yo‘nalishi uchun davlat ta’lim standarti talablari O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to ‘g‘risida»gi Qonunida (1997-y.) ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri sifatida «Davlat standartlari doirasida ta’limning hamma uchun ochiqligi» ko‘rsatilgan. Qonunga muvofiq Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash O ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatiga berilgan. Ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatga ega davlat idoralari davlat ta’lim standartlarining bajarilishini ta’minlashlari lozim. Ta’limning barcha turlari bo‘yicha davlat ta’lim standartlariga asosan Milliy dasturda uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan. Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1998-yil 5-yanvarda «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to ‘g‘risida»gi 5-sonli qaror qabul qilingan. Bu qarorga ko‘ra, «Davlat ta’lim standartlari to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlangan va ta’limning tegishli turlari bo‘yicha davlat ta’lim standartlarining loyihalarining huquqiy va texnik ekspertizasi bo‘yicha ekspertlar guruhi tuzilgan. 18
Qarorda ta’limning tegishli turlari uchun standartlarni bosqich- ma-bosqich kiritish muddatlari tasdiqlangan. Nizomga muvofiq standartlar ta’limning quyidagi turlari uchun o ‘rnatiladi: — umumiy o ‘rta ta’lim, shu jumladan, boshlang‘ich ta’lim; — o ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (akademik litseylar, kasb- hunar kollejlari); — oliy ta’lim (bakalavriat, magistratura). Maktabgacha, maktabdan tashqari, oliy o ‘quv yurtidan keyingi ta’lim, malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash uchun davlat