Namunaviy modda muayyan tayyorlash sharoitida hosil bo‘la- digan va aniq xossalarga ega bo‘lgan modda sanaladi. Masalan, «toza suv», «toza metall» va hokazolar. «Toza rux» 420 °C tempe- raturani hosil qilishda ishlatiladi. O‘lchovlar ko‘p qiymatli (o ‘zgaruvchan qarshiliklar, millimetr- larga bo‘lingan chizg‘ich) va bir qiymatli (tarozi toshi, o ‘lchash kolbasi, normal element) turlarga bo‘linadi. Ba’zan o ‘lchovlar to ‘plamidan ham foydalaniladi. Kattalikning o ‘lchamini hosil qilish va foydalanishda quyidagi qatorni yodda tutishimiz lozim bo‘ladi: ishchi o ‘lchash vositalari, namunaviy o ‘lchash vositalari, ishchi etalon, solishtirish etaloni, nusxa etalon, ikkilamchi etalon, maxsus etalon, birlamchi etalon va davlat etaloni. Fan va texnikaning eng yuqori saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy o ‘lchovlar etalonlar deb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga bo‘linadi. Davlat etalonlari namunaviy o ‘l- chov va asboblarni tekshirishda qo‘llaniladi va Davlat standarti idoralarida saqlanadi. O ‘lchash asbobi deb, kuzatish (kuzatuvchi) uchun qulay ko‘ri- nishli shaklda o ‘lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqishga m o‘l- jallangan o ‘lchash vositasiga aytiladi. O ‘lchash asboblarini turli xil alomatlari: o ‘zgartirish xususiyati; chiqish axborotining turi; axborotni taqdim etish xususiyati; o ‘l- chanayotgan kattalikning turi; qo‘llanilish sharoiti va boshqa alomatlari bo‘yicha sinflash mumkin. Bu alomatlar hisobga olingan holda o ‘lchash asboblarining sinf- lanishi 2.6-rasmda keltirilgan. O‘zgartirish xususiyati bo‘yicha o ‘lchash asboblari o ‘zida aniq- langan hisoblash o ‘lchash o ‘zgartkichi va solishtirish qurilmasini