115
7-BOB. IQTISODIY ISLOHOTLARNI AMALGA OSHIRISHDA
TARKIBIY SIYOSAT
7.1. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining mohiyati va tarkibiy o‘zgarishlar
siyosati
Milliy iqtisodiyotda yangi tarmoqlar paydo bo‘lishi, ularning soni ko‘payishi
ishlab chiqarilayotgan (eksport qilinayotgan) tovarlar va xizmatlar nomenklaturasi va
assortimentining kengayishiga, tarmoq va sohalarning har tomonlama modernizatsiya
va diversifikatsiya qilinishiga zamin yaratadi. Iqtisodiyotda
modernizatsiya va
diversifikatsiya darajasi uning tarkibiy tuzilishi qanchalik takomillashganligiga
bog‘liq.
Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish jarayonining mohiyatini chuqur bilib olish va
baholash uchun dastlab, iqtisodiyotning tarkibi qanday
tuzilmalardan iboratligini
aniqlab olish zarurdir. Chunki, mamlakat iqtisodiyoti – murakkab tuzilmaviy
majmuadir.
24
Ya’ni u tarkibiy, funksional,
algoritmik, boshqaruv va o‘zaro aloqaviy
munosabatlar kabi turli xil qirralardan iborat.
Iqtisodiyotning tuzilmaviy murakkabligi uning birliklarining xilma-xilligi, soni
va ular o‘rtasidagi munosabatlarning turliligi,
iyerarxik darajasining miqdori,
makroiqtisodiyot birliklari xarakteri bilan ifodalanadi.
Fransuz iqtisodchisi F.Perru iqtisodiy tarkibga izoh berar ekan: “iqtisodiy
birlikning tarkibi ayni sharoitda va shu lahzada uni tavsiflaydigan proporsiyalar va
nisbatlar majmui”- deb ta’riflaydi.
Iqtisodchi olim M.Mutalimovning fikricha esa, milliy xo‘jalik tarkibi ayni
damda shakllangan iqtisodiy tarkib va qamrovdan iborat mutanosibliklar va nisbatlar
majmui bo‘lib, ishlab chiqarishda jami mehnat taqsimotining
rivojlanishi natijasi
hisoblanadi.
25
24
В.И. Кушлин, Н.А.Волгин «Государственное регулирование рыночной экономики» Москва, Издательство
“Экономика” 2000г.
25
Муталимов М.Г. Основы экономической теории: Учеб-метод. пособие.-Мн.: Интерсервис, Экоперспектива
2004г.
116
Demak, iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi – iqtisodiyotning
turli qism va
bo‘laklari
o‘rtasidagi mutanosibliklar va o‘zaro nisbatlar yig‘indisidir.
Iqtisodiyotning hozirgi tarkibiy tuzilishini esa ijtimoiy mehnat taqsimotining uzluksiz
jarayoni, jamiyatning ijtimoiy tuzilmasini tashkil topishi, inson ehtiyojlarining o‘sishi
va murakkablashuvi, ilmiy texnik taraqqiyot va shu asosda ishlab chiqarish
kuchlarining murakkablashuvi ta’sirida shakllangan deb aytishimiz mumkin.
Iqtisodiyotning
tuzilmaviy
nisbatlari
va
mutanosibliklarini
ko‘pchilik
adabiyotlarda asosan besh turga bo‘lib o‘rganiladi.
26
Bular quyidagicha:
1)
tarmoqlararo nisbat;
2)
hududlararo mutanosibliklar;
3)
ijtimoiy-iqtisodiy;
4)
takror ishlab chiqarish;
5)
tashqi iqtisodiy tuzilmaviy nisbatlar.
Dostları ilə paylaş: