242
Keyingi yillarda barcha hududlarda sanoat ishlab chiqarishini o‘stirishga
e’tibor, barcha viloyatlarda sanoat ishlab chiqarishi o‘sgani holda tarkibida siljishlar
ro‘y berishiga sabab bo‘ldi.
Nazorat va muhokama uchun savollar:
1.
Hududlarni kompleks rivojlantirish deganda
nimani tushunasiz va uning
hududlar o‘rtasidagi tafovutni kamaytirish yo‘nalishlari nimalardan iborat?
2.
Mahalliy budjet va uning hudud rivojlanishidagi o‘rnini tushuntirib bering.
3.
Hududlarda aholi bandligini ta’minlash masalalari nimalardan iborat?
4.
Hudularda investitsiyalarning o‘rni va uning mamlakat rivojlanishga ta’sirini
izohlab bering.
5.
Hududlarda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash omillari
nimalardan iborat deb o‘ylaysiz?