282
tomonidan ma’muriy-iqtisodiy dastaklar orqali faol tartibga solib turiladi.
Tashqi
savdoni tartibga solish, aynan umum iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga
solish tamoyillaridan kelib chiqadi.
Tashqi savdoni rivojlantirish va doimiy ravishda takomillashtirib borish davlat
tomonidan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligini talab etadi:
• tashqi savdoni rivojlantirishning aniq dasturlarini ishlab chiqish;
• tashqi savdo faoliyatini rivojlantirishning axborot tizimini yaxshilash;
•
tashqi savdo faoliyati rivojlanishiga qo‘l keladigan zaruriy chora-
tadbirlar tizimini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish;
•
tashqi savdo statistikasini doimiy tarzda yuritib borish;
•
tashqi savdo faoliyati sohasida davlatlararo munosabatlarni keng yo‘lga
qo‘yish;
• tashqi savdo faoliyati qatnashchilarini kredit mablag‘lari
bilan
ta’minlash;
•
eksport kreditlarini kafolatlash va sug‘urtalash bilan shug‘ullanadigan
tizimlar faoliyatini yaxshilash;
•
savdo ko‘rgazmalari, yarmarkalari, maxsus simpozium va konferensiyalar
tashkil etilishini yo‘lga qo‘yish;
• tovarlar va xizmatlar eksportini rivojlantirish bo‘yicha reklama
kompaniyalarini amalga oshirish.
Ma’lumki, mamlakatlar tashqi savdosining rivojlanishi dunyo bozori
konyunkturasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Dunyo bozori
konyukturasi tovarlar va
xizmatlarning talabi va taklifi ta’sirida shakllanadi va o‘zgarib turadi.
Dunyo bozori milliy doiradaga bozorlarga nisbatan o‘zining bir qator jihatlari
bilan farq qiladi.
Birinchidan, agar milliy bozor mamlakatdagi korxonalar o‘rtasidagi ishlab
chiqarish aloqalariga bog‘liq bo‘lsa, dunyo bozori mamlakatlar tashqi iqtisodiy
strategiyasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ikkinchidan, jahon bozorida xalqaro narxlar
tizimi amal qiladi.
283
Davlatlar orasida tovarlar ayirboshlash jarayonlari ning tezlashuvida,
shuningdek savdoning globallashuvi va xalqaro integratsiya jarayonlari ham muhim rol
o‘ynaydi. Globallashuv milliy iqtisodiyot barcha ishlab
chiqarish sohalarini jahon
iqtisodiy tizimi bilan yanada kuchliroq bog‘lanishi uchun yangi imkoniyatlarni
yaratib beradi. Bunday vaziyat, ayrim hollarda kichik va o‘rta biznes subyektlari,
shuningdek yirik milliy tadbirkorlar faoliyatiga o‘zining salbiy ta’sirini ham
ko‘rsatishi mumkin. Biroq, aksariyat hollarda globalizatsiya jarayonlari milliy
iqtisodiyotni erkinlashtirish va uni yanada rivojlantirishshning muhim omili bo‘lib
xizmat qiladi
1
.
Globallashgan jahon iqtisodiyotida maqsadga muvofiq va samarali tashqi savdo
siyosatini olib borish eng asosiy masalalardan biriga aylanadi.
Ana shunday
bnr sharoitda mamlakatlar oldida tashqi savdoni takomillashtirish orqali milliy
iqtisodiyot eksport salohiyatini yuksaltirish va dunyo bozoridan munosib o‘rinni
egallash eng muhim vazifa hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: