SI ning maxsus nomi va belgilanishiga ega bo‘lgan hosilaviy birliklari 2.3-jadvalda ko‘rsatilgan. SI ning elektr va magnit kattaliklarining birliklarini elektro- magnit maydoni tenglamalarini ratsionallashtirilgan shakliga muvofiq hosil qilish lozim. Bu tenglamalarga vakuumning magnit doim iyligi m0 kiradi. Uning aniq qiymati 4 p 10-7 N /m yoki 12,566370 614...-10-7 N /m (aniq)ni tashkil qiladi. O‘lchovlar va tarozilar XVII Bosh konferensiyasining (O‘TBK, 1983-y.) qarorlariga muvofiq, uzunlik birligi — metr yangi ta’rifi bo‘yicha, tekis elektromagnit to‘lqinlarning vakuumda tarqalish tez- ligining qiymati s0 — 299792458 m/s (aniq)ga teng deb qabul qilingan. Bu tenglamaga, shuningdek, qiymati 8,854187817-10-12 F/m ga teng deb qabul qilingan vakuumning elektrik doimiyligi e0 kiradi. Elektr birliklari o ‘lchamlarining aniqligini Jozefson effekti va Xoll kvant effekti asosida oshirish maqsadida O ‘lchovlar va taro zilar xalqaro qo‘mitasi (O‘TXQ) tomonidan 1990-yil 1-yanvari- dan boshlab Jozefson konstantasining shartli qiymati Kj-90 = = 4,83579 1014 H z/V (aniq) (O ‘TXQ 1-tavsiyasi, 1988-y.) va Klitsing konstantasining shartli qiymati Rk-90 = 25812,807 W (aniq) (O‘TXQ 2-tavsiyasi, 1988-y.) deb kiritildi. Izoh: O‘TXQ ning 1- va 2-tavsiyalari elektr yurituvchi kuch birligi — volt va elektr qarshilik birligi — Om ta’rifi Xalqaro birliklar