Darajaga ko‘tarilgan birlikning karrali va ulushli birliklar nomi old qo‘shimchani asosiy birlik nomiga qo‘shib yozish bilan hosil qilinadi. Masalan, yuza birligining karrali yoki ulushli birligini hosil qilish uchun old qo‘shimchani asosiy birlik — metrga qo‘shish kerak: kilometrning kvadrati, santimetrning kvadrati va h.k. Darajaga ko‘tarilgan birlik olingan karrali va ulushli birliklari ning belgilarini shu daraja ko‘rsatkichini mazkur birlikdan olin gan karra yoki ulush belgisiga qo‘shib tuzish lozim , shunda ko‘rsatkich karrali (yoki ulushli) birlikning (old qo‘shimcha bilan birga) darajaga ko‘tarilganligini ifodalaydi. To ‘g ‘ri: kilopaskal- sekund taqsim metr (kPa-s/m). N o to ‘g ‘ri: paskal-kilosekund taqsim metr (Pa-ks/m). 42
Misollar: 1. 5 km2 = 5 ■ (103 m )2 = 5 • 106 m2. 2. 250 sm3/s = 250 ■ (10-2m )3/s = 250 • 10-6 m3/s. 3. 0,002 sm-1 = 0,002 ■ (10-2 m)-1 = 0,002 100 m-1=0,2 m-1 Birliklar va o ‘lchamlarni belgilash va yozish qoidalari. Kattaliklar qiymatini yozish uchun birliklarni harflar bilan yoki maxsus belgilar (...°, ...', ...") bilan belgilash lozim. Birliklarning harfli belgilari to ‘g ‘ri shrift bilan bosilishi kerak. Birliklar belgilarida nuqta qisqartirish belgisi sifatida qo‘yilmaydi. Birliklarning belgilari kattaliklarning raqamli qiymatlaridan keyin shu satrda (boshqa satrga o ‘tkazmasdan) joylashtirilishi lozim. Agar birlik belgisi oldidagi sonli qiymat egri chiziqli kasr ko‘rinishida bo‘lsa, u qavsga olinishi kerak.