METROLOGIYA FAOLIYATIGA DOIR TAYANCH TUSHUNCHALAR VA BILIMLAR 2.1. O ‘zbekiston Respublikasining «Metrologiya to ‘g ‘risida»gi Qonuni O ‘zbekiston Respublikasi O ‘lchashlar birliligini ta’minlash tizi- mining huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasining metrologiya sohasidagi qonunlari va hujjatlaridan iborat. 1993-yil 28-dekabrda O ‘zbekiston Respublikasining 1004-XII- sonli «Metrologiya to ‘g ‘risida»gi Qonuni (keyinchalik — Qonun) qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekistonda o ‘lchashlar birli ligini ta’minlash tizimi (O‘z O‘BTT)ning qonuniy asosi yaratildi. Qonun 5 ta bo‘lim, 21 ta moddadan iborat bo‘lib, qonunning bo‘limlari quyidagicha nomlanadi: I bo‘lim. Umumiy qoidalar; II bo‘lim. O‘lcham birliklari, ularni qayta hosil qilish va qo‘llash; III bo‘lim. O‘zbekiston Respublikasining metrologiya xizmatlari; IV bo‘lim. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati; V bo‘lim. Metrologiya ishlarini moliyaviy ta’minlash. Qonunning I bo‘limi 1—4-moddalar va 4-moddaga qo‘shim- cha moddadan tashkil topgan bo‘lib, u asosiy tushunchalar; metro logiya to‘g ‘risidagi qonun hujjatlari; xalqaro shartnomalar va bitim- lar; metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarish; o ‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga oid me’yoriy hujjatlarga bag‘ishlangan. Qonunning II bo‘limi 5—8-moddalardan tashkil topgan bo‘lib, bu moddalar fizik o ‘lcham birliklari; fizik o ‘lchamlar birliklarining etalonlari; o ‘lchov vositalari, o ‘lchovlarni bajarish uslubiyotlariga bag‘ishlangan. Qonunning III bo‘limi 9—11-moddalardan tashkil topgan va unda O ‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmatining tuzilishi;