6.5. O‘zbekiston tijorat banklarida bank nazoratining xalqaro
standartlarini qo‘llash amaliyoti
Ma’lumki, moliyaviy bozorlarning globallashuvi nazorat organlarining o‘zaro
munosabati va xalqaro darajada axborot almashinuvi bo‘yicha yangi vazifalarni
yuzaga keltiradi. Shu munosabat bilan, bank nazorati sohasida boshqa moliyaviy
bozorlarda bo‘lgani kabi qator xalqaro standartlar ishlab chiqilishi va joriy qilinishi
lozim.
Xalqaro bank nazoratining quyidagi ikkita asosiy maqsadi mavjud:
1. kredit institutlari xususiy kapitali miqdori va sifatiga qo‘yiladigan talablarni
ishlab chiqish;
2. bank tavakkalchiliklarini boshqarish va nazorat qilish bo‘yicha talablar va
tavsiyalar ishlab chiqish.
Banklarni tartibga solish va nazorat qilish jarayoniga aktiv ta’sir qiluvchi –
xalqaro standartlarni joriy qiluvchi muhim tashkilot bank nazorati bo‘yicha Bazel
qo‘mitasidir (BNBQ).
Qo‘mita
1974-yilda
G10
davlatlari
markaziy
banklari
tomonidan
Shveytsariyaning Bazel shahrida Xalqaro hisob-kitoblar banki (Bank for
International Sattlements) qoshida tashkil etilib, dastlabki hujjatni (Concordat on
cross-border supervision) 1975-yilda chop qildi. Bazel qo‘mitasi o‘zi ishlab
chiqadigan standartlarni boshqa xalqaro me’yorlarni ishlab chiquvchi tashkilotlarning
talablariga muvofiqlashtirish maqsadida jahonning ko‘plab tashkilotlari bilan
hamkorlik qiladi.
Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi (BNBQ) asosan quyidagi hujjatlari
bilan mashhur:
Nazorat bo‘yicha xalqaro kelishuv (Concordat on cross-border supervision
1975)
Bazel I (1988)
Bozor tavakkalchiligi bo‘yicha tuzatish (Market risk amendment 1996)
Bazel II (2004)
Bazel 2.5 (2009)
108
Bazel III (2010)
Samarali bank nazoratining asosiy tamoyillari (Core Principles for Effective
Banking Supervision (revised 2010))
1988-yilda bank kapitalining yetarliligini baholash tizimi bo‘lgan “Kapitalni
hisoblash va kapital standartlari bo‘yicha xalqaro konvergensiya” (Bazel I) hujjatini
ishlab chiqish BNBQ faoliyatida muhim qadam bo‘ldi.Tijorat banklari ustidan
nazorat qilish standartlari Qo‘mitaning “Bank faoliyati ustidan samarali nazoratning
asosiy tamoyillari” (Bazel tamoyillari) nomli tavsiyaviy tusga ega bo‘lgan
hujjatda
o‘z aksini topgan.
BNBQ Bazel I standartining asosiy tamoyillarini ishlab chiqishda quyidagilarga
asoslandi:
a)
nazoratning asosiy maqsadi moliyaviy tizimning barqarorligini ta’minlash va
unga ishonchni oshirish, pirovardida omonatchilar va kreditorlarning yo‘qotish
tavakkalchiligini eng past darajaga tushirish;
b)
nazorat organlari tomonidan yuqori malakali korporativ boshqaruvni
rag‘batlantirish hamda ochiq bozorni va nazoratni rivojlantirish orqali bozor
intizomining ta’minlanishiga imkon yaratilishi zarur;
c)
nazorat organi o‘z vazifasini muvaffaqiyatli bajarishi uchun operativ
mustaqillikka ega bo‘lishi, kuzatish, shuningdek joyida tekshirish o‘tkazish yo‘li
bilan tegishli ma’lumotlarni yig‘ish imkoniyatiga ega bo‘lishi, shu bilan birga o‘z
qarorlariga majburiy tus berish vakolatiga ega bo‘lishi lozim;
d)
nazorat organlari bank faoliyatining mohiyati to‘g‘risida yaxshi tasavvurga
ega bo‘lishi va imkoni boricha nazoratidagi banklar o‘zlari qabul qilayotgan
tavakkalchiliklarni boshqarishiga erishishi lozim;
e)
samarali nazorat quyidagilarni, ya’ni alohida banklar tomonidan qabul
qilinayotgan tavakkalchiliklar miqdori va xarakteri baholanishini va bu baholarga
nazoratning xususiyati mos kelishini talab qiladi;
f)
nazorat organlari quyidagilarga ishonch hosil qilishi lozim: bank o‘zi qabul
qilgan tavakkalchiliklarga mos ravishda resurslarga ega bo‘lishi, xususan kapital
yetarliligi, yuqori malakali boshqaruv hamda nazorat va hisob tizimini shakllantirish;
109
g)
nazorat organlari o‘zaro uzviy hamkorlikda ishlashi zarur.
Bazel I hujjati regulyatorlar (aksariyat davlatlarda Markaziy bank) tomonidan
banklar ustidan nazoratning unifikatsiyalashgan umumjahon tizimini yaratishda asos
vazifasini bajardi.
Mamlakatimizda 1998-yilda Bazel qo‘mitasining mazkur tavsiyalari hamda
xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda, tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi
me’yoriy hujjatlar majmui ishlab chiqildi.
Tijorat banklarini ro‘yxatga olish va litsenziya berish qoidalarini, bank
kapitalining yetarliligi va likvidligiga qo‘yilgan talablarni, aktivlar sifatini tasniflash
va ular bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxiralar yaratish talablarini, banklar
va ularga daxldor shaxslar bilan o‘tkaziladigan operatsiyalarga qo‘yilgan talablar
hamda bir qarzdor yoki o‘zaro daxldor qarzdorlar guruhiga to‘g‘ri keluvchi
tavakkalchilikning eng yuqori darajasini belgilovchi me’yoriy hujjatlar shular
jumlasidandir.
Bank kapitalining yetarliligini baholashning yangi yondashuvlarini rivojlanishi
natijasi o‘laroq, 2004-yil 26-iyunda bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining
yangilangan hujjati –Bazel II qabul qilindi.
Bazel II standartlari bank tavakkalchiliklarini boshqarish tizimini va bank
nazorati tizimini rivojlantirishga qaratilgan va samarali bank nazoratining eng muhim
tamoyillarini amalga oshirishning ahamiyatli elementlarini o‘z ichiga oladi. Bazel II
hujjati uchta asosiy komponentga (Pillar 1, 2, 3) bo‘lingan. Ularning birinchisi (Pillar
1) kapital yetarliligiga qo‘yilgan eng kam talablarni o‘rnatadi; ikkinchisi (Pillar 2)
bankning kapital yetarliligini nazorat qilishni tashkil etishga qaratilgan; uchinchisi
(Pillar 3) esa bozor intizomiga rioya etish, transparentlik tamoyilini yo‘lga qo‘yish va
banklar tomonidan qabul qilinadigan tavakkalchiliklarni ochib berish bo‘yicha
masalalarga bag‘ishlangan. Shuningdek, Bazel II hujjati kredit tavakkalchiligiga
alohida (standartlashgan, ichki reytingga asoslangan) yondashuvlarni taklif etadi.
Jahon hamjamiyatida Bazel II standartlari 2006-yil dekabr oyida rasmiy kuchga
kirdi.
110
Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi 2007-2008-yillardagi jahon moliyaviy
inqirozidan olingan saboqlar natijasida dastlab 2009-yil dekabr oyida “Bank sektorini
barqarorligini oshirish” maslahat hujjatini (Consultative document), keyinchalik,
aniqrog‘i 2010-yil dekabrda Bazel III: Likvidlilik tavakkalchiligini hisoblash,
mezonlar va monitoring bo‘yicha xalqaro standartlarni(Basel III: International
framework for liquidity risk measurement, standards and monitoring) va Bazel III:
Yanada barqaror banklar va bank tizimini tartibga solishning global standartlarini
(Basel III: A global regulatory framework for more resilient banks and banking
systems
) chop etdi.
BNBQga ko‘ra, Bazel III standartlarining ikkita asosiy maqsadi mavjud:
yanada barqaror bank tizimini shakllantirish maqsadida bank kapitali va
likvidligini boshqarish bo‘yicha xalqaro me’yorlarni takomillashtirish;
bank sektorining moliyaviy va iqtisodiy inqirozlar oqibatlarini bartaraf etish
qobiliyatini yaxshilash, pirovardida bunday muammolarni iqtisodiyotning moliyaviy
sektoridan real sektoriga o‘tish tavakkalchiligini kamaytirish.
Bu maqsadlarga erishish uchun Bazel III standartlari quyidagi asosiy
yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘linadi:
1)
kapitalni isloh qilish (shu jumladan, kapitalning sifat va miqdori, barcha
tavakkalchiliklarni inobatga olish, qarz yuki koeffitsientini, konservatsiya va
kontrsiklik bufer kapitali tushunchalarini joriy etish);
2)
likvidlilikni isloh qilish (qisqa (LCR) va uzoq (NSFR) muddatli);
3)
moliyaviy tizimni barqarorligini takomillashtirishga qaratilgan boshqa
elementlar.
Mamlakatimizda bank tizimini tartibga solish va nazorat qilishni xalqaro tan
olingan andozalarga mos ravishda takomillashtirish maqsadida doimiy ishlar olib
borilmoqda. O‘zbekiston bank tizimida kapitalning yetarlilik darajasi tavakkalchilikni
hisobga olgan holda hisoblangan aktivlarning 23,7 foizini tashkil etmoqda. Bu bank
nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tomonidan belgilangan standart ko‘rsatkichidan
qariyb 3 baravar ko‘pdir.
111
Davlat rahbarining 2010-yil 26-noyabrdagi “2011-2015-yillarda Respublika
moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori
xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PQ-
1438-son Qarori qabul qilinib, unda moliya-bank faoliyatining normativ-huquqiy
bazasini yanada takomillashtirish, shuningdek, Bazel qo‘mitasi tomonidan
belgilangan xalqaro standartlar talablariga muvofiq tijorat banklarini yanada
kapitallashtirish va likvidligini oshirish, respublika moliya-bank tizimini yanada isloh
qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga
erishish ustuvor yo‘nalishlar etib belgilandi.
Bugungi kunda mamlakatimizning barcha tijorat banklari “Fitch Reytings”,
“Mudis” va “Standart end Purs” kabi yetakchi xalqaro reyting agentliklarining
“barqaror” baholariga ega. Ta’kidlash joizki, respublikamizning yetakchi banklari –
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka bank”, “Ipoteka-bank”,
“O‘zsanoatqurilishbank”, “Agrobank” va “Ipak yo‘li” banki bir yo‘la ikkita yetakchi
xalqaro reyting agentliklarining “barqaror” reyting baholarini olgan.
Yurtimizda bank nazorati samarali yo‘lga qo‘yilganligining xalqaro hamjamiyat
tomonidan ham tan olinishi mamlakat bank tizimiga bo‘lgan ishonchni oshirishning
asosiy omillaridan biridir.
Binobarin, 2015-yilning aprel va may oylarida yurtimizda bo‘lgan Xalqaro
valyuta jamg‘armasi missiyasi “O‘zbekiston iqtisodiyoti Yevropa va Rossiyadagi
iqtisodiy faollikning sustligi, shuningdek, neft narxining pastligi bilan izohlanadigan
qiyin tashqi sharoitda ham o‘z barqarorligini namoyon etmoqda. Pul-kredit siyosati
ham moslanuvchanlik darajasida saqlanib turibdi. O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki 2014-yilning yanvar oyidan asosiy stavkani, qayta moliyalashtirish
stavkasini 12 foizdan 9 foizga tushirdi. Iqtisodiyotda kreditlar hajmi yuqoriligicha
qolmoqda.
Bank sektori barqarorlik, izchil kapitallashuv va yuqori likvidlik darajasini
saqlab
qolmoqda.
2014-yilda
garov
ta’minotini
ro‘yxatga
olishning
markazlashtirilgan tizimi joriy etilgani moliyaviy resurslardan foydalanishni
kengaytirish imkonini berdi”, deb bayonot berishi fikrimizning yaqqol dalilidir.
112
Mamlakat bank tizimining barqaror va samarali faoliyat yuritishini ta’minlash
masalasi bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmadi. Yurtboshimizning 2015-
yil 6-maydagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va
ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2344-son
Qarorining qabul qilinishi bilan yurtimiz bank tizimini rivojlantirishning kelajakdagi
rejalari belgilab berildi.
Xususan, mazkur Qaror bilan Markaziy bankka bank nazorati bo‘yicha Bazel
qo‘mitasining Bazel-III standartlarini 2015-2019-yillarda bosqichma-bosqich joriy
etilishini ta’minlash yuklatildi.
Dostları ilə paylaş: |