Metrologiya, standartlashtirish va sifatni


mustaqil turi deb belgilaydi



Yüklə 15,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/162
tarix14.12.2023
ölçüsü15,19 Mb.
#179450
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   162
1666003133-1

mustaqil turi deb belgilaydi.
Oliy ta’lim ikki bosqichga ajratilgan: bakalavriat va magistratura.
Bakalavr va magistr akademik darajalari oliy ta’limning tegishli
darajasi dasturini muvaffaqiyatli o ‘zlashtirgan talabalarga beriladi.
Oliy ta’limning birinchi bosqichi sifatida bakalavriatura uchun
o ‘qish muddati kamida 4 yil, magistratura uchun esa kamida 2 yil
qilib belgilangan.
Bakalavriaturada ta’lim dasturlari ta’limning uzluksizligi va
umumiy o ‘rta va o ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining uyg‘un-
lashgan davomi ekanligi va fanlarning quyidagi majburiy bloklari-
ning talabalar tomonidan o ‘zlashtirilishini hisobga olishi lozim:
— gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar;
— matematik va tabiiy-ilmiy fanlar;
umumkasbiy fanlar;
— maxsus fanlar;
— qo‘shimcha fanlar.
Magistraturaning ta’lim dasturlari ta’limning uzluksizligi va
bakalavriat ta’lim dasturlarining davomi ekanligini hisobga olgan
holda ishlab chiqiladi va fanlarning quyidagi majburiy bloklarining
talabalar tomonidan o ‘zlashtirilishini nazarda tutishi lozim:
— umummetodologik fanlar;
mutaxassislik fanlari;
— ilmiy faoliyat.
Magistratura ta’lim dasturlari, shuningdek, mustaqil ta’lim va
talabalarning tanlov fanlari, yakuniy davlat attestatlashini nazarda
tutishi lozim.
23


Bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha, oliy ma’lumotli shaxslar
tomonidan egallanishi lozim bo‘lgan lavozimlarda mustaqil ishlash,
tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha oliy ta’limni magistraturada davom
ettirish, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida qo‘shimcha
kasbiy ta’lim olishga tayyorlanadi.

Yüklə 15,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin