14.5. Valyuta kursini qabul qilish variantlari Valyuta kursini rasmiy tartibga solish shunga asoslanganki, unda rasmiy
hukumat bozoridan ko‘ra valyuta kursi barqarorligini uzoqroq muddatga ta’minlashni
yaxshiroq uddalay oladi.
Umuman, valyuta siyosati quyidagi masalalar yechimiga qaratilgan bo‘lishi
kerak:
qisqa muddatli to‘satdan bo‘ladigan o‘zgarishlarni kamaytirish;
iqtisodiy holatning o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladigan keng miqyosdagi olib-
sotarlik to‘lqinini to‘xtatish;
valyuta kursining maqsadli mohiyatini o‘rnatish;
valyuta kursining o‘zgarishlari kutilgan o‘zgarishlardan oshib ketganda uning
oldini olish.
Barcha xalqaro bitimlar valyutalarni ayirboshlash orqali olib borilishi tufayli har
qanday ayirboshlashda bo‘lgani kabi valyuta bahosini yoki valyuta kursini aniqlash
zaruriyati paydo bo‘ladi. Shunday qilib, valyuta kursi – bu, bir mamlakat pul
birligining boshqa mamlakatlar pul birligida ifodalangan bahosidir. Valyuta kursini
o‘rnatish kotirovkalash deb ataladi. U to‘g‘ri va teskari kotirovkalashga ajratiladi.
Agar xorijiy valyuta birligining bahosi milliy valyutada ko‘rsatilsa, bunga to‘g‘ri
kotirovkalash deb ataladi. Masalan, 1 AQSH dollari 975 so‘mga, 1 Rossiya rubli 32
so‘mga teng va hakozo. Teskari kotirovkalashda milliy valyutaning bir birligiga
to‘g‘ri keladigan xorijiy valyutaning miqdori o‘rnatiladi. Masalan, 1 o‘zbek so‘mi
0,001025 AQSH dollariga to‘g‘ri keladi. Dunyoning ko‘p mamlakatlarida, shu
jumladan, O‘zbekistonda ham to‘g‘ri kotirovkalash qabul qilingan. Valyuta
bozoridagi talab va taklifni solishtirish natijasida valyutaning bahosi yoki kursi
aniqlanadi. O‘zbek so‘mining kursi O‘zbekiston valyuta birjasida o‘rnatiladi, uning
ishtirokchilari valyuta operatsiyalarini olib borish huquqiga ega bo‘lgan banklar
hisoblanadi. Shu bilan birga, turli pul birliklari uchun valyuta kurslarini o‘rnatish
jarayonida bozor kuchlarining ta’sir etish darajasi bir xil emas. Bu ta’sir kuchiga
bog‘liq holda valyuta kurslarini qabul qilishning bir-biridan farq qiluvchi ikki varianti
mavjud.
267
1. Talab va taklifga asosan aniqlanadigan egiluvchan yoki erkin suzib yuruvchi
valyuta kursi tizimi.
2. Davlat aralashuvi asosida aniqlanadigan qat’iy belgilangan valyuta kursi
tizimi.
3. Аralash usul.