O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

 
14.6. Milliy valyutaning barqarorligi 
Boshqa mamlakatlar singari O‘zbekistonda ham milliy pul birligi barqaroligini 
ta’minlash va uni samarali boshqarish, monetar siyosat vositalarining maqsadli 
darajalariga erishish, bank tizimining likvidligini hamda moliyaviy bozorlar 
faoliyatining samaradorligini oshirish Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan.
71
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash hamda yanada erkinlashtirish sharoitida 
shuningdek, bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq jarayonlarni boshqarishda, milliy 
valyutaning xalqaro mavqeini belgilashda va mamlakatning joriy hamda kelajakdagi 
iqtisodiy munosabatlari tizimida valyuta siyosati muhim ahamiyat kasb etadi. 
Milliy valyuta va uning nomi milliy valyuta tizimining asosi bo‘lib hisoblanadi, 
u qonun asosida davlatning pul birligi sifatida belgilanadi. Xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarda ishlatiladigan pullar valyutaga aylanadi. 
Mamlakatda samarali to‘lov tizimini ta'minlashda hisob-kitoblar tizimini tashkil 
71
“O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, Toshkent,
21- dekabr 1995-yil. 


272 
etish va ta'minlash vazifasi Markaziy bankning muhim vazifalaridan biridir. To‘lovlar 
O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd pul bilan va naqd pulsiz hisob-kitoblar 
ko‘rinishida amalga oshiriladi. 
Markaziy bankning valyuta siyosati uning Valyuta siyosatining shakli va o‘rni 
mamlakatning valyutaviy-iqtisodiy holati, jahon xo‘jaligidagi evolyutsiyasi hamda 
o‘rni bilan aniqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan olib 
borilayotgan valyuta siyosati Inflatsiyaga qarshi siyosat olib borish yo‘li bilan milliy 
valyutaning to‘lov qobiliyatini mustahkamlashga, to‘lovlar va hisob-kitob tizimini 
takomillashtirishga yo‘naltirildi. 
Milliy valyuta kursi barqarorligiga bir nechta omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ana 
shunday asosiy omillardan biri – bu to‘lov balansining defitsitli ekanligidir. To‘lov 
balansining defitsitli bo‘lishi xorijiy valyutadagi to‘lovlar miqdorining ortishiga, 
mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari miqdorining kamayishiga olib keladi. Buning 
natijasida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutalar taklifining kamayishi yuz 
beradiki, ushbu holat milliy valyutaning nominal almashuv kursiga nisbatan kuchli 
tazyiqni yuzaga keltiradi. 
Milliy valyuta kursiga ta’sir etuvchi muhim omillardan yana biri bo‘lib, Davlat 
byudjetining defitsiti hisoblanadi. Ushbu omil rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti 
mamlakatlarida yaqqol kuzatiladi. Chunki, mazkur mamlakatlarning aksariyat 
qismida Markaziy banklarning iqtisodiy va siyosiy mustaqillik darajasi past bo‘lib, 
Davlat byudjeti defitsitini qoplash maqsadida Markaziy bankning emissiya 
mexanizmidan foydalaniladi. Buning natijasida muomalaga tovarlar va xizmatlar 
bilan ta’minlanmagan pullar paydo bo‘ladi va shuning asosida milliy valyutaning 
qadrsizlanish jarayoni chuqurlashadi.Shu sababli, Davlat byudjeti defitsitining 
me’yoriy darajada bo‘lishini ta’minlash milliy valyutaning barqarorligiga erishish 
nuqtai-nazaridan muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. 
Xalqaro amaliyotda Davlat bdyujeti defitsiti summasining nominal YaIM 
miqdorining 3 foizdan oshmasligi me’yoriy daraja sifatida qabul qilingan. 


273 
Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan monetar siyosat milliy 
valyutaning almashuv kurslariga, shu jumladan, nominal almashuv kursiga ta’sir 
etuvchi muhim omillardan biri sanaladi. 
Siyosiy risk, ya’ni mamlakat riski milliy valyutaning nominal almashuv kursini 
o‘zgarishiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Odatda, siyosiy risk 
chuqurlashganda mamlakatdan oltin-valyuta zaxiralarini katta miqdorda chiqib 
ketishi yuz beradi. Buning natijasida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutalar taklifi 
kesikn kamayadi, to‘lov balansining defitsiti ortadi. Oqibatda milliy valyuta 
qadrsizlanadi. 
AQSh dollari kursining nobarqarorligi Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk 
Britaniya va Xitoy kabi mamlakatlarni ham tashvishga solmoqda. Chunki, ularning 
xalqaro valyuta zaxiralarining asosiy qismi AQSh dollarida shakllangan. Shu sababli, 
1999-yil yanvarda Yaponiya va Germaniya Moliya vazirlari AQShga dollar, yevro va 
ienning kurslarini o‘zaro bir-biriga bog‘lashni taklif qildilar. Ammo AQSh Federal 
zaxira tizimining o‘sha vaqtdagi rahbari A.Grinspen va Moliya vaziri R.Rubin ushbu 
taklifni qat’iyan rad etdilar. Ularning fikriga ko‘ra, mazkur uch yetakchi valyuta 
kurslarini o‘zaro bir-biriga bog‘lashni joriy etish AQSh Federal zaxira tizimining 
ishsizlik va inflatsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan pul-kredit siyosatining 
mustaqilligiga putur etkazadi
72

“Yevrohudud”dagi 
qarz 
muammolari, 
Gretsiya, 
Ispaniya, 
Italiya, 
Portugaliyadagi og‘ir moliyaviy holatlar, pirovard natijada, yevroning AQSh dollari 
va boshqa yetakchi valyutalarga nisbatan kursining tebranishlariga va pasayishiga 
sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, Gretsiyadagi og‘ir iqtisodiy inqiroz holatlarini bartaraf 
etish maqsadida ajratilayotgan kreditlar va boshqa shakllardagi moliyaviy mablag‘lar 
yevrodagi pul massasining oshishiga sabab bo‘lmoqda.
2010-yil 7-mayda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan mamlakatlarning rahbarlari 
tomonidan Gretsiyaga moliyaviy yordam berish dasturi ma’qullandi. Ushbu dasturga 
muvofiq, Gretsiya uch yil mobaynida 110 mlrd. yevro oladi. Mazkur yordamning 
Gretsiya uchun muhimligi shundaki, hozirgi kunda ushbu mamlakatdagi iqtisodiy 
72
Моисеев С.Р. Международные валютно-кредитные отношения. – М.: Дело и Сервис, 2007. - С. 625-626. 


274 
ahvol juda og‘ir: davlatning tashqi qarzi yalpi ichki mahsulot (YaIM) miqdoridan 
katta, davlat byudjeti defitsiti va tashqi qarzning umumiy miqdori 300 mlrd. yevrodan 
oshadi
73
.
2012-yilda Kiprda moliyaviy qiyinchiliklarning boshlanganligi yevroning 
nominal almashuv kursi barqarorligiga nisbatan mavjud bo‘lgan salbiy ta’sirni 
yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. “Reyters” agentligining xabar berishicha, 2012 
yilda Kiprga kamida 1,8 mlrd. yevro kerak. Bu esa, uning YaIMning 10 foizini 
tashkil etadi
74
.
Milliy valyuta kursining barqarorligiga ta’sir qiluvchi muhim omillardan biri, 
shubhasiz, inflatsiya hisoblanadi. Inflyasiya ta’sirida milliy valyutaning qadri 
pasayadi. 
Davlat tashqi qarzining o‘zgarishi milliy valyutaning nominal almashuv kursiga 
bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillardan biri sanaladi. 
Xalqaro amaliyotda davlat tashqi qarzining YaIMga nisbatan 60 foizdan 
oshmasligi me’yoriy daraja hisoblanadi. Agar tashqi qarz ushbu me’yoriy darajadan 
oshsa, u holda milliy valyutaning nominal almashuv kursiga nisbatan kuchli tazyiq 
yuzaga keladi. Ya’ni, ichki valyuta bozorida xorijiy valyutalarning taklifi sezilarli 
darajada kamayadi. Bunday sharoitda xorijiy valyutalarga bo‘lgan talab o‘zgarmay 
qolganda ham, milliy valyutaning qadrsizlanishi yuz beradi. 
Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasida davlat tashqi qarzi darajasini mo‘‘tadil 
ekanligini e’tirof etish joiz. 
Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash mamlakat iqtisodiyotini barqaror 
rivojlantirish, aholining turmush farovonligini ta’minlash uchun muhim zamin 
yaratadi. 
Xalqaro amaliyotda milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashda quyidagi 
usullardan foydalaniladi: 

Pul massasining barqaror o‘sishini ta’minlash; 

Ishlab chiqarishni barqarorlashtirish; 
73
Лидеры стран-участниц ЕС утвердили программу помощи Греции. http://lenta.ru/news/2010.
74
Кипр обратился к ЕС за финансовой помощью. http://lenta.ru/news/2012. 


275 

Davlat byudjeti defitsitini qisqartirish

Davlatning ichki va tashqi qarzini qisqartirish

Investitsion faollikni jonlantirish

Naqd pullarga bo‘lgan talabni qisqartirish

Xufyona iqtisodiyotga jiddiy zarba berish
Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash ko‘p 
omilli jarayon hisoblanadi. Shu sababli, har bir omilning ta’sirini to‘g‘ri baholash 
muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin