O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

 
12.4.
 
 Ilmiy va innovatsion loyihalarni moliyalashtirish 
Innovatsion loyiha ham tovar mahsuloti hisoblanadi va talabga qarab sotiladi. 
Innovatsiyalar bozorining asosiy tovari — mualliflik huquqiga amal qilgan holda va 
amaldagi qonunchilik hamda me’yoriy hujjatlarga muvofiq rasmiylashtirilgan ilmiy-
tadqiqot natijasi, ilmiy mehnat mahsuloti, shuningdek, har qanday axborot manbaida 
qayd etilgan yangi bilimlar yoki qarorlarni o‘zida mujassam etgan ilmiy-texnik 
faoliyat hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, innovatsion loyihalarni ishlab 
chiqaruvchilar nafaqat o‘z loyihalarini foyda bilan sotishi, balki ushbu loyihadan 
foydalanuvchilar ham qo‘shimcha daromad olishlari mumkin
58
.
58
K. Shodimetov. muqobil energiya manbalaridan foydalanish va uning iqtisodiy istiqbollari. – T.: “ILM ZIYO”. 2014, 
28 бет 


227 
Hozirgi vaqtda ilmiy ishlanmalardan foydalanishning samaradorlik darajasini 
oshirish, fundamental va amaliy tadqiqotlarning natijalarini ishlab chiqarishga joriy 
etish eng muhim hamda dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Iqtisodiy rivojlanishda innovatsiyalarning o‘rni va ahamiyati oshib borishi 
sharoitida, bu sohadagi davlat boshqaruvi, uning tashkil etilishi va olib borilishi 
alohida muhim masala bo‘lib hisoblanadi
59

Innovatsion jarayonda innovatsiyalar samaradorligini aniqlash muhim 
ahamiyatga ega.
Samaradorlikni quyidagi yo‘nalishlar bilan aniqlash lozim:
1)
texnik samaradorlik — mahsulot ishlab chiqarish jarayonida yer, mehnat va 
moddiy resurslardan foydalanish darajasini aks ettiruvchi natural va qiymat 
ko‘rsatkichlari (hosildorlik, energiya sig‘imi, mahsulot sifati, unumdorlik va boshq.) 
ning majmui bilan tavsiflanadi;
2)
iqtisodiy samaradorlik — tannarx, rentabellik, ishlab chiqarilgan mahsulotdan 
olingan daromad va foyda ko‘rsatkichlari, moliyaviy barqarorlik, to‘lov qobiliyati va 
boshqa ko‘rsatkichlarni aks ettiradi;
3)
ijtimoiy 
samaradorlik 
— 
ish 
haqi 
fondi 
ko‘rsatkichlari, 
mexanizatsiyalashganlik darajasi va boshqa ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi;
4)
ekologik samaradorlik — tuproqning hosildorligi ko‘rsatkichlari, atrof-
muhitning ifloslanishi, yer maydonlarining kamaytirilishi va tabiat muhiti 
o‘zgarishining boshqa omillari bilan aniqlanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda ilm-fanga assignatsiyalarning 55 foizidan ortig‘i 
biznes sektori mablag‘lari va 34 foizdan kami esa davlat mablag‘lari hisobidan 
moliyalashtiriladi. Bunda davlat mablag‘laridan eng kam hajmda moliyalashtirish 
bo‘yicha ketma-ket ravishda Shvetsiya, Finlyandiya, Daniya, Norvegiya lider 
hisoblanadi, ulardan keyingi o‘rinlarda Yaponiya va AQSH turadi. Barcha 
mamlakatlarda xorijiy va boshqa milliy manbalar ulushi ancha kamligicha (o‘rtacha 
summasi 5-10 foiz) qolmoqda. AQSHda 2010-yili innovatsiyalarga xarajatlar 3,2 
59
K. Shodimetov. muqobil energiya manbalaridan foydalanish va uning iqtisodiy istiqbollari. – T.: “ILM ZIYO”. 2014, 
29 бет 


228 
foiz, Yevropa Ittifoqi (YI) da 0,5 foizga ko‘tarilgan. Bunda faqatgina Finlandiyada 
ilmiy tadqiqot ishlariga davlat tomonidan ajratiladigan budjet xarajatlari 4,4 foizni 
tashkil etgan. Yaponiya 2010-2012-yillarda ilmiy tadqiqotlarga qilingan xarajat 
bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lda ushlab qolgan. Hindiston va Xitoyda esa innovatsion 
faoliyatga qilingan xarajatlar sezilarli darajada ajratilganligi izohlanadi. Umuman, 
rivojlangan va progressiv rivojlanayotgan davlatlar innovatsion rivojlanishga 
o‘tishining asosiy omillaridan biri moliyaviy infratuzilmaning rivojlanganligidir.
An’anaviy investitsiya loyihalaridan farqli o‘laroq, ishlanmalar va innovatsion 
loyihalar tatbig‘i bilan bog‘liq kreditlarning xatar (risk)ligi juda yuqori. Shunga 
qaramay, bir qator rivojlanayotgan mamlakatlar (masalan, Xitoy, Janubiy Koreya, 
Hindiston va b.) tajribasiga ko‘ra, innovatsion loyihalar uchun moliyaviy tizim 
tarmog‘ini liberallashtirish va maxsus moliyaviy vositalarni rivojlantirish yo‘li orqali 
ushbu risklar cheklandi. Bunday vositalar va mexanizmlar sifatida quyidagilardan 
foydalaniladi:
- riskli loyihalarni venchurli moliyalashtirish, sindikatlashgan kreditlar, fond 
bozorlari orqali moliyalashtirish mexanizmlari;
- investitsion portfelni diversifikatsiya qilish orqali investitsiya risklarini 
pasaytirish;
- risklarni sug‘urtalash.
Keyingi yillarda innovatsion rivojlanishda sezilarli muvaffaqiyatga erishgan 
mamlakatlar innovatsiyalarni bevosita va bilvosita moliyalashtirish usullaridan 
foydalanmoqda. Ularning asosiylari:

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin