orqali o ‘tkaziladigan o ‘lchash. Masalan, kalibr yordamida val diametrini moslash. Har bir tanlangan usul o ‘zining o ‘lchashni bajarish uslubiyatiga ega bo‘lishi lozim. O‘lchashni bajarish uslubiyati deganda, ma’lum usul bo‘yicha o ‘lchash natijalarini olish uchun belgilangan tadbir, qoida va sharoitlar tushuniladi. O‘lchashlar o ‘lchanadigan kattalikning o ‘lchash jarayonida o ‘zgarish xarakteriga ko‘ra statik va dinamik o ‘lchashlarga ajratiladi. Statik o ‘lchash deganda, qiymati o ‘lchash jarayoni mobaynida o ‘zgarmaydigan kattalikni o ‘lchash tushuniladi. Bundan tashqari, unga davriy o ‘zgaruvchan kattaliklarning turg‘un rejimidagi o ‘l- chashlar ham kiradi. Masalan, o ‘zgaruvchan kattalikning ampli- tuda, effektiv va boshqa qiymatlarini turg‘un rejimda o ‘lchash. Dinamik o ‘lchashlarga qiymatlari o ‘lchash jarayonida o ‘zgarib turadigan kattaliklarni o ‘lchashlar kiradi. Dinamik o ‘lchashga vaqt bo‘yicha o ‘zgaradigan kattalikning oniy qiymatini o ‘lchash misol bo‘la oladi. Yuqorida ko‘rilgan o ‘lchash usullaridan tubdan farq qiluvchi diskret o ‘lchash usuli ham mavjud. Diskret o ‘lchash usuli shundan iboratki, unda vaqt bo‘yicha uzluksiz o ‘zgaradigan kattalik vaqt bo‘yicha diskretlanadi, miqdor bo‘yicha esa kvantlanadi yoki bosh- qacha qilib aytganda, vaqt bo‘yicha uzluksiz o ‘zgaradigan kattalik vaqtning ayrim momentlariga tegishli uzuq qiymatlariga o ‘zgar- tiriladi (2.4-rasm). X(t) — vaqt bo‘yicha uzluksiz o ‘zgaradigan kattalikning o ‘zga- rish grafigi; XK — kvant miqdorlari, ya’ni o ‘lchanadigan X = f (t) kattalikning t1, t2, t3, ..., tn momentlariga tegishli uzuq qiymatlari.