2.1-rasm. O‘lchash turlari. O ‘lchash - izlanayotgan kattalik haqida axborot qabul qilish va o ‘zgartirish jarayonidir. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad shu o ‘lchanayotgan kattalikning ishlatish, o ‘zgartirish, uzatish yoki qayta ishlashlar uchun qulay shakldagi ifodasini ishlab chiqishdir. O ‘lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga ko‘ra aniq nomi bilan yuritiladi: elektrik, mexanik, issiqlik, akustik va h.k. O ‘lchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir necha xil turlari (yo‘llari) mavjuddir. Quyida shu yo‘llar bilan tanishib chiqamiz (2.1-rasm). Bevosita o ‘lchash — o ‘lchanayotgan kattalikning qiymatini bevosita tajriba ma’lumotlaridan topish. Masalan, oddiy simobli termometrda yoki chizg‘ich yordamida o ‘lchash: u = s • x, (2.9) bunda: u - muayyan birlikda ifodalanayotgan o ‘lchanayotgan katta likning qiymati; s - shkalaning bo‘lim qiymati; x - shkaladan olingan qaydnoma. Bilvosita o‘lchash — bevosita o ‘lchangan kattaliklar bilan o ‘lcha- nayotgan kattalik orasida bo‘lgan ma’lum bog‘lanish asosida katta likning qiymatini topish. Masalan, tezlikni o ‘lchash: u = f (x 1
x2 ...xn). 48 (2.10)
Majmuiy o ‘lchash — bir necha nomdosh kattaliklarning birik- masini bir vaqtda bevosita o ‘lchashdan kelib chiqqan tenglamalar tizimini yechib, izlanayotgan qiymatlarni topish. Masalan, har xil tarozi toshlarining massasini solishtirib, bir toshning m a’lum massasidan boshqasining massasini topish uchun o ‘tkaziladigan