291
topganligi hammaga ma’lum. Mustaqillik yillarida xom ashyotovarlarining eksportini
sezilarli
darajada
qisqartirishga
erishilgan
bo‘lsa
ham,
hamon
eksport
nomenklaturasida xom ashyohamda to‘liq qayta ishlanmagan tovarlar ustunlik
qilmoqda va ustiga ustak, ularning sifati ham jahon standartlariga to‘g‘ri kelmaydi.
Jahon tajribasining guvohlik berishicha, bir turdagi mahsulotni ko‘plab
miqdorda eksport qilishga moslashish mamlakat iqtisodiyotini ushbu mahsulotning
jahon bozori konyunkturasiga bog‘liq qilib qo‘yadi.
Hukumatimizning bosqichma-bosqich olib borayotgan
tashqi iqtisodiy siyosati
natijasida
O‘zbekiston eksportida mustaqillik yillarida sezilarli tarkibiy
o‘zgarishlarga erishildi.
Eksport hajmining o‘sishi bugungi kunda paxta tolasi, qimmatbaho metallar va
turli xom ashyo yetkazib berish hisobiga emas, balki asosan avtomobillar, neft-kimyo
va metall
mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar, ip-kalava va gazlama, trikotaj mahsulotlari,
sim-kabel mahsulotlari, qurilish materiallari va boshqa shu kabi ko‘plab eksport
tovarlari hajmi va turlarini ko‘paytirish evaziga ta’minlanmoqda.
Buni eksport hajmida tayyor mahsulotlar va xizmatlarning ulushi 53 foizdan
oshgani, paxta tolasining ulushi esa 8 foizgacha kamaygani ham yaqqol tasdiqlaydi.
Eksportning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillardan biri bu eksport
nomenklaturasi tarkibining torligi va deyarli o‘zgarmasligi sharoitida ayrim eksport
xomashyo mahsulotlarining hajmini oshira borishdir. Buning oqibatida, ya’ni ma’lum
bir tovarga eksport taklifining oshirilishi natijasida narxlarning
tushishi va eksport
samaradorligining kamayishi kuzatiladi va bu, o‘z navbatida, respublika valyuta
tushumlari hajmiga putur yetkazadi.
Shu bilan bir qatorda eksport nomenklaturasi ham
yetarlicha keng qamrovli
emas. O‘zbekistonning eksport nomenklaturasi atigi 300 turdagi tovarlarni o‘z ichiga
oladi. Agar ushbu ko‘rsatkichni solishtiradigan bo‘lsak, Xitoy 50000 turdagi
tovarlarni eksport qiladi.
Bu ma’lumotlar O‘zbekistonning eksport tovarlari tarkibining nihoyatda
torligini hamda milliy iqtisodiyotimiz hamon xom ashyobozorlariga sezilarli darajada
bog‘liqliigini ko‘rsatadi.
292
Ushbu masalada, faqat xom ashyo eksportigagina
tayanish mumkinmi, degan
savol tug‘iladi. Albatta, mamlakatning xom ashyoresurslariga boyligi, uning jahon
bozorlarida nisbatan oson sotilishi nuqtai nazaridan afzallikka
egaligini tan olish
kerak. Lekin, mamlakatning xom ashyoresurslariga boyligi bir qator sabablarga ko‘ra
iqtisodiyotning, jumladan tashqi savdoning ijobiy rivojlanishiga yetarli asos bo‘la
olmaydi:
- xom ashyo eksport qiluvchi mamlakat jahon xom ashyobozorlari
kon’yunkturasi va narxlar dinamikasiga bog‘liq bo‘ladi;
- xom ashyo eksporti nisbatan yuqori bo‘lmagan qo‘shimcha yaratilgan qiymat
bilan bog‘liq bo‘lib, xom ashyoning bahosi uning tabiiy cheklanganligiga asoslangan
bo‘ladi.
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida eksportni, uning o‘ziga xos xususiyatlaridan
kelib chiqqan holda,
rivojlantirishga, ya’ni uning hajmini ko‘paytirish,
geografiyasini va tarkibini birmuncha kengaytirishga erishilganligini namoyon
etmoqda.
Dostları ilə paylaş: