O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

savdo sharoiti 
ham deb 
yuritiladi. 
Nominal va real valyuta kurslari o‘rtasidagi nisbat quyidagi ko‘rinishga ega
.
Pd 
Yer = En —————— 
Pt 
Bu yerda : Yer – real valyuta kursi; En - nominal valyuta kursi 
Rd – milliy valyutada ko‘rsatilgan ichki baholar darajasi (indeksi); 
Rt – xorijiy valyutada ko‘rsatilgan chet eldagi baholar darajasi (indeksi).
Har ikkala mamlakatdagi baholar darajasi (indeksi) bir xil bazis yilga nisbatan 
berilgan. Real valyuta kursining ko‘tarilishi (pasayishi) bu mamlakat tovarlari 
raqobatbardoshligining pasayganligi (oshganligi) to‘g‘risida guvohlik beradi.
Pul nafaqat muomala yoki to‘lov vositasi, balki jamg‘arish vositasi ham 
hisoblanadi. Iflyasiya sharoitida jamg‘arish vositasi sifatida milliy valyutadan emas, 
balki xorijiy valyutadan foydalaniladi. 


271 
Valyuta bozori, depozitlar (qo‘yilmalar) va qimmatbaho qog‘ozlar bozori bilan 
bevosita aloqaga ega. Bunda asosan foiz me’yorlari asosiy ahamiyatga ega. Agarda, 
foiz me’yorlari baholar o‘sishini qoplasa, mijozlar esa moliya institutlariga ishonch 
hosil qilishsa, jamg‘arma bozori valyuta bozoriga asosiy raqobatchi bo‘lishi mumkin. 
Ko‘pgina mamlakatlarning statistik kuzatishlaridan shu ma’lum bo‘lganki, depozitlar 
va qimmatbaho qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalar o‘sishi bilan, valyuta bozorlariga 
iste’molchilar tomonidan bo‘ladigan ta’sir o‘z-o‘zidan kamayadi. 
Sarmoyachilar qanday qilib bo‘lsa ham o‘zlarining vaqtincha bo‘sh turgan 
resurslaridan unumli foydalanish va shuningdek, nafaqat o‘z resurslaridan, balki xorij 
aktivlaridan ham foydalanish yo‘llarini izlashadi. Chunki, jahon moliya bozorining 
asosiy qismini kapital aktivlar tashkil etadi. 
Agarda, depozit stavkalari oshsa, pul oqimi valyuta kursining oshishiga olib 
keladi. Xorijiy sarmoyadorlar uchun, ya’ni, ushbu mamlakat depozitiga o‘z 
sarmoyalarini qo‘yishni xohlovchilar uchun ularning valyutalari foiz stavkalaridan 
keladigan foydadan ko‘ra qimmatliroq bo‘ladi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin