boshqaruvi vakolatli idoralari tomonidan belgilanadigan davlat talablari o ‘rnatiladi. Nizom ga asosan standartlashtirishning quyidagi obyektlari belgilangan: — ta’lim fanlari va predmetlarining tuzilmasi, mazmuni, o ‘quv yuklamasining hajmi, o ‘quvchilar va bitiruvchilarning malaka darajasi va tayyorlash sifati; — talablar, m e’yorlar va qoidalar, pedagogik va axborot texno- logiyalari, o ‘qitish metodlari va vositalari, shuningdek, ta’lim tizimida foydalaniladigan atamalar, tushunchalar va toifalar; — o ‘quvchilarning bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash, bitiruvchilarning sifati, pedagogik va ilmiy-pedagogik kadrlarning ta’lim faoliyatini tekshirish-aniqlash jarayonlari. Nizomda davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish, ko‘rib chiqish va tasdiqlashning quyidagi tartibi belgilangan: — davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish tanlov shartlari yoki ta’lim boshqaruvining vakolatli idoralari e ’lon qiladigan inno- vatsion loyihalar asosida amalga oshiriladi; — Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirish Res- publika komissiyasi standartning loyihasini ekspertiza qiladi va eksperimental tekshiruvni o ‘tkazadi; — O ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasining xulosasi asosida davlat ta’lim standarti va unga kiritilgan o ‘zgartirishlarni tasdiqlaydi. 19
O ‘rta maxsus ta ’lim. O ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yan-