o ‘lchashlar, haroratni qarshilik termometri orqali o ‘lchash. Birgalikdagi o ‘lchash — turli nomli ikki va undan ortiq katta- liklar orasidagi munosabatni topish uchun bir vaqtda o ‘tkaziladigan o ‘lchashlar. Misol uchun, rezistorning 20 °C dagi elektr qarshiligi qiymatini turli temperaturalarda o ‘lchab topish. Mutlaq o ‘lchash — bir yoki bir nechta asosiy kattaliklarning bevosita o ‘lchanishi va (yoki) fizikaviy doimiylikning qiymatlarini qo‘llash asosida o ‘tkaziladigan o ‘lchash. Nisbiy o ‘lchash — kattalik bilan birlik o ‘rnida olingan nomdosh kattalikning nisbatini yoki asos qilib olingan kattalikka nisbatan nomdosh kattalikning o ‘zgarishini o ‘lchash. O ‘lchash usuli deganda, o ‘lchash qonun-qoidalari va o ‘lchash vositalaridan foydalanib, kattalikni uning birligi bilan solishtirish usullari tushuniladi. O‘lchashning quyidagi usullari mavjud: Bevosita baholash usuli — bevosita o ‘lchash asbobining sanash qurilmasi yordamida to ‘g‘ridan to‘g‘ri o ‘lchanayotgan kattalikning qiymatini topish. Masalan, prujinali manometr bilan bosimni o ‘lchash yoki ampermetr yordamida tok kuchini topish. O ‘lchov bilan taqqoslash (solishtirish) usuli — o ‘lchanayotgan kattalikni o ‘lchov orqali yaratilgan kattalik bilan taqqoslash (solish tirish) usuli. Masalan, tarozi toshi yordamida massani aniqlash. O‘lchov bilan taqqoslash usulining bir nechta turi mavjud: Ayirmali o ‘lchash (differensial) usuli — o ‘lchov bilan taqqoslash usulining turi hisoblanib, o ‘lchanayotgan kattalikning va o ‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini (farqini) o ‘lchash asbobiga ta’sir qilish usuli. Misol tariqasida uzunlik o ‘lchovini qiyoslashda uni komparatorda namunaviy o ‘lchov bilan taqqoslab o ‘tkaziladigan