Magistr mustaqil ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va boshqaruv faoliyati, aspiranturada ta’lim olish va qayta tayyorlash, malaka oshirish tizimida o ‘qishga tayyorlangan bo‘lishi lozim. O‘quv yuklamasining eng ko‘p hajmi auditoriya va auditoriya- dan tashqari ishlarni o ‘z tarkibiga olgan holda, bakalavr va magistr- lar uchun haftasiga 54 soat, kunduzgi o ‘qitish shaklida auditoriya darslarining eng ko‘p hajmi haftasiga 36 soat hajmda o ‘rnatilishi lozim. O‘z DSt 1006:2001 da bakalavriatura va magistraturada o ‘qitish m e’yoriy muddatlari va o ‘quv vaqti umumiy hajmining taqsimoti belgilangan. Bakalavriatura yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlarni tayyorlash sifatini tekshirish o ‘z tarkibiga ichki, yakuniy davlat, jamoa-davlat va tashqi tekshiruvlarni olishi lozim. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari tasniflagichida birinchi raqam mutaxassislik kodini, ikkinchi raqam yo‘nalish kodi- ni, uchinchi raqam ta’lim sohasi kodini, to ‘rtinchi va beshinchi raqamlar bilim sohasi kodini, oxirgi raqamlar ta’lim dasturlari darajasining kodini ifodalaydi. Masalan, «Metrologiya, standart- lashtirish va sertifikatlashtirish» ta’lim yo‘nalishi 5521600 kodi bilan ifodalangan. Nazorat savollari 1. «Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish» fanini o‘rga- nishning tabiiy zarurligi. 2. Metrologiyaning fan sifatida shakllanib borish jarayoni qanday kechgan? 3. Qanday ko‘hna va qadimiy o‘lchash birliklarini bilasiz? 4. Fanning rivojlanishida o‘ziga xos hissa qo‘shgan olimlardan kimlarni bilasiz? 24