davlat metrologiya xizmati; yuridik shaxslarning metrologiya xiz- matlariga tegishli ma’lumotlar keltirilgan. Qonunning IV bo‘limi 12—19-moddalar va 18-moddaga qo‘- shimcha moddadan tashkil topgan bo‘lib, unda davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini o ‘tkazish tartibi; davlat metrologiya tek- shiruvi va nazorati obyektlari; davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan sohalar; davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati turlari; o ‘lchov vositalarining turlarini tasdiqlash; o ‘lchov vositalarini tekshiruvdan o ‘tkazish, o ‘lchov vositalarini kalibrlash; o ‘lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasi bilan shug‘ullanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning faoliya- tiga litsenziya berish; metrologiya ishlari va xizmatlarini amalga oshirish huquqi bilan ta’minlash uchun yuridik va jismoniy shaxs- larni akkreditatsiya qilish; metrologiya m e’yorlari va qoidalarini buzganlik uchun javobgarliklar keltirilgan. Qonunning V bo‘limi 20—21-moddalardan iborat va unda metrologiya ishlarini davlat tomonidan moliyaviy ta’minlash; metrologiya ishlari va xizmatlari uchun haq to ‘lash tartiblari kel tirilgan. Qonunda metrologiya sohasidagi atamalar va ta’riflar, davlat boshqaruv vakolatli idorasining faoliyat sohasi, fizik kattaliklarning birliklari, ularni qayta tiklash va qo‘llash, O‘zbekiston Respub likasining metrologik xizmatlari, davlat metrologik tekshiruv va nazorati, metrologiya bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish belgilangan. O‘lchashlar birliligi o ‘lchash holati sifatida belgilangan. Bunda o ‘lchash natijalari qonunlashtirilgan birliklarda ifodalanadi va