O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat


Ishsizlik darajasi =(ishsizlar soni / ishchi kuchi soni)x100



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

 
Ishsizlik darajasi =(ishsizlar soni / ishchi kuchi soni)x100 


46 
Ishsizlikning quyidagi turlari mavjud: 
Friksion ishsizlik.
Unga ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan 
ta’minlanishni kutayotgan ishchi kuchi kiradi. Ishsizlikning bu turi asosan ish yoki 
turar joylarni o‘zgartirish, o‘quv yurtlarini tugatish va shuningdek, boshqa 
sabablardan kelib chiqadi. U doimo mavjud bo‘lib, ma’lum bir darajada kerakli 
hisoblanadi. 
Tarkibiy ishsizlik.
Tarkibiy ishsizlar guruhiga ishlab chiqarish strukturasining 
o‘zgarishi natijasida ishchi kuchiga talab tarkibining o‘zgarishi natijasida ishsiz 
qolganlar kiradi. Unga asosan malakalarini o‘zgartirishi va oshirishi, ma’lumot olishi, 
yangi kasb egallashi lozim bo‘lgan ishsizlar guruhlari kiradi.
Davriy ishsizlik
asosan ishlab chiqarishning pasayishi natijasida ishchi kuchiga 
bo‘lgan talabning kamayishidan paydo bo‘ladi. Davriy pasayish tovar va xizmatlarga 
bo‘lgan yalpi talabning kamayishini, shunga muvofiq, yalpi tatalabning kamayishini, 
va oqibatda aholining ish bilan bandligi qisqarishi va ishsizlikning o‘sishini bildiradi. 
To‘la ish bilan bandlik
ishchi kuchining 100 foiz ish bilan ta’minlanganligini 
bildirmaydi. Aksincha, friksion va strukturali ishsizlik ilojsiz hol bo‘lganligini 
hisobga olsak, biz mutlaq to‘la ish bilan bandlilikka erishib bo‘lmasligini tushunamiz. 
Agarda davriy ishsizlik bo‘lmasa, u holda to‘la ish bilan bandlilikka erishiladi. 
To‘la ish bilan bandlik davridagi ishsizlik, 
ishsizlikning tabiiy darajasi
deyiladi. 
Bunga ish qidiruvchilar soni bo‘sh ish joylari soniga muvofiq kelsagina erishish 
mumkin. Ishsizlikning tabiiy darajasi friksion va tarkibiy ishsizlik yig‘indisiga teng 
bo‘ladi. 
Ishsizlikning tabiiy darajasi doimiy emas, chunki u iqtisodiy vaziyat, qonun va 
milliy an’analar bilan bog‘liq holda o‘zgarib turadi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi mamlakatdagi oxirgi o‘n yilda mavjud bo‘lgan 
haqiqiy ishsizlik darajasi va keyingi o‘n yil uchun prognoz qilib hisoblangan ishsizlik 
darajalarining o‘rtacha miqdori sifatida belgilanadi. Umumiy holda ishchi kuchi ish 
bilan band va faol ish qidirib yurgan ishsizlarga bo‘linadi.


47 
Barcha mavjud resurslardan to‘liq foydalanish yoki ishsizlikning tabiiy darajasi 
holatida iqtisodiyotda yaratilishi mumkin bo‘lgan mahsulot hajmini iqtisodiyotning 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin