268
O‘zbek tovarlarini sotib olish jarayonida ular AQSH dollarini valyuta bozoriga
olib chiqadi, chunki, o‘zbek tovarlarini sotib olish uchun dollarni so‘mga
almashtirishadi. Dollarga bo‘lgan talab va taklifning kesishgan nuqtasi dollarning
so‘mdagi qiymatini bildiradi.
Agarda, dollarning so‘mdagi qiymati oshsa, so‘m qiymatining pasayganligini
yoki qadrsizlanganligini ko‘rsatadi.
Aksincha, agarda dollarning so‘mdagi qiymati
pasaysa, so‘m qiymatining oshganligini yoki so‘mning qimmatlashganligini
ko‘rsatadi. Bir birlik xorijiy valyutani sotib olish uchun kam miqdorda milliy valyuta
sarf qilish milliy valyutaning qimmatlashuvini bildiradi. Agarda, dollarga nisbatan
so‘m qadrsizlansa, dollar so‘mga nisbatan qimmatlashadi.
Qayd etilgan valyuta kursi – bu, xorijiy valyutada ifodalangan, davlat tomonidan
rasmiy o‘rnatilgan milliy pul birligining bahosi bo‘lib, unga valyuta bozorida talab va
taklifning o‘zgarishi bevosita ta’sir qilmaydi.
Qayd qilingan valyuta kursi tizimi tarafdorlari ta’kidlaydilarki, undan
foydalanish xalqaro savdo va moliya bilan bog‘liq bo‘lgan tahlika va noaniqlikni
kamaytiradi. Qayd qilingan valyuta kurslarini qo‘llash o‘zaro
foydali savdo va
moliyaviy operatsiyalar hajmini kengaytirishga olib keladi. Ammo, qayd qilingan
valyuta kurslari tizimining hayotga layoqatliligi o‘zaro aloqalar jarayondagi ikki
sharoitga bog‘liq:
- zaxiralarning mavjudligi;
- o‘z hajmi bo‘yicha sezilarsiz kamyoblik yoki to‘lov balansi aktivlarining
tasodifiy vujudga kelishi. Katta va doimiy kamyobliklar mamlakat zaxiralarini
yo‘qqa chiqarishi mumkin.
Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi rejimida milliy
valyutaning almashuv kursi
valyuta bozorida, talab va taklifga qarab erkin shakllanadi. Mamlakatning Markaziy
banki kursning ma’lum holati uchun javob bermaydi. Ushbu valyutalarning kursi
katta oraliqlarda tebranishi mumkin.
Qat’iy belgilangan valyuta kursi rejimida milliy valyutaning kursi xorijiy
valyutaga yoki valyuta savatiga nisbatan belgilab qo‘yiladi. Mamlakatning Markaziy
269
banki milliy valyutaning kursini belgilangan holatini ta’minlash yuzasidan javobgar
hisoblanadi.
Boshqariladigan suzib yuruvchi valyuta kursi rejimi
valyuta qonunchiligida
rasman belgilab qo‘yilmaydi. Mazkur rejim XX asrning 70-yillarida paydo bo‘ldi.
Ya’ni, XVF ekspertlari ayrim mamlakatlarning valyuta qonunchiligida erkin suzib
yuruvchi valyuta kursi rejimi belgilangan bo‘lsa-da, ularning Markaziy banklari
valyuta kursini shakllanish jarayoniga faol aralasha boshlaganligini payqab qolishdi.
Natijada ekspertlar yangi kurs rejimi paydo bo‘lganligini e’tirof etishdi va uni
boshqariladigan suzib yuruvchi valyuta kursi rejimi deb atashdi.
Xulosa qilib aytganda, valyuta kurslarining talab va taklif ta’siri ostida
shakllanish
darajasi, o‘z-o‘zicha kurslar o‘rtasidagi nisbatlarga ta’sir etuvchi real
jarayonlarni aniqlab bera olmaydi. Chet el valyutalariga talab va taklifga, demak,
valyuta kurslariga mamlakatdagi ham ichki va ham tashqi iqtisodiy munosabatlar
majmui bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatadi.
Valyuta kurslarining o‘zgarishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ularni
qisqacha qarab chiqamiz:
1. Iste’molchilar didining boshqa mamlakat buyumlariga nisbatan o‘zgarishi.
2. Turli mamlakatlarda daromadlardagi nisbiy o‘zgarishlar.
3. Bahodagi nisbiy o‘zgarishlar.
4. Nisbiy real foiz stavkalari. Faraz qilamiz, AQSH inflatsiyani quvib o‘tish
maqsadida « qimmat pul» siyosatini amalga oshira boshlaydi.
Natijada, real foiz
stavkalari (inflatsiya sur’atini hisobga olib o‘zgartirilgan (korrektirovka qilingan) foiz
stavkalari) AQSHda boshqa mamlakatlar, masalan, Buyuk Britaniyaga qaraganda
ko‘tariladi. Britaniyalik jismoniy shaxs va firmalar ishonch hosil qiladiki, AQSH
moliyaviy vositalarni qo‘yish uchun juda jozibador va qulay joyga aylanadi. Amerika
moliyaviy aktivlariga talabning bu ko‘payishi Angliya funti taklifining
kengayganligi va shu sababli dollar qiymati o‘sganligini bildiradi.
5. Spekulyasiya.
Dollar
kursi pasayishi, funt kursi esa, aksincha ko‘tarilishi to‘g‘risidagi
prognozlar natijasida dollarni ushlab turuvchilar ularni funtga aylantirishga harakat
270
qiladi va shu bilan funtga bo‘lgan talabni oshiradi. Bu almashish, dollar kursining
pasayishini va funt kursining oshishini keltirib chiqaradi.
O‘tish davri iqtisodiyotida xorijiy valyutaga spekulyativ talab oshishi Markaziy
Banklarni qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Chunki rasmiy valyuta zaxiralari bir vaqtning
o‘zida ham to‘lov balansi taqchilligini ham ichki spekulyativ talabni qondirish uchun
yetarli bo‘lmasligi mumkin.
Valyuta almashinuv kursini tartibga solish bu vaziyatdan chiqishning yagona
yo‘lidir.
Nominal va real valyuta kurslari o‘zaro farqlanadi.
Nominal valyuta kursi
valyutalarning almashinuv kursi deyiladi. Yuqorida biz aynan nominal valyuta kursi
haqida fikr yuritdik.
Real valyuta kursi ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy
bahosidir.
Real valyuta kursi bir mamlakat tovarlari boshqa mamlakat tovarlariga
almashishi mumkin bo‘lgan nisbatni ko‘rsatadi, shu tufayli u
Dostları ilə paylaş: