oshiriladi (2.5-rasm, a, b, d). 2.5. O ‘lchash vositalari va ularning sinflanishi M a’lumki, o ‘lchashni biror-bir vositasiz bajarib bo‘lmaydi. O ‘lchash vositasi deb, o ‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan va m e’yorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lgan texnikaviy vositaga aytiladi. O ‘lchash vositalarining turlari xilma-xil. Ular sodda yoki murakkab, aniqligi katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. O‘lchash vositalari m e’yorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lishi lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda tekshirilib turiladi. O‘lchash amalida o ‘lchanayotgan kattalikning qiymati to‘g‘ri aniq- lanishi aynan mana shu o ‘lchash vositasining to ‘g‘ri tanlanishi va ishlashiga bog‘liq. O‘lchash vositalarining namunalari sifatida quyidagilarni kelti- rishimiz mumkin: — o ‘lchovlar; — o ‘lchash asboblari; — o ‘lchash o ‘zgartkichlari; — o ‘lchash qurilmalari; — o ‘lchash tizimlari. O‘lchovlar keng tarqalgan o ‘lchash vositalaridan hisoblanadi. O ‘lchov deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan o ‘lchash vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, kondensatori va shu kabilarni o ‘lchovlarga misol qilib olishimiz mumkin. O‘lchovlarning ham turlari va xillari ko‘p. Standart namunalar va namunaviy moddalar ham o ‘lchovlar turkumiga kiritilgan. Standart namuna modda, materiallarning xossalari va xusu- siyatlarini tavsiflovchi kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qila digan o ‘lchov sanaladi. Masalan, g‘adir-budurlikning namunalari, namlikning standart namunalari. 53