O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

 
13.2.
 
Mahalliy budjetlarni balanslashtirish usullari va ularni 
hududlar rivojlanishdagi o‘rni 
Mamlakat hududlarining resurs salohiyati bir xil emasligi, aholi zichligi, sanoat 
tarmoqlarining rivojlanishi darajalaridagi farqlar tufayli aholi jon boshiga to‘g‘ri 
keladigan YaIM, sanoat mahsuloti, pullik xizmatlar, pullik daromadlar kabi 
ko‘rsatkichlar hududlararo farq qiladi. Bu farqlarning chuqurlashuvi, o‘z navbatida, 
milliy iqtisodiyot samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shunday ham rivojlanish 
darajasi past hududlardan kapital qochishi holatlari ro‘y berishi mumkin. Bu esa turli 


237 
hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy rivojlanish darajalarida mavjud bo‘lgan farqni yanada 
chuqurlashtiradi.
Davlat budjet-soliq va pul-kredit siyosati vositalaridan foydalangan holda 
iqtisodiy ko‘rsatkichlar darajasidagi hududiy tengsizlik darajasini yumshatish uchun 
resurslarni qayta taqsimlaydi. Resurslarga boy, sanoati rivojlangan hududlarning 
davlat budjeti daromadlaridagi ulushi yuqori bo‘lgani holda, budjet mablag‘lari 
hududlar o‘rtasida ijtimoiy ehtiyojlarni hisobga olgan holda, kam rivojlangan 
hududlar rivojlanishi darajasini jadallashtirish maqsadlarini ko‘zlab taqsimlanadi. 
Markazlashgan budjetga kelib tushadigan umumdavlat soliqlarining hududlar 
ixtiyorida qoldiriladigan ulushini ko‘paytirish, ayrim hududlarga kiritiladigan 
investitsiyalar hisobiga ishlaydigan korxonalarga soliq imtiyozlarini berish, ularni 
imtiyozli kreditlar bilan ta’minlash, erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish davlat 
hududiy iqtisodiy siyosatining muhim elementlaridan biridir. 
Mahalliy budjetlarning hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati 
juda katta hisoblanadi. Chunki hudud o‘zining belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy 
vazifalarini bajarishda markazlashgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan 
tashqari, asosan, mahalliy budjet mablag‘lariga tayanadi. Mahalliy budjetlar orqali 
xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport muassalarini, mahalliy hokimiyat 
boshqaruv organlarini, kam ta’minlangan oilalarga beriladigan nafaqalar 
moliyalashtirilib boriladi. Boshqaruvning iqtisodiy usullari tizimida mahalliy 
budjetlar alohida olingan hududning kompleks rivojlanishini ta’minlashda, eng 
maqbul hududiy qayta ishlab chiqarish nisbatlarini o‘rnatishda va aholi turmush 
darajasini yaxshilashda faol ro‘l o‘ynaydilar.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, mahalliy budjetlar davlat hokimiyati organlari 
tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etishda foydalaniladi. Boshqaruvning 
iqtisodiy vositasi sifatida ular: 
Birinchidan, hududiy ishlab chiqarishning barcha tomonlariga tavsif berishning 
keng miqyosi; 
Ikkinchidan, mazkur iqtisodiy kategoriyaning qayta taqsimlovchilik xususiyati 
sababli ta’sir etishning yuqori darajasi tarzida namoyon bo‘ladi. 


238 
Boshqaruv budjet usullari tizimining ma’lum bir vaqt emas, balki mahalliy 
boshqaruv organlarini rivojlantirish maqsadlari va masalalarining o‘zgarib turishiga 
muvofiq dastaklar tizimi orqali doimiy ravishda shaklllantirib borilishidan kelib 
chiqadigan egiluvchanlik xususiyati bilan ko‘zga tashlanadi. 
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tsak, mahalliy budjetlarni shakllantirishning qonuniy 
asoslari bo‘lib “ Budjet tizimi to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi 
“budjet kodeksi” O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar 
prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risidagi qarorlari hamda budjet 
tog‘risidagi qonunosti hujjatlari hisoblanadi. 
Mahalliy budjetlar, asosan, mahalliy soliqlar va yig‘imlar orqali shaklllantiriladi. 
Mahalliy soliqlarga esa quyidagilar kiradi: 

mol-mulk solig‘i;

yer solig‘i; 

transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun 
olinadigan soliq; 

ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni 
ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im; 

yagona soliq. 
Yuqoridagi mahalliy soliq va yig‘imlar mahalliy budjet daromadlari sifatida 
qaraladi hamda mahalliy budjet smetasida daromad sifatida aks etadi. Mahalliy 
budjetlar aholini ijtimoiy himoya qilish borasida davlatning olib borilayotgan 
siyosatining joylardagi asosiy tayanchi hisoblanadi. Shuning uchun qariyb aholini 
ijtimoiy himoya qilish xarajatlarining 100foiz mahalliy budjetlar tomonidan
moliyalashtiriladi, ya’ni mahalliy budjet smetasining xarajatlar qismi, asosan, 
ijtimoiy himoya uchun qilingan xarajatlar hisoblanadi. Jami ijtimoiy soha 
xarajatlarining qariyb 80foiz mahalliy budjetlar orqali moliyalashtiriladi.
Mahalliy budjetlar umumdavlat iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarini amalga 
oshirishda, birinchi navbatda, davlat mablag‘larini taqsimlash va ijtimoiy 
infratuzilmani rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir.


239 
Budjetlarni balanslashtirish budjetlar o‘rtasida daromad manbasinig qonun bilan 
biriktirilgan tarzda taqsimlanishi orqali, ya’ni davlat budjeti daromadlarini taqsimlash 
tartibi, hududiy bujetlarga minimal hajmda zarur bo‘lgan daromadlar darajasini 
ta’minlash uchun amalga oshiriladi. Budjetlarni balanslashtirishning to‘rtta usuli 
mavjud: 
A) budjet daromadlarining tartibga soluvchi manbalarini belgilash va 
taqsimlash; 
B) budjet mablag‘larini o‘zini taqsimlash; 
V) quyi budjetlarga yuqori darajadagi budjetlar mablag‘laridan beg‘araz yordam 
ko‘rsatish (dotatsiya, subvensiya, transfertlar va subsidiyalar); 
G) bir budjet mablag‘laridan boshqa budjetlarga ajratiladigan ssudalar. 
Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida mahalliy budjet mablag‘larini ulushi 
qanchalik yuqori bo‘lsa, unda bu hudud shunchalik darajada o‘z oldiga qo‘ygan 
vazifalarini bajarishda ko‘p salohiyatga ega hisoblanadi. Mamlakat hududlarining o‘z 
mahalliy budjet mablag‘laridan foydalanish darajasining yuqoriligi respublika 
darajasidagi dasturlarga ajratiladigan mablag‘larning ko‘payishiga olib keladi va 
ularni amalga oshirishni osonlashtiradi. Shuning uchun mahalliy byudjetlarni 
daromad bazasini oshirish, subvensiya olishini qisqatirishga qaratilgan dastur ishlab 
chiqilgan bo‘lib, uning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 
-
sanoat obyektlarini ishga tushirish,
-
bankrot korxonalarni sog‘lomlashtirish ishlarini amalga oshirish,
-
yangi kichik biznes subektlarini ishga tushirish,
-
amaldagi korhonalarga imtiyozlar berishni qayta ko‘rib chiqish orqali 
ularning sonini kamaytirish,
-
yuqori budjetdan beriladigan daromadlar mexanizmini shakllantirish va 
boshqalar. 
Shu bilan birga, iqtisodiyotning quyidagi tarmoqlarini rivojlantirish mahalliy 
byudjetlarning o‘z daromad manbalarini oshirishga to‘g‘ridan- to‘g‘ri ta’sir 
ko‘rsatadi:
-
sanoat ishlab chiqarish,


240 
-
qishloq ho‘jaligiga ixtisoslashgan hududlarda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini 
qayta ishlashga yangi texnologiyalarini jalb etish,
-
xizmatlar sohasini rivojlantirish va h.k.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin