o ‘lchashlarning xatoliklari belgilangan ehtimollik bilan berilgan. Qonunga muvofiq metrologiya faoliyati davlat boshqaruvini metrologiya bo‘yicha milliy idora — O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart» agentligi) amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o ‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to ‘g‘risida»gi 410-sonli, 1996-yil 9-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi M illiy 26
etalon bazasini shakllantirish va metrologik ta’minlashni takomil- lashtirish to‘g‘risida»gi 53-sonli qarorlariga muvofiq metrologik faoliyatning ba’zi sohalari aniqlangan. O ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-sonli «O‘zbekiston davlat standartlashtirish, met rologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to ‘g ‘risida»gi qarorida «O‘zstan- dart» agentligining tashkiliy tuzilmasi, asosiy vazifalari, ishlari va huquqlari belgilangan. 2.2. Metrologiya sohasi bo‘yicha asosiy atamalar va ta’riflar Metrologik m e’yorlar va qoidalarning xalqaro va tarmoqlararo ahamiyatini hisobga olgan holda o ‘zaro tushunish va harakatlarni kelishishda metrologik atamalarning birliligi va qabul qilingan tushunchalarga aniq rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasining «Metrologiya to ‘g‘risida»gi Qo- nunida metrologiya bo‘yicha quyidagi asosiy atamalarning izohi berilgan. Metrologiya — o ‘lchashlar, ularning yagona birlikda bo‘lishini