Metrologiya, standartlashtirish va sifatni


nomidan sifat kafolati bo‘lib xizmat qilishi mumkin edi



Yüklə 15,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/162
tarix14.12.2023
ölçüsü15,19 Mb.
#179450
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   162
1666003133-1

nomidan sifat kafolati bo‘lib xizmat qilishi mumkin edi.
Xalqaro amaliyotda bunday holatlar ko‘p uchrab turganligi
uchun Xalqaro Standartlashtirish Tashkilotining (ISO) 176 qo‘mi-
tasi 1987-yili BS 5750 asosidagi qator standartlarni nashr qildi,
bu ISO 9000 standartlarining bazaviy seriyasi edi. 1987-yildan
boshlab 9000 seriyali ISO standartlarini ishlab chiqish davom etdi.
Yangi 9000 seriyali ISO standartlarini ishlab chiqish bilan bir
qatorda, 1987-yil qabul qilingan asos bo‘luvchi standartlarni qayta
ko‘rib chiqish rejalashtirildi. Qayta ko‘rib chiqish 1994-yil va 2000-
yillarda ikki bosqichda amalga oshirildi.
ISO 9000:2000 seriyali ISO standartlarining uchinchi tahriri
bo‘lib, u quyidagi standartlardan iborat:
— 
ISO 9000:2000 Sifat menejmenti tizimi. Asosiy qoidalar va
lug‘at;
17


— ISO 9001:2000 Sifat menejmenti tizimi. Talablar;
— ISO 9004:2000 Sifat menejmenti tizimi. Faoliyatni yax-
shilash bo‘yicha tavsiflar.
Ushbu standartlar O‘zbekiston Respublikasida 2002-yil Davlat
standartlashtirish tizim ida O ‘z D St ISO 9000:2002 «Sifat
menejmenti tizimi. Asosiy qoidalar va lug‘at» nomi bilan xalqaro
standartlarga uyg‘unlashgan davlat standarti qabul qilindi.
2005-yil ISO 9000 standartining ayrim atama va ta’riflariga
o ‘zgartirishlar kiritildi va 2008-yilda ISO 9001 standarti qayta
nashr etildi.
H ozirgi kunda ISO 9001:2008 standarti O ‘z D St ISO
9001:2009 standarti sifatida O‘zbekistonda qabul qilingan va
respublikamizda sifat tizimini keng darajada joriy qilishda asosiy
m e’yoriy hujjat sifatida amal qilinib kelinmoqda.
1.3. «Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish»

Yüklə 15,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin