumladan, avtomobil sanoati mazkur summaning 1/4 qismini 
investitsiyalaydi. Germaniya iqtisodiyotida yangi mahsulot aylanmasining 27 foizini 
tashkil qiladi. Yangi mahsulotlar umumiy avtomobil sanoati aylanmasida 52 foizni 
tashkil qiladi. Shuningdek, Germaniyadagi korxonalar tomonidan innovatsiyalarni 
moliyalashtirish bo‘yicha ham yetakchi o‘rinlarni egallaydi.
Jahon amaliyoti tahlili innovatsion ta’lim muassasalarining rivojlanish shakllari 
ko‘p qirraliligi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr bildirishni taqozo 
etadi.


230 
Ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi an’analari fundamental 
tadqiqotdan tajribali ishlab chiqarishgacha bo‘lgan ilmiy asoslangan mahsulotning 
tatbiq etilish muddatini qisqartiradi. Bunda ta’lim muassasalari yangi bilimlar va 
ilmiy asoslangan biznes avlodining markazi sifatida bosh ro‘lni o‘ynaydi. Shunday 
ekan, mintaqa ishlab chiqarishiga innovatsiyalar transferini ilmiy-texnik, texnologik, 
innovatsion va moliyaviy dastaklar yordamida rag‘batlantirish mintaqadagi real 
iqtisodiy soha rivojlanishida muhim ro‘l o‘ynaydi.
Umuman, 
innovatsiyalar 
transferini 
mintaqa 
ishlab 
chiqarishini 
modernizatsiyalashdagi ro‘lini oshirishda oliy o‘quv yurtlari bilan biznes sohasi 
o‘rtasida uzviy aloqalarni rivojlantirib borish orqali amalga oshirish sezilarli samara 
bermoqda.
Innovatsiyalar transferi bo‘yicha jahon tajribasiga ko‘ra, ilmiy (innovatsiya) 
sohaning jahon iqtisodiyoti rivojlanishidagi ro‘li va uni sifatli moliyalashtirish hajmi 
borgan sari ortib bormoqda, AQSH, YI va Yaponiyada innovatsiyalar hisobiga YaIM 
o‘sishi 70-90 foizni tashkil etdi, texnologiyalarning xalqaro transferi esa eksportning 
eng daromadli qismiga aylandi.
Rivojlangan mamlakatlarda ilm-fanga assignatsiyalar global inqiroz va undan 
keyingi davrlarda ham kamaymay ortib borgan. Zero, 2020-yilgacha bu mamlakatlar 
ilm-faniga qilinadigan xarajatlarning YaIMdagi ulushi o‘rtacha 2,9 foizga yetishi 
prognoz qilinmoqda.
MDH mamlakatlarida oxirgi besh yil davomida ilm-fanni moliyalashtirish ijobiy 
dinamikani saqlasa-da, lekin uning hajmi innovatsion iqtisodiyot sharoiti uchun 
nisbatan juda kam. Zero, 2020-yilgacha MDH mamlakatlari ilm-faniga qilinadigan 
xarajatlarning YaIMdagi ulushi o‘rtacha 2,1 foizga yetishi ko‘zda tutilgan..
Progressiv rivojlanayotgan mamlakatlar (Xitoy, Janubiy Koreya, Singapur, 
Yangi Zelandiya, Malayziya, Janubiy Afrika va b.)da ilm-fanni moliyalashtirish 
hajmi barqaror o‘sib bormoqda va bunda ular rivojlangan davlatlarga 
yaqinlashmoqda. Zero, 2020-yilgacha progressiv rivojlanayotgan mamlakatlar ilm-
faniga qilinadigan xarajatlarning YaIMdagi ulushi taxminan o‘rtacha 3,1 foizga 
yetadi.


231 
Zamonaviy, shu jumladan, xalqaro moliyaviy faoliyatda loyihaviy 
moliyalashtirish kabi istiqbolli va dinamik yo‘nalish borgan sari ko‘proq rivojlanish 
olmoqda. Bu innovatsion faoliyatda, ayniqsa, moliyaviy va bank ishtirokining turi 
sanoatning ko‘p resurslar va sarmoyalar iste’mol qiluvchi sohalari ishlab chiqarish 
apparatini modernizatsiyalash, takomillashtirish va yangilashga muhtoj mamlakatlar 
va mintaqalar uchun dolzarbdir. 
Davlatning innovatsion siyosati nafaqat innovatsion jarayonga to‘g‘ridan to‘g‘ri 
ta’sir ko‘rsatishda, balki innovatsiyalar uchun innovatsiyalarni davlat tomonidan
vositali qo‘llab-quvvatlanishining har xil moliyaviy qonunchilik, soliq va boshqa 
usullari bilan bir qatorda qulay iqtisodiy muhitni yaratilishida namoyon bo‘lishi 
mumkin.
Tahlillarning ko‘rsatishicha, investitsiyaviy loyihalarni ro‘yobga chiqarishda 
nafaqat shu mintaqaning o‘ziga sarmoyalarni jalb qilish, balki sohaning yangi 
yo‘nalishlarini rivojlantirish natijasida aholi bandligi oshadi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin